2. Ionlashtiruvchi nurlanishlarning inson organizmiga biologik ta’siri
Radioaktiv moddalarni sintez qilib, ulardan turli sohalarda keng foydalanilishi natijasida biosferani yangi turdagi ifloslantiruvchi, ya’ni radionuklidlar bilan ifloslanishga olib keldi. Ionlashtiradigan nurlanishlarning tirik organizmlarga ko'rsatayotgan ta’siri natijasida ularning to'qimalarida murakkab fizikaviy, kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar róy beradi. Biologik sistemalarning parchalanishi radioaktiv α, β, γ- nurlanishlarning molekulalarini ionlashtirish qobilyatiga boǵliqdir. Ionlashtiradigan nurlanishning biologik ta’siri ikki mexanizm bóyicha amalga oshirilishi mumkin:
1) bevosita oqsil moddalaming tóqimalariga ta’sir etishi;
2) bilvosita, ya’ni suvning radioliz mahsulotlari orqali ta’sir etishi.
Tirik organizmlarning tarkibida katta miqdorda suv bo'lgani uchun
nurlanish ta’sirida suv parchalanib, faol zarralar hosil bo'ladi —H, OH. Bu zarralar biologik moddalar bilan reaksiyaga kirishib, ularning ózgarishiga olib keladi.
Tirik organizmga tashqaridan ta’sir etayotgan nurlantiruvchi man- baning zararli ta’siri nurlanishning tirik moddani kesib ótish qobilyatiga boǵliq. Masalan, γ-nurlanish rentgen kabi inson uchun eng zararli bisoblanadi, chunki ular tirik organizm tóqimalarini faol kesib ótadi. Bu nurlanishdan himoyalanish uchun qórǵoshindan ishlangan qalin ekrandan foydalaniladi.
α- nurlanishlarning katta qismi tirik organizmning terisiga yutiladi.
β- nurlanish organizmga 1 ml chuqurlikkacha kirib borishi mumkin.
α, β - zarralarning uchish masofasi kichik bólgani uchun ular tashqaridan ta’sir etganda tirik organizmlarga sezilarli zarar yetkaz- maydi. Bu nurlardan himoyalanish uchun 10 sm qalinlikdagi havo qatlami yoki yupqa folga yetarli bóladi. Maxsus kiyim ham α - zarralarning kuchini kamaytiradi. Bir necha millimetr qalinlikda bólgan aluminiy, pleksiglas, shishali ekran esa D-nurlanishlarni toiiq ushlab qoladi.
Radiaktiv moddalar organizmning ichiga havo bilan, nafas olish jarayonida hamda zararlangan ichimlik suv va ozuqa bilan kirishi mumkin. lchki zararlanishda radioaktiv nurlarning xavflilik darajasi bóyicha quyidagi tartibda joylashadi: α - nurlanish eng havfli hisoblanadi, keyin β va γ-nurlanishdir.
Ionlashtiradigan nurlanishning biologik ta’siri quyidagi kórsatkichlarga boǵliq:
radioaktiv moddaning faolligi;
nurlanishning umumiy miqdori;
nurlantiruvchining ta’sir etish vaqti;
nurlanishning turi;
nurlanayotgan obyekt maydonining kattaligi;
radioaktiv izotoplaming organizmdan chiqib ketish tezligi;
organizmning sliaxsiy xususiyatlari:
Radioaktiv moddaning faolligi qanchalik katta bólsa, uning xavflilik darajasi shunchalik ortib boradi. Faolligi kichik bólgan, ya’ni nurlanish miqdori ham kam bólgan moddalar organizmga sezilarli salbiy ta’sir kórsatmaydi.
Bunday moddalar tibbiyotda davolash maqsadida qóllaniladi (masalan, radon vannalarida).
Radioaktiv moddalarning xavflilik darajasi uni organizmdan chiqib ketish tezligiga ham bogiiq. Agar bu moddalar insonlaming ozuqa bilan iste’mol qilayotgan elementlar bilan bir xil bólsa (Na, K, Cl va hokazo), ular organizmda uzoq vaqt saqlanib turmasdan shu elementlar bilan birga chiqib ketadi. Masalan, inert gazlar —Xe, Ar, Kr ma’lum vaqtdan sóng organizmdan tóliq chiqib ketadi.
Radioaktiv moddalarning organizmdan chiqib ketishi tezligi ularning yarim yemirilish davriga ham bogiiq. Tibbiyotda yarim yemirilish davri juda qisqa bólgan radionuklidlar tashxiz qóyishda ishlatiladi.
Ba’zi bir radioaktiv moddalar organizmga tushganda unda bir xil taqsimlanadi. Ayrim moddalar esa ma’lum a’zolarda tóplanib boradi. Masalan, radiy, uran, plutoniy sóngaklarda, stronsiy, ittriy, kobalt esa qizilóngach va o'pkada tóplanadi.
Radioaktiv moddalar tirik organizmlarga ikki xil ta’sir ko'rsatishi mumkin:
1— somatik ta’sir, ya’ni bevosita nurlangan organizmdagi keyin- chalik ma’lum vaqt davomida kelib chiqadigan ózgarishlar;
2— genetik ta’sir, ya’ni nurlanish ta’sirida insonning gen va xro- mosomlardagi ózgarishlar orqali uning kelajak avlodlarga boigan ta’sirlar.
Tirik organizmlarda nurlanish ta’sirida nur kasalligi kelib chiqishi mumkin. Nurlanish qisqa muddatli va uzoq muddatli bólishi mumkin. Qisqa muddat davomida nurlangan organizmda qondagi leykositlarning kamayishi, kóngil aynashi, holsizlanish holatlari kuzatiladi. Ótkir radiasion zararlanishlar katta dozadagi radiatsiya (50 Gr) qisqa vaqt davomida ta’sir etganda, surunkali radiasion zararlanishlar esa nisbatan kichik radiatsiya dozasi uzoq vaqt davomida ta’sir etganda kuzatiladi. Bir marta 600 rad (6Gr) doza bilan nurlanish q0 kundan keyin insonning ólimiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |