Tema: O’zbekiston va jahon. XXI asr axborot texnologiyalari



Download 27,67 Kb.
bet1/4
Sana14.07.2022
Hajmi27,67 Kb.
#794740
  1   2   3   4
Bog'liq
AMALIY-9


TEMA: O’zbekiston va jahon . XXI asr axborot texnologiyalari

XXI asrga kelib texnologiyalar shu qadar rivojlandiki, go‘yo kashf qilinmagan yangilik, yaratilmagan ixtiro qolmadi. Ammo texnologiyalarning “nano” ko‘rinishlari bu xulosaning xato ekanini isbotladi. Bugun nanotexnologiyalarning o‘zida ham ixtirolar qilinayotir. O‘zbek yoshlaridan Alisher Tojiev SMS yuborishning yangi usulini o‘ylab topgani, Azizbek Mirzaevning kimyo sohasida izlanishlari, Ravshan Nazarovning yangi antivirus tizimini yaratgani bunga misol bo‘la oladi.


Mamlakatimizda intellektual salohiyati yuqori, iqtidorli tengdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini yuzaga chiqarish borasida turli ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalar o‘tkazilmoqda. Fanga qiziquvchi o‘smir yoshlar uchun ta’sis etilgan va o‘z o‘quvchilarini topib ulgurgan “XXI asr texnologiyalari” jurnaliga ham bu borada o‘ziga xos vazifa yuklatilgan. Bu ham bo‘lsa, intellektual salohiyatli o‘g‘il-qizlarning ilm-fanga, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishlarini yanada oshirish, ularning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishdir.
Bolalar va o‘smirlarning ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ommabop nashri “XXI asr texnologiyalari” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Jurnalning ilmiyligini hisobga oladigan bo‘lsak, yoshlar auditoriyasida bunday nashrga ehtiyoj bormi degan savol tug‘iladi. Bunga aniqlik kiritish maqsadida O‘zDJTU qoshidagi 1-, 2-, 3-akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdik. Natijada, o‘smirlarning aksariyati texnika yangiliklariga qiziqishi, telefon, kompyuter kabi qurilmalarning qo‘shimcha imkoniyatlari haqida ko‘proq bilishni istashlari ma’lum bo‘ldi. Demak, yoshlarda ilmiy-texnikaviy nashrga ehtiyoj bor.
Bugungi yoshlarni uncha-muncha yangilik hayratlantirmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bolalar va o‘smirlar nashrlarining sifati va saviyasi yuqori bo‘lishi kerak. Xo‘sh, “XXI asr texnologiyalari” jurnali bu talablarga qanchalik javob beradi?
Avvalo, bolalar nashrlari sifatini belgilovchi eng asosiy mezon ularning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq. Bu borada “XXI asr texnologiyalari” to‘g‘risida iliq fikr bildirish mumkin. Jurnal A4 bichimda va 32 sahifada, rangli, 7000 nusxada chop etilmoqda. Har bir maqola mavzubop suratlar bilan sahifalanadi. U boshqa nashrlarda uchraydigan qoliplardan xoli bo‘lib, fotosuratlarni joylashtirishda “podborka”, “kollaj” kabi zamonaviy usullardan keng foydalaniladi.
Nashrdagi materiallar o‘smirlar uchun sodda, tushunarli tilda beriladi. Yoshlarbop, qiziqarli mavzular tanlanadi. Masalan, jurnalning 2014 yil 2-sonida chop etilgan “Dunyoda eng ko‘p tarqalgan so‘z” sarlavhali maqolada yoshlarning “sevimli” iboralaridan bo‘lgan “OK” (“okey”) so‘zining kelib chiqish tarixi yoritilsa, “Nima uchun kursor 45 gradusga og‘ib turadi?” maqolasida muallif o‘quvchini hayotdagi oddiy hodisalarning sirlarini topishga undaydi.
Aksariyat nashrlarda mobil telefon, internetning salbiy tomonlari yoritish ommaviy tus olgan bir paytda, “XXI asr texnologiyalari” jurnali ushbu mavzularda o‘quvchi bilan qiziqarli suhbatlar olib boradi. Nashrda internetmaniya targ‘ib qilinmaydi, aksincha, axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanishning ilmiy asoslari tushuntirib beriladi. Jurnalning 2014 yil 1-sonida Feruza Xoliqovaning “Internetni kim o‘ylab topgan?” sarlavhali maqolasida jahon «o‘rgimchak to‘ri»ning vujudga kelish tarixi hikoya qilinadi. Jurnalning shu sonida “Facebook” asoschisi Mark Sukerbergning hayotiga bag‘ishlangan maqola ham o‘rin olgan.
So‘nggi paytlarda matbuotda telefon va planshetlarning zarari haqida maqolalar ko‘p chop etilyapti. Ushbu mavzuga qancha ko‘p murojaat qilinmasin, yoshlar gajetlardan hanuz voz kechgani yo‘q. Balki bu maqolalarning yoshlar uchun tushunarli bo‘lmagan uslubda yozilgani yoki quruq tanqiddan iborat bo‘lgani bilan bog‘liqdir. “XXI asr texnologiyalari” jurnalida ham ushbu mavzuga murojaat etiladi. Jurnalning 2015 yil 1-sonida e’lon qilingan ushbu maqolada internet va planshetning zararli ta’siri yoshlarga tushunarli tarzda berilgan. Maqola qismlarga ajratilib, fotosuratlar bilan boyitilgan. Jurnaldan o‘rin olgan “Milliy kompyuter o‘yinlari” sarlavhali maqola ham e’tiborga molikdir. Unda “UzInfocom” kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan yaratilgan o‘yinlar qalamga olinadi. Ular yordamida bolalar va hatto ota-onalar ham ingliz va rus tillarini boshlang‘ich darajada o‘rganishlari mumkinligi haqidagi fikrlar o‘quvchini befarq qoldirmaydi.
Jurnalda ilm-fan sohasida muayyan yutuqqa erishgan yoshlar va ularning ixtirolari muntazam yoritilib boriladi. Xususan, jurnalning joriy yil 1-sonidan o‘rin olgan “Bir qadam oldinda” sarlavhali maqolada jahon fanlar akademiyasining xalqaro TWAS mukofotiga loyiq ko‘rilgan o‘zbekistonlik yoshlar faoliyati haqida so‘z yuritiladi. “Bu qiziq” ruknida eng sezgir tarozi, seysmik bionika, “Wi-Fi” zonalari haqida bilib olsak, “Innovatsiya” ruknida nashr etilgan maqolalarda yangi kashfiyotlar bilan tanishamiz. “Abadiy dvigatellar – behuda urinishlar”, “San’atga aylangan matolar”, “Vulqon sayyorasini izlab” shular jumlasidan.
Umuman, jurnalni varaqlaganda ijodiy jamoaning qisqalikka intilishini ko‘rish mumkin. Maqolalar uzog‘i bilan ikki sahifadan oshmaydi. Uzun jumlalardan qochiladi. Lo‘ndalik va aniqlik jurnal uslubini belgilovchi omil ekani yaqqol seziladi. Jurnalning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, unda bir paytning o‘zida o‘zbek va rus tillaridagi maqolalarni o‘qish mumkin. Jurnalning har bir soni alohida ilm-fan sohasiga bag‘ishlanib, bir yo‘nalish doirasidagi mavzular chuqur yoritiladi. Masalan, 2014 yil 2-soni energetika, 3-son avtomobilsozlik, 4-son biotexnologiyalar, 5-son koinot, 6-son ekologiya mavzulariga bag‘ishlangan.
– “XXI asr texnologiyalari” jurnalining so‘nggi bir yil ichida birorta ham sonini qoldirmay o‘qidim, – deydi Qibray tumanidagi 1-maktabning “Yosh ixtirochilar” to‘garagi a’zosi Zafarbek Xolmirzaev. – U orqali ko‘plab yangi ixtirolar haqida bilib oldim. Tengdoshlarimning izlanishlari haqida o‘qib, ularga havas qildim.
Guvoh bo‘lganingizdek, jurnal faqat qog‘ozdagina emas, amalda ham yoshlarbop, ularning texnologiyalar sohasiga oid yangiliklarga, qiziqarli materiallarga bo‘lgan ehtiyojini baholi qudrat qondirishga harakat qilmoqda. Uning yanada mazmunli chiqishida ba’zi takliflarni inobatga olish foydadan xoli emas, nazarimizda. Jurnal sahifalarida oddiy moslamalarni yasash bo‘yicha ko‘rsatmalar, chizmalar berib borilsa, ayni muddao bo‘lardi. Bu tajribani Rossiyaning “Znayka” jurnalida kuzatish mumkin. “XXI asr texnologiyalari”da esa bunday ishlanmalarning berilishi auditoriyaning qiziqishiga ham mosdir. Qolaversa, jurnal dizaynini yaratishda internetdan olingan fotolar emas, qurilmalarning real suratlaridan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Yurtboshimiz Islom Karimov “XXI asr axborot texnologiyalari asri” - degani kabi butun jahon taraqqiyoti tobora axborot - texnologiyalari bilan tez sur’atda rivojalanib bormoqda. Xususan biz kabi yoshlarni zamon talabiga javob beruvchi mutaxassislar qilib tayyorlashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida “Informatika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi kadrlariga katta talab mavjud. Ma’lumki, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishiga eng birinchi turtki juda murakkab hisoblashlarni tezda bajarishga tug’ilgan katta ehtiyojdir. II jahon urushi oxirlaridan boshlab hisoblash texnikalari rivojlantirilib borildi. Hozirgi paytda esa juda tez hisoblovchi shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi hisoblash sohasida sezilarli yangiliklarni ta’minlamoqda. Jumladan, katta qiziqish bilan o’rganilayotgan kompyuter qurilmalari va texnikasi yildan - yilga rivojlanib bormoqda. Bularga misol qilib,mikroprosessor,tizimli blok,operativ xotira va hokazolarni keltirish mumkin.
“Mikroprosessor va kompyuter texnikasi” (o’quv-uslubiy qo’llanma) ning dolzarbligi: talabalarning “Mikroprosessor va kompyuter texnikasi” fanini mustaqil o’rganish imkoniyatini yaratishga mo’ljallangan adabiyotlarning yangi avlodini yaratish hozirgi kun talabi hisoblanadi.
Qo’llanmani yaratishdan asosiy maqsad maqsadi: “Mikroprosessor va kompyuter texnikasi” fani bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma yaratishdir. O’quv-uslubiy qo’llanma tarkibidagi ma’lumotlar ko’rgazmalar yordamida namoyish etish orqali talabalarning bilim olish saviyasini oshirishdan iborat. Tibbiy xizmat mayori T. Abduxaliqov yurtboshimizning 2010-yil 26-avgustdagi farmoniga muvofiq II darajali “shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.Yana quvonarlisi, u xizmat qilayotgan harbiy qism jamoasi 2002-,2009- va 2010-yillarda MHH chegara qo‘shinlari orasida eng ilg‘or qo‘shilma deb e’tirof etilgan. 2009-yil yakuniga ko‘ra “Jangovar xizmatdagi namunali xizmatlari uchun” kubogi va vimpeli bilan taqdirlangan. Zimmalardagi mas’uliyatni chuqur his qilgan qism shaxsiy tarkibini bor kuch g‘ayratini davlat chegarasida yuz berishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarlik holatlarining oldini olish bo‘yicha jangovar vazifalarni sharaf bilan ado etib kelmoqda.
Ushbu harbiy qismning o‘tgan yilgi ish natijalari ham salmoqli bo‘ldi. Harbiy qism shaxsiy tarkibi orasida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida mardlik va fidoyilik namunalarini ko‘rsatgan ko‘pgina harbiy xizmatchilar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangani ham bu mas’uliyatli vazifalar sharaf bilan uddalanib kelayotganini ko‘rsatib turibdi. Ulardan biri – shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Nazirjon Egamov xizmat burchini bajarayotgan vaqtida davlat chegarasini buzuvchilarni to‘xtatish chog‘ida ko‘rsatgan mardligi va jasorati uchun o‘limidan so‘ng “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.
2008-yil 12-noyabr kuni shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Qutlug‘jon Rahmonov chegara buzuvchilarni to‘xtatish yo‘lidagi fidoyiligi sababli og‘ir jarohat olib hayotdan ko‘z yumdi. Harbiy qasamyodiga sodiq qolib yurtimiz tinchligi, osoyishtalikgini ta’minlash yo‘lidagi mardlik, jasorat namunalarini ko‘rsatgan bu chegarachi o‘g‘lon 2009-yil Vatan himoyachilari kuni arafasida Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra “Jasorat medali bilan mukofotlandi. Ayni chog‘da u tug‘ilib o‘sgan Baxmal tumani Kaltatoy mahallasiga “Qutlug‘obod” mahalla fuqarolar yig‘ini deb nom berildi.
Quroldosh do‘stlari hozirda bu fidoyi chegarachilarning porloq xotirasini yodda tutgan holda sarhadlarimiz dahlsizligini ta’minlash maqsadida kecha-yu kunduz fidokorona xizmat qilib kelmoqdalar. Ushbu harbiy qism faoliyat yurita boshlagan kundanoq qism harbiy xizmatchilari II darajali “Shon-sharaf” ordeni, “Jasorat “va “Shuhrat” medallari va boshqa yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. 5 nafar harbiy xizmatchi esa Qurolli kuchlar miqyosidagi “Eng ilg‘or mutaxassis” - ko‘rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi


Download 27,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish