Diskretlash, kvantlash va kodlash kabi umumlashgan operatsiyalar bilan raqamli signalga aylantiriladi.
54. Diskretlash nima?
Uzluksiz analog signalni ma‘lum aniq vaqtlarda olingan oniy qiymatlar (sanoqlar) ketma-ketligi bilan almashtirishdir. Teng taqsimlangan diskretlashda aniq vaqtlar oralig‘i Kotelnikov teoremasiga asosan tanlanadi. Ushbu teoremaga asosan har qanday chastota spektri cheklangan uzluksiz analog signal o‘rniga, diskretlash chastotasi analog signal yuqori chastotasidan (Fmax) eng kamida 2 marta katta bo‘lgan chastotadagi sonoq qiymatini uzatish kifoya, ya`ni Fd ≥2Fmax shart bajarilishi kerak.
55. Siyraklashtirish nima?
Diskretlash raqamli ma‘lumotlarning keskin ortishiga olib keladi va bu o‘z navbatida ularni aloqa kanali yordamida uzatish vaqtini hamda ma‘lumotlar saqlash hajmini oshiradi. Shuning uchun ortiqcha (yuqori) diskretlashdan so‘ng sanoqlarning ba‘zi ortiqchalari olib tashlanadi va bu siyraklashtirish deb ataladi.
56. Televideniye standartlari nima?
Televideniye dasturlarini tarqatayotgan har qanday davlatda oq-qora yoki rangli televideniyening asosiy tavsif va ko`rsatgichlari ma`lum belgilangan standartda olib boriladi. Har qanday standart belgilangan yagona ko`rsatgichlarga asosan tizimning barcha tashkil etuvchilarini ishlashini ta`minlanishidan tashqari maksimal iqtisodiy va texnik cheklanishlarda ma`lum yutuqlarga erishishni hisobga oladi. Televideniye standartlari har xil davlatlarda, turli vaqtlarda, yaratilgan va ular ko`p holatlar faqat o`zlarining ehtiyojlari asosida shakllantirilgan. Shu sababli televideniyeda kanal chastotalari xilma-xil tanlangan va natijada tizimlarda farqlar bo`lgan.
57. Oq-qora televideniye standartlari?
Bugungi kunda 10 televizion standart tasdiqlangan: B,D,H,I,K,K1,L,M,N,G ulardan 3 tasi yangidan yaratilgan ular G,H va K. Ular quyidagi ko`rinishda:
-B,G,H-G`arbiy Yevropa
-D,K,K1-Sharqiy Yevropa
-I-Angliya
-L-Fransiya
-M va N-Amerika Qo`shma Shtatlari.
58. Rangli televideniye standartlari?
Hozirgi paytda dunyoda 3 asosiy analogli rangli televideniye tizimlari-NTSC, PAL, SECAM va ularning takomillashgan turlari qo`llaniladi. Ushbu tizimlarda 3 ta signaldan tashkil topgan guruh: yorug`lik va 2 ta rangfarq signallari qo`llaniladi va shu signallar orqali ranglar haqidagi ma`lumot uzatiladi. Uchala tizimda ham rangfarq signallarni yorug`lik signali ichiga zichlashtirish (joylashtirish), ya`ni yorug`lik signali chastota spektrining yuqori qismiga rangfarq signallarining spektrini boshqa tashuvchi (поднесущий) chastotada joylashtirish qo`llaniladi. Bu uchta television standart 80% ga bir-biriga mos keladi va faqat rang signallarining kodlanishi bilan farqlanadilar. Mana shu sababli zamonaviy televizorlarda universal, ranglarni avtomatik dekoderlovchi qurilmalar ishlatiladi. Farqi ularda ranglar haqidagi ma`lumotni yorug`lik signali spektrining kengligi oralig`ida xilma-xil usulda uzatishdadir.
59. NTSC –bu qanday television tizim?
NTSC (National Television System Committee) Amerika Qo`shma Shtatlarida ishlab chiqarilgan va 1953 yilda teleeshittirishga qabul qilingan. Eshittirishlar ushbu tizimda Kanada, Yaponiya, Janubiy koreya va Amerika qit`asidagi boshqa davlatlarda qo`llaniladi.
60. PAL –bu qanday television tizim?
PAL tizimi (Phase Alternation Line) 1962-1966 yillarda germaniyaning Telefunken firmasi tomonidan yaratilgan. Bu tizimdagi teleeshittirishlar ko`pchilik g`arbiy Yevropa, Avstraliya, Osiyo va Afrika davlatlarida olib borilmoqda.
61. SECAM –bu qanday television tizim?
SECAM tizimi (Sequential Couleur Aves Memoire), rus tilida SEKAM atamasida qo`llaniladi. Tizimning yaratilishini fransuz muhandisi Anri de Frans 1953 yilda boshlagan. So`ngra bu tizimni takomillashtirish ustida fransuz va Sovet olimlari ishlaganlar. 1967 yildan boshlab ushbu tizim Fransiya va sobiq Sovet Ittifoqida television eshittirishlarda qo`llanila boshlangan. SECAM standarti qator Yevropa, Osiyo va Amerika davlatlarida ham qabul qilingan.
62. Uzatish kanallariga qanday talablar qo‘yiladi?
Raqamli televizion signallarni uzatishdagi asosiy talablardan biri mavjud analog televideniye aloqa kanallaridan foydalanishni ta‘milashdir. Bu yerda avval aytilgandek, MPEG - 2 koderining chiqishida maksimal bitreyt qiymat 15 Mbit/s yetadi. Signalning amplitudasi ikki qiymatini qabul qilishi mumkin amplituda manipulyatsiyasi hosil qilinganda aloqa kanali orqali uzatishdagi samaradorlik 1 (bit/s) Gs bo`lishi mumkin. Demak raqamli televizion signalni uzatish uchun kerak bo`ladigan chastota polosasi 15 MGs bo`lishi lozim, bu esa standart televideniye kanalining uzatish polosaning sezilarli darajada kengaytirishni talab qiladi. (O`zbekiston va MDX davlatlarida 8MGs, Yevropa, AQSH, Yaponiyada 6 MGs) Shuning uchun ham raqamli televizion signallarini uzatishda, ya‘ni chastotalar polosasidan samarali foydalanishda, ayniqsa bir necha oddiy aniqlikdagi signallarni bitta kanalda uzatish yoki yuqori aniqlikdagi televizion signallarni uzatish uchun murakkab modulyatsiyalarni qo`llashga to`g`ri kelar edi. Bundan tashqari analog televideniyedagi oniy qiymatlari uzatiladigan to`liq rangli televizion signal (TRTVS) va ovoz tashkil etuvchisidan farqli ravishda raqamli televideniye tizimida, aloqa kanali orqali, alohida televizion programmalarning (programma oqimlari) siqilgan raqamli oqimlari uzatiladi. Bunda programma oqimi video, audio va qo'shimcha ishchi axborotlar signallarini birlashtirgan yakka transport oqimini tashkil etadi.
63. MPEG – 2, MPEG – 4 transport oqimlari nima?
MPEG - 2 ning transport oqimi 4ta programma oqimini o`z ichiga oladi va MPEG-4 transport oqimi esa 8 - 12ta programma oqimini oladi. Transport oqimining xalaqitbardoshligini oshirish muhim vazifa, chunki xalaqitlar analog televideniye ko`rsatish sifatini yomonlashtirsa, raqamli axborotning xalaqit signallari orqali buzilishi tasvir va ovozni juda katta buzilishlariga yoki televizion axborotlarni umuman yo`qolishiga olib kelishi mumkin. Amaliyotda bu ko`rsatuv kadrlarining qotib qolishi‖ yoki ularda mozaikali (chaplashib ketgan) kadr paydo bo`lishiga olib keladi. Shunday qilib, raqamli televizion kanallarda, xalaqitbardoshlik yetarli darajada ta‘minlanmasa, ular normal faoliyat ko`rsatishlari mumkin emas.
64. Xalaqitlar nima?
xalaqitlar -shovqinlarning tabiiy har xil turlari (issiqlik shovqini, zaryadlar tashuvchilarning generatsiya - rekombinatsiyasini shovqini, kasriy shovqini va h.k), ular asosan qabul qilgichlarning kirish kaskadlarida namoyon bo`ladilar; – industrial va atmosfera xalaqitlari (qisqa ko`rinishdagi, yoysimon razryadlanishlar -payvandlash apparatlarida, elektr transporti vositalarida, momaqaldiroq vaqtida); – interferatsion xalaqilar -qo'shni xududlarda xuddi shu chastotalarda ishlaydigan radio uzatgichlardan chiquvchi xalaqitlar; – ko`p nurli radioto`lqinlardan hosil bo`luvchi xalaqitlar-yerning usti, qurilish imoratlari,metall sathlardan va h.k. qaytgan radioto`lqinlar.
65. Xalaqitlardan qutulishning qanday an`anaviy usullari bor?
televizion signallarning uzatgichlari quvvati oshirish, antennalarni ayni holatga mos keluvchi ko`rsatgichlarini ta‘minlash, qabul qilgich qurilmalarida kichik shovqin chiqaruvchi detallarni qo`llash, sovitish qurilmalarini ishlatish (ventilyatsiya qo`llash), qo'shni xududlarda chastota taqsimlanishini optimallashtirishlardir Raqamli signallar uzatilganda esa, xalaqitlarni kamaytirish uchun, xalaqitlarning paydo bo`lishini aniqlovchi va ularni yo`qotilishini amalga oshiruvchi maxsus kodlarning foydalanish mumkin. Bundan tashqari tanlangan modulyatsiya usuli ham xalaqitlarni kamaytirishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim. Shuning uchun ham raqamli televideniyeda signallarni uzatish usullari analog televideniyedan tubdan farq qiladi.
66. Raqamli televideniyeda signallarni uzatishda qo`llaniladigan modulyatsiya usullari qanday?
Raqamli televizion signallarni modulyatsiyalashning asosiy xususiyatlaridan biri modulyatsiyalanayotgan tashuvchi ko`rsatgichlarda bir necha diskret qiymatlar paydo bo`lishi mumkin. Bunday modulyatsiyalash manipulyatsiya deyiladi. Tashuvchining tebranishlarining ko`rsatgichlari diskret va vaqt bo`yicha o`zgaradi. Malum vaqt intervalida ushbu ko`rsatgichlar o`zgarmas bo`lsa, bu intervalli simvol yoki kanal simvolining intervali deyiladi. Har bir simvol intervalida bitta yoki bir necha kanal simvolini paydo qiluvchi bitlar uzatiladi. Bunda analog televideniyeda tashuvchining modulyatsiyasi televizion signal dasturlarini radiokanallar orqali tarqatishga xizmat qilsa, raqamli televideniyeda yana qo'shimcha transport oqimidagi raqamli simvollar uzatish tezligini mavjud bo`lgan televizion radiokanallarning o`tkazish qobiliyati bilan moslashtirish talab etiladi.
67.Amplituda monipulyatsiyasi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |