Televideniye va telemexanika asoslaridan qo‘shimcha savollar:
Televideniyening rivojlanishiga qanday fundamental fanlar asos bo‘lmoqda?
Fizika, elektronika va sxemotexnika
Televideniye deb nimaga aytiladi?
Televideniye deb real va o`zgartirilgan masshtabdagi vaqtda fazoda joylashgan harakatdagi va tinch turgan predmetlarni uzatish va qabul qilish bilan shug`ullanuvchi zamonaviy radioelektronika sohasiga aytiladi.
Televideniye tizim qanday qismlardan iborat?
Television signalni hosil qilish va uzatish, uzatish kanallari, qabul qilgich qurilmalaridan iborat.
Televideniyening asosiy masalasi bu nima?
Qabul qiluvchi qurilmada uzatish ob`yektiga mos keluvchi tasvirni hosil qilishdan iborat.
Televideniyening asosiy masalasi qanday bosqichlardan iborat?
O`zgartirgich, kodlash, uzatish, kodlashdan chiqarib olish, aks ettirish va boshqa amaliyotlar bilan yechiladi.
Raqamli televideniye va radioeshittirish sohasining zamonaviy bosqichlari nima bilan xarakterlanadi?
Global axborot tarmog‘ini raqamli tizimlarga o‘tishi va ularning evolyutsion rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Raqamli texnologiyalar aloqa tarmog‘iga nimalarni beradi?
Ko‘p dasturli televizion va radioeshittirishni amalga oshirish, telekommunikatsion xizmat turlarini kengaytirish va signal sifatini yanada oshirish imkonini beradi.
Raqamli televideniyening qanday tizimlari mavjud?
PAL, SECAM va NTSC
Raqamli televideniye qanday afzalliklarga ega?
- Eshittirish tarmog'ida uzatilayotgan tele kanallar sonining bir necha bor ko'pligi; - Tasvir va ovoz sifatining yuqoriligi; - Uzatish qurilmalarida analog tizimga nisbatan kam quvvat sarflanishi; - Tarmoqni loyihalashda keng imkoniyatlarning mavjudligi, tizim parametrlarini tanlash evaziga kerakli uzatish sifatiga erishish, qo'shimcha xizmatlar turini boshqarish, qamrov hududini tanlash; - Mobil va ko'chma qabul qilgichlarda sifatli signal qabul qilish; - Bir chastotali tarmoqlarni tashkil qilish; - Ma‘lumotlar oqimini birlashtirib (multipleksirlash) uzatish hisobiga radiochastota spektridan unumli foydalanish; - Boshqa raqamli (yo'ldosh va kabel) tizimlarga nisbatan arzon tatbiq qilinishi, ya‘ni tarmoq operatorlari uchun - analog televideniye infrastrukturasidan foydalanish, mijozlar uchun esa - mavjud antenna tizimidan foydalanish; - Kichik quvvatli raqamli stansiyalar qurish hisobiga qisqa vaqt (2-5 yil) ichida va kam xarajatlar evaziga aholini xizmatlar bilan ta‘minlash; - Raqamli televideniye tizimini Internet tarmog'i bilan biriktirish imkoniyati; - Interfaol xizmat turlarini tashkil qilish.
O‘zbekiston Respublikasida qachondan buyon raqamli televideniye ishga tushirildi?
2008 yildan
Televideniye so‘zi kim tomonidan, qachon amaliyotga kiritilgan?
“televideniye” so`zi (TV) (uzoqdan ko`rish) birinchi marta rus harbiy elektrik muhandisi Perskiyning 1890 yil Parijdagi xalqaro kongressdagi ishlatgan so`zidan olingan.
Televideniye asosida qanday uchta fizik jarayon yotadi?
Yorug`lik energiyasini elektr signaliga aylantirish;
Aloqa kanali bo`ylab elektr signalini uzatish va qabul qilish;
Elektr signalini aksincha optik tasvirga aylantirish.
Optik tasvirni elektr signallariga aylantirish uchun qanday elementdan foydalaniladi?
Fotoelementlar yoki fotoo`zgartirgichlar qo`llaniladi.
Fotoo‘zgartirgichlar (fotoelementlar) soni bitt abo‘ladimi yoki ko‘p bo‘ladimi?
Fotoo`zgartirgichlar soni iloji boricha ko`proq bo`lishi maqsadga muvofiq, ularning soni qancha ko`p bo`lsa, shunchalik yaxshi tasvir hosil bo`ladi.
Standart bo‘yicha fotoo‘zgartirgichlar soni qancha bo‘lishi mumkin?
550 mingta bo`ladi.
Bunday kata sondagi axborotlar bitta aloqa kanali bo‘ylab qanday uzatiladi?
Aloqa kanali yagona, ushbu kanal bo`yicha ketma-ket har bir fotoo`zgartirgichlardan axborotlar uzatiladi. Xuddi shu videoaxborotni ketma-ket, elementli uzatish jarayoniga razvyo`rtka deyiladi.
Televideniye yana qanday ikkita tamoyilga asoslanadi?
1.Tasvirning elementlarga (piksellarga) bo`linishi- piksellar soni qancha ko`p bo`lsa, tasvir shunchalik yaxshi namoyon bo`ladi;
2.razvyordka tamoyili- tasvir elementlarini ketma-ket uzatish va qabul qilish tamoyiliga rioya qilish.
19. Televizion tasvirni hosil qilish ko‘zning qanday hususiyatiga asoslangan?
Ko`rishimizning inertligi hususiyatiga asoslangan.
Dastlabki TV tizimida qancha fotoo‘zgartirgichdan foydalanilgan?
Bitta.
Mexanik razvyortka bu nima?
Sahna bo`laklaridan kelayotgan yoritilganliklardan tasvirni hosil qilish uchun ushbu fazoni shunday skonirlash kerakki, fotoo`zgartirgich sirtiga har bir elementdan kelayotgan yorug`lik nurlari ketma-ket tushsin. Buni hal qilish uchun dastlabki televizorlarda maxsus diskdan iborat mexanik razvyordkadan foydalanilgan.
Mexanik diskli razvyortka kim tomonidan va qachon yaratilgan?
Ushbu razvyordka 1884 yilda nemis talabasi Paul Nipkov tomonidan yaratilgan.
Mexanik diskli razvyortka faqat uzatishda bo‘lganmi yoki qabul qilishda ham?
Mexanik televizorlarning murakkabligi shu bilan bog`liq bo`lganki, uzatuvchidagi disk bilan qabul qilgichdagi disklar aylanishi o`ta aniqlik bilan mos tushishi kerak bo`lgan. Shundagina tasvir hosil bo`lgan. Aylanishlar ozgina farq qilsa, tasvir buzilgan. Xullas, bu kabi televizorlar tasviri juda ham past bo`lgan.
Elektron televizorlarning dastlabki varianti qachon va kim tomonidan yaratilgan?
1927 yilda prof. Takayanagi katod trubkali turg`un tasvirni beruvchi televizorni yaratdi. Uning televizorining o`ta qiziq tomoni bor edi. Takayanaki elektromexanik telekameradan foydalandi. Televizion antenna ham birinchilardan bo`lib Yaponiyada yaratildi.
Toshkentda Grabovskiyning qilgan ishlari nimadan iborat?
Uzatgich va qabul qilgich tomonlarda electron-nur trubkasi ishlatilgan TV ning electron tizimi loyihasi jahonda birinchi bo`lib 1925 yilda Toshkentda Grabovskiy rahbarligida amalga oshirilgan. Lekin Moskvadagi namoyishga ko`rsatishga to`la komplektni yetkaza olmaganligi sababli namoyish amalga oshmagan. Natijada electron televideniyening otasi sifatida Rozingning shogirdi V.K.Zvorikin tan olingan.
Zvorikin asli kim bo‘lgan?
Zvorikin asli rus bo`lib, 1930 yillarga kelib jahonda birinchi bo`lib TV ko`rsatuvlarni olib borgan. 1950 yillarga kelib ushbu kompaniya vakillari rangli televideniyeni o`ylab topishdi.
Nirkov diski aslida nima?
U katta diametrli shaffof bo‘lmagan disk bo‘lib, uning tashqi chekkasi bo‘ylab oraliq masofasi aniq belgilangan teshiklar (18 tadan 240 tagacha - yoyish satrlari miqdori) teshilgan
Televideniyening yaratilish bosqichlari qanday nomlanadi?
Mexanik, optic mexanik va electron
Elektron nur trubkaga asoslangan televizorlar qachon va kim tomonidan yaratilgan ?
1907 yilda rus olimi Boris Rozing hozirgi televizor ekraning dastlabki turini yaratgan va unga patent olgan, ya‘ni hozirgi zamon elektron-nurli trubkalarga -kineskoplarga asos solgan.
Razvyortkaning ma`nosi nima?
Razvyo`rdka bu tasvir elementlarini navbat bilan ketma-ket uzatishga aytiladi.
Razvyortkaning qanday turlari mavjud?
Texnikada razvyo`rdkaning bir qancha tiplari ishlatilsadi, bular: chiziqli, spiral, radial, sinusoidal va b. Ammo ulardan eng qoniqarlisi bu chiziqli razvyo`rdkadir.
Yo‘nalish jihatidan razvyortkaning qanday turlari mavjud?
Televizion ko`rsatuv yassi ekranda namoyish qilinayotgani uchun ham TV da 2 razvyo`rdka qo`llaniladi: gorizontal-strochniy va vertical-kadrli.
Strochniy razvyortka qanday amalga oshiriladi?
Chapdan o‘nga.
Kadrli razvyortka qanday amalga oshadi?
Tepadan pastga.
Ikkala razvyortka bir vaqtda ishlaydimi yoki navbat bilan?
Bir vaqtda ishlaydi.
Razvyortkalar qanday amalga oshadi?
Maxsus generatorlar yordamida.
Do'stlaringiz bilan baham: |