Radioteleskoplar.
Radioteleskopda radio to’lqinlarni metall oyna tutadi, ba’zida to’liq
qoplangan, ba’zida panjarasimon bo’ladi. Oynaning formasi reflekorga o’xshab
parabolik (yoki, aniqrog’i parabolid) shaklda bo’lib va yuzasi fokusga tushadigan
elektromagnit nurlarni tutishga qodir. Agar inson ko’zi radio to’lqinlarni ko’ra
olganda hozirda radioteleskoplar oddiy teleskop-reflektorlardan farq qilmagan
bo’lardi. Aslida radioteleskopda radio to’lqinlarni o’ta sezuvchan radio uzatgich
qabul qiladi, odam ko’zi yoki fotoplyonka emas. Oyna radioto’lqinlarni kichik
dipol antenaga to’playdi. Radioto’lqinlar boshqa nurlanishga o’xshab o’zi bilan
qandaydir energiyani tashiydi. Shuning uchun ham ular nurlanturuvchiga tushib
to’lqinlanadilar va o’tkazgichda elektronlarni tartibli harakatini yuzaga keltiradi,
boshqacha aytganda elektr tokini hosil qiladi. Elektr to’lqinlar o’ta katta tezlik
bilan nurlanturuvchiga harakatlanadi. Shuning uchun ham radio qabul qiluvchida
tez o’zgaruvchan elektr toki hosil bo’ladi. Nurlatiruvchidan radio qabul qilgichga
elektr toki to’lqin uzatgich bo’sh trubaga o’xshagan maxsus o’tkazgich orqali
qabul qilinadi. Kosmik radioto’lqinlar aniqrog’i ular tarafidan to’lqinlangan elektr
toki radio qabul qiluvchiga tushadi. Radioteleskopning qabul qiluvchisiga maxsus
yozib boradigan moslama o’rnatilgan bo’lib, ma’lum uzunlikka ega bo’lgan radio
to’lqinlarni yozib boradi. Radioteleskoplarda 2 tur o’rta tasmasi bor: ulardan
bittasi vertikal yoki gorizontal o’q bo’yicha harakatlana oladi, boshqalari
paralaktik o’rnatmaga ega. O’rnatmalar o’ta muhim ahamiyatga ega, negaki
oynani to’g’ri yo’nalishga qaratib va shu orienterni kuzatuvlar davomida ushab
turish kerak.
Ba’zi radioteleskoplar metrlarga cho’zilgan radioto’lqinlarni tutishga
mo’ljallangani uchun ularning oynalarini to’liq qilmasdan balkim to’rsimon
qilinadi. Bu esa radioteleskopni massasini kamaytiradi. Agar to’rlaridagi
katakchalar kichkina bo’lsa u to’liq radioteleskopdan farq qilmaydi. Qisqacha
16
aytganda, radioteleskopdagi katakchalar u uchun nerv to’qimalaridek bo’ladi. Bu
teleskoplarning ajralib turuvchi xususiyati shundaki, ular turli xil uzunlikdagi
radio to’lqinlarni qabul qila oladi. Shunisi aniqki, radioteleskopning parabolik
yuzi uning to’lqin qabul qilish xususiyatiga bog’liq emas. Parabolik
radioteleskopning yuzi qancha katta bo’lsa uning to’lqin qabul qilish xususiyati
shuncha yuqori bo’ladi. Qabul qilinadigan nurlarning hajmi uning yuziga to’g’ri
proporsional.
Do'stlaringiz bilan baham: |