"Telekomunikatsiya texnalogiyalari" fakulteti "Kompyuterni tashkil etilishi" fanidan mustaqil ish mavzu: Mantiqiy funksiyalarni aniqlashda asosiy mantiqiy elementlar


Mantiqiy amallarga misollar keltiramiz



Download 0,51 Mb.
bet2/8
Sana08.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#644686
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shohruh.2

Mantiqiy amallarga misollar keltiramiz.
1–misol. A mulohaza rost qiymat qabul qilsa, “A va (A EMAS)” mulohazaning qiymatini aniqlang.
Yechish. A rost qiymat qabul qilganligi uchun (A EMAS) yolgʻon qiymatga ega boʻladi. U holda rost va yolgʻon qiymatlarning koʻpaytmasidan (“VA” amali) yolgʻon natijaga ega boʻlamiz. Shunday qilib, javob “yolgʻon” ekan.
2–misol. A va B mulohazalar rost qiymat qabul qilganda A Λ B V A mulohazaning qiymatini aniqlang.
Yechish. I usul. A va B mulohazalar rost qiymatli boʻlganligi uchun A Ù B amal rost qiymat qabul qiladi. U holda jadvalga koʻra ikkita rost qiymatni mantiqiy qoʻshishdan rost qiymat hosil boʻladi. Javob: rost.
II usul. 1 · 1 + 1 = 1 + 1 = 1. Javob: rost.
3–misol. (Е > D) Λ A Λ ᒣB mantiqiy ifodaning qiymatini D = 3,2 va E = –2,4, A = “rost” va B = “rost” bo’lganda hisoblang.
Yechish. I usul. (–2,4 >3,2) munosabat notoʻgʻri boʻlganligidan bu mulohaza “yolgʻon” boʻladi. Demak, A mulohazaning qiymati “rost” bo’lsa ham (Е > D) Λ A mulohaza qiymati “yolgʻon” bo’ladi. B mulohazaning qiymati “rost”, shuning uchun ᒣB mulohaza “yolgʻon” qiymatli boʻladi. U holda (Е > D) Λ A Λ ᒣB mantiqiy ifoda “yolgʻon” qiymat qabul qiladi. Javob: yolgʻon.
II usul. (–2,4 > 3,2) · 1 · 0 = 0 · 0 = 0. Javob: yolgʻon.
4-masala. D V ᒣB Λ A mantiqiy ifodaga mos rostlik jadvalini tuzing.
Yechish. Avval jadvalning birinchi uch ustuniga A, B, D mulohazaning qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlarini yozib olamiz (7-sinfdagi ovoz berish natijalari jadvalini eslang). So’ng bajarilish tartibiga asosan amallarni yozib boramiz:

A

B

D

ᒣ B

ᒣ B Λ A

D V ᒣB Λ A

1

1

1

0

0

1

1

1

0

0

0

0

1

0

1

1

1

1

1

0

0

1

1

1

0

1

1

0

0

1

0

1

0

0

0

0

0

0

1

1

0

1

0

0

0

1

0

0

Mantiqiy amallar mantiq ilmida ham algoritmik tafakkurni rivojlantirishda ham juda katta ahamiyatga ega. Masalan, quyidagi masalani qaraylik.
5-masala. Bir kishi aytdi “Men yolg’onchiman yoki qora sochliman”. U kishi kimligini aniqlang.
Yechish. Masala shartidagi mulohazalar uchun belgilashlar kiritamiz:
D= “Men yolg’onchiman yoki qora sochliman”;
A= “Men yolg’onchiman”; B= “Qora sochliman”
U holda masala shartidagi murakkab mulohazani shunday yoza olamiz: D=A YOKI B. Bu amal uchun rostlik jadvali quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:

A

B

D=A YOKI B

rost

rost

rost

rost

yolg’on

rost

yolg’on

rost

rost

yolg’on

yolg’on

yolg’on

Endi masala yechimini topish uchun quyidagicha mulohaza yuritamiz:
a) agar A mulohaza “rost” bo’lsa, u holda masala shartidagi mulohazani aytgan kishi yolg’onchi bo’ladi va shuning uchun uning hamma gapi yolg’on. Demak, D mulohaza “yolg’on” bo’lishi kerak. Lekin jadvaldan ko’rinadiki, A mulohaza “rost” bo’lganda D mulohaza “yolg’on” bo’la olmaydi.
b) agar A mulohaza “yolg’on” bo’lsa, u holda masala shartidagi mulohazani aytgan kishi rostgo’y bo’ladi va, tabiiyki, uning hamma gapi rost. Demak, D mulohaza “rost” bo’lishi kerak. Jadvaldan ko’rinadiki, bunday hol faqat A mulohaza “yolg’on” va B mulohaza “rost” bo’lsagina o’rinli.
Javob: masala shartidagi da’voni aytgan kishi rostgo’y va qora sochli ekan.

Kirish
Hisoblash texnikasining ilk tarixini tahlil qilar ekanlar, xorijlik ayrim tadqiqotchilar kompyuterning qadimiy o‘tmishdoshi sifatida tez-tez “abak’ deb atalgan mexanik qurilmalarni aytib o‘tadilar. "Abakka" yondashish xato yondashishdan darak beradi, chunki abak avtomatik hisoblash xususiyatiga ega emas, kompyuter uchun esa bu belgilovchi (asosiy) xususiyatdir.


Abak - eng birinchi, ilk hisoblash qurilmasi bo‘lib, dastlab u tarnovlari bor sopol plastinka shaklida bo‘lgan. Tarnovlar ichiga raqamlarni namoyon qiluvchi toshlar taxlangan. Uning paydo bo‘lish davri eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikka to‘g‘ri keladi. Paydo bo‘lish hududi Osiyo hisoblanadi. Asrimiz o‘rtasida Yevropada abak kataklarga bo‘lingan jadvallar bilan almashtiriladi. Ular yordamida hisoblash chiziqlardagi hisoblar deb atalgan, Rossiyada esa XVI-XVII asrlarda hozir ham ishlatiladigan ilg‘or kashfiyot - qo‘l hisoblagichlari ham paydo bo‘ldi.
Shu bilan bir vaqtda hisoblashni avtomatik tarzda bajarishga ega bo‘lgan boshqa asbob, soat ham ixtiro etildi. Ishlash tamoyilidan qat’iy nazar, soatlarning hamma turlari (qum, suv, mexanik, elektr, elektron) vaqtning teng bo‘laklaridan so‘ng ko‘chishni yoki signallarni ishlab chiqarish (generatsiya qilish) va bunda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni qayd qilish, ya’ni signallar va ko‘chishlarni avtomatik tarzda qo‘shib borish qobiliyatiga ega. Bu tamoyil hatto faqat qayd etuvchi uskunasiga ega bo‘lgan quyosh soatlarida ham (bunda generator nomini Yer-Quyosh tizimi bajaradi) kuzatiladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish