Telekommunikatsiya texnologiyalari: Mobil tizimlari



Download 19,15 Kb.
bet2/2
Sana06.01.2022
Hajmi19,15 Kb.
#324395
1   2
Bog'liq
akademik yozuv

Elektron hamyon - elektron pullarni saqlaydigan hamda internetdagi xaridlar va xizmatlar uchun haq to'lash, hatto pulni bank hisobvarag'iga yoki bank kartasiga o'tkazish yoki naqd pul olish imkonini beruvchi kompyuter dasturidir. O'tkazmalar bir zumda amalga oshiriladi, ko'plab elektron pullar tizimlari hisob-kitoblar va o'tkazmalarni turli valyutalarda amalga oshirish imkonini beradi. Elektron hamyon orqali odamlar istalgan vaqtda, online do’konlar, kommunal to’lovlar yoki shunga o’xshash boshqa to’lovlarni ham amalga oshira olishadi. Bu tizimning qulaylik taraflaridan yana biri bu pullarning yo’qolish ehtimolligi kamayishidir. Hozirgi kunda bu muammo butun dunyo bo’yicha dolzarb hisoblanadi. Elektron pullarni esa hech qachon yo’qotib qo’ymaysiz. Deyarli barcha elektron pullar tizimlarida elektron hamyonni ochish imkoniyati mavjud. MDH davlatlarida Yandeks.Pullar, WebMoney va QIWI kabi to'lov xizmatlaridan keng foydalaniladi. Shu o’rinda savol tug’iladi: Bank kartasi bo'lsa, elektron hamyon nima uchun kerak? Elektron hamyon ishlash prinspi bank kartasiga o'xshaydi. Uni osonlik bilan to'ldirish mumkin va dunyoning istalgan joyida u orqali to'lovlarni amalga oshirish mumkin. To'lovlar bo'yicha cheklovlar deyarli yo'q. Shunda savol tug'iladi: agar bank kartasi mavjud bo'lsa, elektron hamyon nima uchun kerak?

Birinchidan, Elektron hamyonda pulni turli valyutalarda saqlashingiz mumkin. Masalan, dunyoning turli mamlakatlarida to'lovlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga kelsa, elektron hamyon juda qulay hisoblanadi;

Ikkinchjidan, Sayohat qilganda juda qulay, chunki hamma narsa smartfonga bog'langan bo'ladi va NFC (kontaktsiz aloqa) yordamida to'lovni amalga oshirish mumkin. Bu to'lov jarayonini ancha osonlashtiradi. Bundan tashqari, har qanday bank kartasidan (so'm) mobil ilova orqali elektron hamyonni to'ldirish mumkin;

Uchinchidan, elektron hamyon orqali xalqaro to'lov tizimda pul o'tkazmalari tez va qulay tarzda amalga oshiriladi. Misol uchun Siz tez va oson usulda xorijiy mamlakatdagi boshqa shaxsning hisobvarag'iga qulay valyutada pul o'tkazishingiz mumkin. Dunyo pullarining 92% i raqamli ko'rinishda. O'zbekistonda bu holat endi rivojlanayotgan bo'lsa-da. Biroq, dunyo aholisining juda ko'p qismida naqd pullar deyarli yo'q. Kredit kartalari, depozitlar, onlayn savdo, barchasida, dunyo valyutalarining 8 % i naqd pul sifatida ishtirok etadi, xolos.

Bu kabi yangiliklar o’z Vatanimiz, O’zbekistonda ham bo’layotgani odamni quvontiradi.


“Apple Watch”larda favqulodda yordam xizmati qo'shildi
Bu nima o’zi? Agar siz baxtsiz hodisaga uchrasangiz o'sha zahoti soatingiz avtomatik holatda favqulotda yordam xabarini beradi. Funksiya birinchi bor Apple Watch Series 4 da paydo bo'lgan. Agar foydalanuvchi o'zi bilan hamma narsa tartibda ekanligini qayd qilmagan bo'lsa, favqulodda yordam xizmatiga avtomatik xabar beriladi. Ommaviy axborot vositalari muntazam ravishda iPhone inson hayotini yana bir bor saqlab qolgani haqida xabar berishmoqda. Yaxshiyamki, Apple smartfoni nafaqat aloqa vositasi bo'lib xizmat qiladi, balki kerak bo'lganda yordam so'rashga ham imkon beradi. Agar siz to'satdan favqulodda yordamga muhtoj bo'lgan vaziyatga tushib qolsangiz, lekin iPhone-ni olishning imkoni bo'lmasa, siz Apple Watch-dan foydalanishimiz mumkin. Favqulodda qo'ng'iroq qilish uchun iPhone Apple Watch soatlari yonida bo'lishi kerak. Favqulodda qo'ng'iroq qilish uchun gadjet yonidagi tugmani ekranda slayder paydo bo'lguncha bosib turing. Slayderni torting »Favqulodda qo'ng'iroq - SOS«, Va soat avtomatik ravishda mintaqaviy tez yordam raqamini teradi (masalan,102). Apple Watch sizning shoshilinch kontaktlaringizga qo'shilgan odamlar bilan bog'lanadi va ularga sizning hozirgi joylashuvingiz to'g'risida xabar beradi (geolokatsiya). Agar geolokatsiya xizmatlari o'chirilgan bo'lsa, ular avtomatik ravishda faollashadi. Joyingizni o'zgartirganda, Apple Watch favqulodda vaziyat aloqalariga yangilangan ma'lumotlarni yuboradi.

LunaNet loyihasi — AQSh Oyga internet tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu yo‘riqnomaga ko‘ra, 2021 yil noyabr–2022 yil yanvarida Oyga AQShning Artemis-1 uchuvchisiz kosmik qurilmasi parvoz qiladi. NASA ushbu dastur doirasida ishlab chiqayotgan yangi texnologiyalardan biri Oy internetidir. Astronavtlar to‘plashni rejalashtirgan barcha ma'lumotlarni uzatishga mavjud aloqa radiokanallarining quvvati yetmaydi. NASA rejasiga ko‘ra, bo‘lajak missiya shunchaki Oyga parvoz bilan cheklanmaydi. Astronavtlar u yerda uzoq vaqt qoladi. LunaNet loyihasi Oy yuzasiga bir nechta aloqa uzatish bog‘lamalarini o‘rnatishni ko‘zda tutadi. NASA ushbu loyihani Ohayo shtatining eng katta shahri – Klivlendda sinovdan o‘tkazmoqda.

Durov Telegram’dagi rasmiy reklamalarni o‘chirish pulli bo‘lishini e'lon qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu funksiya unchalik qimmat bo‘lmagan obuna shaklida rasmiylashtiriladi. Noyabrda Telegram’dagi rasmiy reklamalarni o‘chirishning pulli funksiyasi ishga tushadi, deb ma'lum qildi messenjer asoschisi Pavel Durov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu funksiya unchalik qimmat bo‘lmagan obuna shaklida rasmiylashtiriladi. Durovning qayd etishicha, ayrim foydalanuvchilar o‘z kanallaridagi reklama e'lonlarini "o‘chirib qo‘yish"ni istaydi. Hozirda messenjer ma'muriyati bu opsiyaning iqtisodiy shartlarini ko‘rib chiqmoqda. 26 oktyabr kuni tarmoq asoschisi Pavel Durov endilikda o‘quvchilarga xalaqit bermaydigan ko‘rinishda reklamalar berib borilishini e'lon qilgandi. Ma'lumot berilishicha, reklama xabarlarining uzunligi 160 ta belgidan oshmaydi, ularda fotosuratlar va boshqa saytlarga havolalar bo‘lmaydi. Reklama kanaldagi barcha yangi xabarlar ko‘rib bo‘linganidan keyin paydo bo‘ladi. 5 noyabrga o‘tar kechasi shunday reklamaning birinchisi paydo bo‘ldi.



Hozirda bu kabi yangiliklar har soatda chiqadi. Bu yangiliklardan har kim har xil foydalanadi. Albatta, bu yangiliklar insonlarning hayotini yangilash, yengillik yaratish uchun chiqarilmoqda. Insoniyat kundan-kunga yangilik, kashfiyot qilishga intiladi. Lekin bu texnologiyalar deb, odamlar o’z yaqinlari, tanishlari, oilasi bilan birga vaqtini kam o’tkazmoqda. Bu esa texnologiyalar sohasidagi eng katta kamchiliklardan biri deb o’ylayman.
Download 19,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish