«Telekommunikatsiya texnologiyaları» yo’nalishi 1-kurs 303-22 guruh talabasi Nishanbayeva Nafisaning



Download 124,4 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi124,4 Kb.
#890714
Bog'liq
Nafisa


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASIBIY TALIM FAKULTETI
« Telekommunikatsiya texnologiyaları » yo’nalishi
1-kurs 303-22 guruh talabasi
Nishanbayeva Nafisaning
« Akademik yozuv »
Fanidan
MUSTAQIL ISHI

Tayyorlagan _________________ N.Nishanbayeva
Qabul qilgan _________________ U.Jaksimova


Nukus-2022
Mavzu: Ustoz makatbi
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy bo’lim
a) Ustoz misli yonib turgan sham
b)Ustozlarga qancha tazim qilsakda kam
c)Ustozlarning bizning hayotimizdagi o’rni
III.Xulosa

Agar shogird shayhulislom, agar qozidur,


Agar ustoz rozi – Tangri rozidur.
(Alisher Navoiy)
Xalqimizda azal-azaldan ustoz degan zot ulug‘ — sharafli kasb sohibi sanaladi. SHuning uchun ham YUrtboshimiz «YUksak ma’naviyat — engilmas kuch» asarida dunyo imoratlarining eng ulug‘i — maktab, kasblar ichida eng sharaflisi — o‘qituvchilik ekanini qayd etib o‘tganlar. Sirasini aytganda mustaqillik tufayli mamlakatimizda o‘qituvchi-murabbiylar behad hurmat ehtiromga noil bo‘ldilar. O‘qituvchi va murabbiylar kuni shunchaki professional kasb bayrami emas, balki umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Bundan tashqari ular uchun yana bir qator imtiyozlar berildiki, bu ham millat bolalarini har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashda o‘qituvchi shaxsi nechog‘li muhim o‘rin tutishligini bildiradi.
Binobarin o‘qituvchi shaxsiga hurmat qadim qadriyatlarimizdan: o‘tmishimizdan o‘zlashtirilgan o‘gitlar bizda muallimga nisbatan musbat munosabatni shakllantirgan. Uning darajasi otaning martabasiga teng ko‘rilgan. Muqaddas hadislarda ham, kishining o‘z oxiratini obod etguvchi farz amallaridan biri, farzandini yaxshi bir muallim qo‘liga topshirib, uni xat-savodli qilishdan iborat ekani ta’kidlangan. Zotan, inson bolasi otasining pushti kamaridan dunyoga keladi, ustoz saboqlarining samaridan qayta tug‘iladi — dunyoi dunni idrok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eng oliy ne’mat — o‘qish va yozish qobiliyatini qo‘lga kiritadi. Ehtimol shuning uchun ham ustozning darajasi otaning martabasi bilan teng ko‘riladi. Zotan hech qaysi bir ustoz shogirdiga yomonlik sog‘inmagan. Harqalay sharq dunyosida bu munosabatlar mana shunday mo‘‘tabar sanaladi. o‘arbda bu borada g‘ayurlik bo‘lgani ko‘zga tashlanadi. Bir misol, Evropa davlatlarining birida (Litva poytaxti Vilnyusda) Avliyo Anna ibodatxonasini borib ko‘rdik. Ikkita bir xil imorat, faqat biri ikkinchisidan hiyla pastroq. Sababini yo‘lboshlovchi shunday izohladi. Aytishicha har ikki imorat bir vaqtda, bir loyiha asosida barpo etila boshlagan. Biriga ustoz ikkinchisiga uning shogirdi me’morlik qilgan. SHogirdining imorati bejirim chiqayotganini ko‘rgan ustoz, g‘ayurligi qo‘zib uni binoning tomida itarib yuborganu, shogirdining imorati shu nuqtada to‘xtagan ekan.
Bu bir rivoyat, ammmo har qanday rivoyatning zamirida zig‘irdekkina bo‘lsa ham haqiqat yotadi. Zero, xalq istifoda etadigan matal, hikmat, rivoyat va hikoyatlar qatida o‘sha xalqning turmush tarzi, hayotiy falsafasi, qarashlari singdirilgan bo‘ladi. Agar ana shu mezondan kelib chiqib qaraladigan bo‘lsa, sharq olamida ustozlar o‘zidan o‘zmagan shogirdni unchalik ham yoqlamaydi. Binobarin, xalqda asrlar osha «Ustozidan o‘tmagan shogird yaxshi shogird emas» degan naql yuradi. Ustoz shogirdining kamolidan rosmana quvonadi. Uning o‘sishdan to‘xtashini xohlamaydi. Balki kezi kelganida o‘zini ortga olib, unga yo‘l bo‘shatadi. Radiy Fishning Jaloliddin Rumiy haqida yozgan kitobida shunga o‘xshash bir misolni ko‘ramiz. Rumiyni piri komil darajasiga etkazgan ustoz, endi bu shaharga ikkimiz sig‘maymiz, deb boshqa yurtlarga bosh olib ketadi.
SHarq falsafasida ustoz va shogird o‘rtasidagi munosabatlar samimiyat ustiga qurilgan bo‘lib, har ikkala tomon uning sofligini saqlashga some ekani ilm va hunar o‘rganishda samaradorlik omili bo‘lib xizmat qiladi. Farzand naslning davomchisi bo‘lgani kabi shogird ustozlar ta’limotining davomchisi sifatida qadrlanadi. Noqobil farzand qarg‘ishga uchrasa otasi bilan bab-barobar ustoziga ham la’nat olib keladi. Aksincha, maqtovga loyiq ish qilsa odamlar «E otanga rahmat, ta’lim bergan ustozingga sallamno!» deyishadi. SHuning uchun ham ta’limni tarbiyadan ayru olib bo‘lmaydi. Ilm egallashning birinchi sharti odob saqlashdan boshlanadi. Ustoz sabog‘ini ta’maga taqasa muvozanat buziladi. SHuning uchun ham Navoiy bobomiz ham ustoz muallim ham shogird talabaga ibrat tariqasida: «Kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila», deb yozganlar.
Qolaversa shogirdning ustozdan o‘zishi, ulg‘ayib ulug‘lik martabasiga erishishi ustozning qadrini zarracha kamaytirmasligini, u har qanday vaziyatda ham ota singari ulug‘ va mo‘‘tabar bo‘lib qolishini ta’kidlab: «Agar shogird shayxulislom agar qozidir, agar ustod ondin rozidir — tangri rozidir!» deganlar.
Odam bolasi — xom sut emgan banda. Omadi chopib, el orasida bir oz shuhrat qozonib o‘tgan kunlarini unutadigan kishilar ham yo‘q emas. bunday kimsalarni elda ko‘rnamak deyishadi. Bundaylar tuz totgan tuzlig‘iga tupuradiganlar toifasidan: ular uchun foydang tegsa oshnasan, aks holda oyoq osti — poshnasan. Ular oniy omaddan shu qadar esankirab qoladilarki, har qanday qadriyatlarni toptashdan toymaydilar. Mana shunday noqobil bir shogird, katta polvon bo‘lib tanilgach, ichi qora odamlarning qutqusi bilan ustozni kurashga chorlabdi. Har qanday andeshani yig‘ishtirib, o‘ziga qirqta kurash usulini o‘rgatgan murabbiyining yoqasidan tutibdi. Erdan oyog‘ini uzib, havoda chirpirak qilib uloqtiraman deb turgan chog‘i, ustoz bir usul qo‘llab shogirdining kuragini erga tekkizibdi. Ustoz shogirdining tarbiyasida noqislik borligini bilib, qirq birinchi usulni mana shunday favqulotda viziyat uchun asragan ekan.
Yuqoridagi fikrlarimizga misol tariqasida Radiy Fishning asaridan yana bir misol keltirsak. Ma’lumki, Jaloliddin Rumiyning otasi Bahouddin Valad islom olamida o‘ta taniqli zot bo‘lgan. Unga «Sulton-ul ulamo» (olimlar sultoni) degan unvon berilgan. Mana shunday martabali zotning farzandiga saboq berish oson ish bo‘lmagan. CHunki bolaning ongida tabiiy ravishda o‘rnashib qolgan «men» uning ta’limiga to‘sqinlik qila boshlagan. SHunda ustozi uni dars va saboqlardan bo‘sh paytlari qora ishlarni qilishga undaydi. Hatto bozor maydonida turib tilamchilik qilishga majbur qiladi. Maqsadi esa bolada shakllana boshlagan dimog‘dorlikni yo‘qotish bo‘lgan, oxir-oqibat shunga erishadi.
Binobarin, shogirdning ustozi huzurida qullarcha qo‘l qovushtirib turishi — odobdan, bir dastyor kabi xizmatini ado etishi tarbiyasi shoyista ekanidandir. Biroq bu qul va xo‘jayin, boy bilan xizmatchi orasidagi munosabatdan keskin farq qiladi. Bir so‘z bilan aytganda qul bo‘lib yollangan kimsaning o‘yu yodi tomoqqa, ustozga shogird tushgan kishining esa bor-diqqat e’tibori saboqqa qaratilgan bo‘ladi. SHuning uchun ham shogird har bir hatti-harakatidan hikmat yo‘nishga, bosayotgan har bir qadamidan ibrat olishga harakat qiladi. Qul yoki malayda esa unday ishtiyoq yo‘q hisobi.
Naqshbandiy hazratlarining yoniga bir o‘spirin javon kelib, undan ilm o‘rganmoqchi ekanini aytibdi. Doimo huzurida bo‘lishi uchun qul bo‘lib yollanishga ham tayyor ekanini bayon etibdi. Bahouddin hazratlari uning taklifini rad etib: «Biz hammamiz yaratgan egamning qullarimiz. Qulning qul ushlashi mantiqdan emas», degan ekanlar. Qiziqqon o‘spirin ham hadeganda ahdidan qaytmagan. «Tahorat suvi tayyorlab beraman, uy-ro‘zg‘or ishlariga qarashaman — meni dastyor qilib ishga oling, sizga yaqin yursam bo‘lgani!» — deb zorlangan. Pir uni yana qabul qilmagan: «Dastyorga ehtiyojimiz yo‘q, illo «Dil ba yoru dast ba kor – qalbimiz Allohda, qo‘limiz mehnatda» — bu yumushlar o‘zimizdan ortmaydi», deb javob qilibdilar. SHunda yigit, meni shogirdlikka oling, deb yalingan. Ilmga ishtiyoqi baland ekanini, maqsadi yo‘lida har qanday g‘ovni engib o‘tishga shashti borligini sinab turgan hazrat miyig‘ida kulib uni shogirdlikka qabul qilgan ekanlar. Zero, uy-ro‘zg‘or yumushlarini qul yoki malaydan farqli o‘laroq shogird bir farzand kabi samimiyat bilan bajaradi.
Davlatchilik tarixiga ega xalqlarning solnomalarini sahifalaganda, saltanat boshqaruvi, siyosat yuritish ishlarida ustozlar ulgusiga amal qilgan hukmdorlar abadiyat arkidan manguga o‘rin egallaganliklarini kuzatamiz. SHarqda Arastu nomi bilan mashhur Aristotelning saboqlari Aleksandr Makedonskiyning faoliyatiga bir umr mayoq vazifasini o‘tagan. Ustozining undovi bilan shishadan maxsus moslama yasattirib, O‘rta er dengizini tadqiq qilishga kirishgan. Molu dunyoga o‘chligi, jahongirlik orzusi bu ishlarni oxiriga etkazishiga monelik qilgan.
Ehtimol shundandir, ustozi uning o‘limini — ostida oltin, ustida oltin bo‘lgan holatda, bir qultum suvga zor bo‘lib hayotni tark etishini bashorat qilgan. Vavilon cho‘llarida suvsizlikdan sillasi qurib, ko‘zlaridan hayot nishonasi so‘nib borayotgan jahongir ana shu bashoratni eslab, ustoziga yana bir karra tan bergan bo‘lsa ajab emas. Zero, o‘sha chanqoqdan chalajon yotgan chog‘ida ostida sof oltindan yasalgan karavot, boshida oltin dastali elpig‘ich bo‘lgan.
Buxoro hukmdori Nasr ibn Ahmadning nomi zamonlar osha yashab kelishida ustozi va vaziri bo‘lmish Abu Abdullo Ro‘dakiyning xizmatlari beqiyos. SHoir inja fe’lli, tantiq tabiatli bu shogirdiga qanday ta’sir o‘tkazishni yaxshi bilgan. Nasr ibn Ahmad ham har qanday sharoitda ustozining so‘zini ikki qilmagan. Bir gal u mulozimlari bilan kichik bir lashkar hamrohligida shikorga chiqadi. Ov qilingan joy yoqib qolib, hukmdor undan ketmay qoladi. Oradan oylar o‘tsa ham uyga qaytishga xohish bildirmaydi. Lashkar va mulozimlar bezovta bo‘la boshlaydilar, qarovsiz qolgan xo‘jaliklarini xotirlab xavotirliklari osha boshlaydi. SHu kez Abu Abdullo Ro‘dakiyga murojaat etib, andeshalarini bayon etadilar. Ulug‘ shoir o‘sha kech bir g‘azal yozib, tong chog‘i uni hukmdorga o‘qib beradi. o‘azaldan ta’sirlangan Nasr ibn Ahmad hatto kiyinishga ham chog‘i kelmay hamrohlarini otlantirib Buxoro tomon ot suradi. «Mo‘liyonning hidi bu yon keladi, mehribon yor yodi shu on keladi» deb boshlanguvchi mashhur g‘azal ana shu tarixiy voqeaning hosilasi aslida.
Yana bir ibratli jihati Sohibqiron bobomiz o‘limi oldidan vafot etgach jasadini ustozlarining poyiga ko‘mishlarini vasiyat qilganlaridir. Bu ham sharq falsafasining nechog‘li insonparvarligidan, bizda ustoz shaxsi qanchalar mo‘‘tabar va e’zozlanganidan dalolatdir. Faqat ulug‘ insonlargina mana shunday ishlarga qodirdirlar. Zotan ularni ulug‘likka undagan omil — ustozlar ulgusi aslida.
Rivoyat qilinishicha, imom Buxoriy (rahmatullohi alayh) xazratlari Makkai Mukarramada ta'lim berayotgan chog‘da bir ziyoratchi Buxoroi Sharifdagi ustozlardan salom va maktub keltiradi. Bu xabarni eshitgan Imom Buxoriy (r.a.) Buxoroi Sharif tomonga yuzlanib, salomiga alik olganlaricha hurmat bajo keltiradilar, so‘ngra maktubni ikki qo‘llab olib, tabarruk qilib, ehtirom bilan xatni o‘qigan ekanlar.
Ha, ustoz misli yonib turgan shamga qiyos. O‘zi yonib, atrofga nuru ziyo sochadi. Boshqalar ana shu nurdan bahramand bo‘ladi. Shu sabab, har bir inson yoshidan, mavqeidan, darajasidan qat'i nazar, saboq bergan ustoz-murabbiyi oldida mudom ta'zimda. Hazrat Navoiy aytganlaridek, Haq yo‘lida bizga ming ranju qiyinchilik bilan saboq bergan muallimlarning mashaqqatli mehnatlari haqini hech bir boylik yoki ganjina bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ularning mehnatlari beqiyos va benazir.
Mamlakatimiz rahbari farmoni bilan 1997 yildan buyon 1 oktabrning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” sifatida keng nishonlanayotgani millatimizning ustoz-murabbiylarga bo‘lgan hurmat-ehtiromining amaldagi yorqin ifodasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari ustoz-murabbiylarga ta'rif berib, “Agarki, dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblar ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir. Chindan ham o‘qituvchi nainki, sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki, ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, o‘z o‘quvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mo'tabar zotdir”, degan edi.
Chindan ham, ustozlar murg‘akligimizdanoq qalbimizga ezgulik urug‘larini sochadi, qo‘limizdan tutib, ma'rifat saboqlarini beradi, mehr-muhabbat ulashadi. Biz erishayotgan ulkan yutuqlarimiz, qo‘lga kiritayotgan g‘alabalarmizda ularning hissasi katta. Shu sabab, ularni mudom sharaflagimiz, ardoqlagimiz keladi.
Afsonalarga ko‘ra, mashhur sarkarda Iskandar Rumiydan (Aleksandr Makedonskiy) “Nechun Arastuni (Aristotel) otangizdan ortiq izzat qilasiz?”, deb so‘radilar. Iskandar Rumiy javob berdi: “Otam go‘yoki meni osmondan yerga tushirdi. Ammo ustozim Arastu meni yerdan osmonga ko‘tardi. Ya'ni, otam meni dunyoga kelmog‘imga sabab bo‘ldi. Ustozim ilm va odob o‘rgatib, martaba va izzatimning ortmog‘iga sabab bo‘ldi”.
Ko‘rinib turibdiki, dunyoni o‘z ilmu ma'rifati bilan lol qilgan insonlar ham doim ustozini yuksak qadrlagan, izzat-hurmatini joyiga qo‘ygan.
Muqaddas dinimizda ilm-ma'rifatli kishilarning maqomu martabalari Alloh tomonidan yuksaklarga ko‘tarib qo‘yilishi haqida shunday marhamat qilinadi: “Sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan kimsalarni Alloh baland darajalarga ko‘tarur”, dedi” (Mujodila surasi). Qator hadisi shariflarda muallimlarning hurmatini joyiga qo‘yish, ularga nisbatan tavoze'li bo‘lishga chaqiriladi. Jumladan,
Rasulullloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib, dedilar: “Ilm o‘rganing, ilm uchun sakinat va viqorni ham o‘rganing. Va sizlarga ilm o‘rgatayotganlarga tavoze' bilan o‘zingizni past tuting!” (Imom Tabaroniy “al-Avsat”da rivoyat qilgan).
Muallimga kibr qilish, uni mensimaslik tuban xulq hamda nifoq alomatlaridan hisoblanadi. Imom Tabaroniy “al-Kabir”da rivoyat qilgan hadisi sharifda bunday deyiladi: “uch toifa inson borki, ularni faqat munofiqqina xorlaydi: Islomda mo‘ysafid bo‘lgan qariya, ilm sohibi va odil rahbar”
Ustoz va muallimga o‘zni past tutib, xokisor bo‘lish najot eshigi, ilm tahsil qilishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Dinimiz shunga buyuradi, shunga o‘rgatadi. Bu ustozlarning shogirdlari ustidagi haqlaridandir. Ulamolar aytadilarki, ustoz va muallimlar faqat la'nati zamon va la'nati makondagina ehtirom qilinmaydilar. Chunki Nabiy alayhissalom olimlar hurmat qilinmaydigan zamonda yashashdan, shunday bir zamonga rizqlari qo‘shilgan bo‘lishidan Allohga sig‘ingan ekanlar. Payg‘ambar alayhissalom panoh so‘ragan zamon esa eng mash'um va mal'un zamon bo‘lishi shubhasizdir. Sahobalardan Sahl ibn Sa'd as-So'idiy (raziyallohu anhu) rivoyat qilishiga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Allohga iltijo qilib: “Ey Alloh, alim (bilimdon)ga ergashilmaydigan, halim (oqil)dan esa hayo qilinmaydigan bir zamon ustimga kelib qolmasin!”, deya olim va muallimlar hurmat qilinmaydigan zamonda hayot kechirishdan panoh so‘rar edilar (Imom Ahmad rivoyati).
O‘zbekistonda 1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Orzusi faqatgina o‘quvchilarining kamolini ko‘rish bo‘lgan aziz va qadrli murabbiylarimizni dillarini hushnud etib, minnatdorchilik bildirish uchun aslida mahsus kunning hojati bo‘lmasa kerak. Shunday bo‘lsada 1 - oktyabr murabbiylar kuni sifatida nishonlanilishi ularga ko‘rsatilgan yuksak e’tibordan darak beradi. 
Ustozlar haqida so‘z yuritilar ekan doimo Iskandar Zulqarnayn to‘g‘risidagi hikoya yodimga tushadi. U ishg‘ol qilgan yurtining taxtiga birinchi bo‘lib ustozini o‘tkazar ekan. Bir kuni undan: “Nima uchun bunday qilasiz?” deb so‘rashganda: “Ota-onam tug‘ilishimga, ustozim esa yuksalishimga sababchi bo‘lganlar”, degan ekan.
Poshshaxo‘ja ham ustozlarning mehnatisiz hech kim yuksala olmasligini aytib, Iskandarning o‘z ustoziga bo‘lgan hurmatini keltirib o‘tgan:
Hech kim ustozsiz topmas jahonda izzu joh,
Nechakim hashmat bila Iskandari davron erur.
Darhaqiqat, biz erishgan har bir yutuqda ustozlarimizning hissalari mavjud. 
Ilm olish va uni tarqatish yuksak savobli ish ekani to‘g‘risida Qur’oni Karimda, hadisi sharifda ko‘plab oyat va hadislar kelgandir. Shulardan birida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ilm tarqatuvchilarga ya’ni ustozlarga shunday ta’rif berib, ular erishadigan savoblarning juda katta ekani haqida quyidagicha bayon qilganlar.
Imom Bayhaqiy va Abu Ya’lolar Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
“Sizlarga sahiylar sahiysining xabarini beraymi? Sahiylarning sahiysi Allohdir. Men odam bolasining eng sahiysiman. Mendan keyin sizdan eng sahiyingiz, ilm o‘rganib, ilmini tarqatgan odamdir. U qiyomat kuni yolg‘iz o‘zi bir ummat bo‘lgan holida tiriltiriladi”, deganlar.
Albatta, ustozlar mana shunday yuksak mukofotlarga loyiq zotlardir.
Odamlarga xarf o‘rgatib savodini chiqarish bu ularga o‘rgatilgan eng yaxshi ta’lim desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki biz butun hayotimiz davomida shu ustozlarimiz o‘rgatgan xarflardan foydalanib o‘qiymiz, yozamiz va ilmimizni oshirishda davom etamiz.
Ali ibn Abu Tolibning shunday so‘zlari bor: “O‘qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir”. Mana shu kitobning qulfiga kalit topib, ilk xarflarni o‘rgatuvchi zotlar albatta ustozlarimizdir. Ustoz o‘z kasbiga qalb qo‘ri bilan kirishmasa, murabbiylik yo‘lida xech qanday yutuqlarga erisha olmaydi. Axir o‘qishni, yozishni bilmaydigan murg‘akkina bolaga bir xarfni o‘rgatish oson bo‘lmasa kerak. Umrini shu sohaga bag‘ishlagan o‘qituvchilar xamma joyda bir xil — oddiy va kamtar.
To‘g‘ri, o‘quvchilik yillari sen uchun jon kuydirgan, o‘qib olim, yaxshi odam bo‘lsin deguvchi ustozlarning qadriga yetmaymiz. Ammo xayotning katta yo‘lida ularni ko‘proq sog‘inadi kishi.
Maktabga yo‘qlab borsangiz, ustoz yana ko‘zlari javdirab turgan, endigina maktabga qadam qo‘ygan bolakaylar bilan mashg‘ul ekanini ko‘rasiz. U kasbidan zerikmaydi. Aksincha, yillar o‘tgani sayin ko‘ngli xam boladek beg‘yg‘bor bo‘lib boraveradi.
Ertangi kunning kanday bo‘lishi maktab, bilim yurtlaridagi talim-tarbiyaga bog‘lik. Chunki farzandlarimizning ongi-tafakkuri shu joylarda shakllanadi.
Ustozlarni ulug‘lash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir. Bugun O‘zbekistonda ta’lim islohotlarining uzviy qismi bo‘lgan o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirishga oid ibratli ishlar jahonning ko‘plab davlatlari tomonidan yuksak baholanib, mustaqillik yillarida to‘plangan boy va ilg‘or ma’rifiy tajriba sifatida o‘rganilayotur. O‘qituvchilarning kasb bayramlari arafasida yoshlarimizni vatanga muhabbat, sadoqat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalayotgan, ustozlik kasbida halol va samarali ish olib borayotgan ilg‘or pedagoglar Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishlari ham buning amaldagi tasdig‘idir.
Yurtimizda “O‘zbekiston qahramoni”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi hodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan, Vatanimizning orden va medallari bilan taqdirlangan murabbiylar safi yildan-yilga kengaymoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra hozirda ta’lim sohasida 423 ming nafardan ziyod o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning barchalariga yurtimiz kelajagi bo‘lgan navqiron avlod vakillariga ta’lim-tarbiya berish kabi mashaqqatli va sharafli ishlarida Yaratgandan kuch-g‘ayrat tilab qolamiz. Sizlar doimo ardog‘imizdasiz aziz ustozlar!
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» Toshkent. «Ma’naviyat» 2008

  2. Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» - T., O’zbekiston 1999

  3. Xaydarov F., N.Xalilova “Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi”. “Aloqachi” 2007

  4. Uzbekistan Respublikasi "Ta’lim tugrisidagi" Konuni T.,1992

  5. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" T., 1997

  6. I.A.Karimov "Barkamol avlod orzusi" T., 1996

Download 124,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish