Elektron o'quv qo'llanma – fanning o'quv hajmini qisman yoki to'liq qamragan va axborotning adaptasiya blokini o'z ichiga olgan bo'lib, masofaviy o'qitish va mustaqil o'rganish uchun mo'ljallangan.
Elektron ma'ruza – interaktiv elementlar va giperuzatishlarni qo'llab, o'quv fani ma'ruza materialini namoyish qiluvchi multimedek tizim.
CD -ROM rusumidagi katta hajmli uncha qimmat bo‘lmagan xotira- qurilmalarning mavjudligi tufayli elektron kitoblarning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratildi.Elektron kitob atamasi sahifalari displey ekranida tasvirlanadigan kitobni anglatadi, ya'ni bunday kitob sahifama-sahifa tashkil etilgan axborot interfaol tizimidir. Elektron kitob sahifalaridagi axborotlar uch xil bo‘lishi mumkin:estetik (kitob ko‘rinishi bilan o‘quvchiga ta'sir etuvchi), axborot (kitob mazmunini ochib beruvchi) va nazorat (piktogramma,ikona,dialogli darchalar,dinamik menyu va hokоzolar ko‘rinishida taqdim etilgan material).Elektron kitoblarni to‘rt guruhga: qomusiy, axborot,o‘qituvchi va imtihon oluvchilarga bo‘lish mumkin. Qomusiy elektron kitoblar muayyan mavzu bo‘yicha ulkan hajmdagi axborotni o‘zida saqlaydi.Axborot elektron kitoblarda axborotlar hajmi unchalik katta bo‘lmay, ma'lum bir masadga yo‘naltirilgan. O ‘qituvchi elektron kitoblar ma'lum bir yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rgatuvchi kitoblardir.Imtihon elektron kitoblarda uchta muhim komponent: masalalar (vazifalar) banki, testlash va javoblar moduli, tahlil va baholash uchun o ‘quvchi javoblaridan foydalanuvchi ekspert tizimi mavjud.
Elektron kitoblarda axborotlar. Elektron kitoblarda axborotlar har xil ko‘rinishda saqlanadi, ya'ni matnli kitoblar, statik rasmlar,berilgan kitoblar, harakatlanuvchi rasmli kitoblar, "gapiradigan" kitoblar, multimediya- kitoblar, gipermediya- kitoblar, intelektual kitoblar, polimediya kitoblar,telemediya- kitoblar va kibernetik kitoblar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Kitob turlari. Multimediya-kitoblar bitta tashuvchida (CD-ROM yoki magnit diskda) yozilgan va bir chiziqda tashkil etilgan, ya'ni zarur axborot izchil ravishda aks ettirilgan matn audio, statik tasvir va vedeodan foydalaniladi. Polimediya- kitoblarda, axborotni tadim etish uchun bir necha turli tashuvchilar ( CD-ROM, magnitli disk, qog‘oz va boshqalar) kombinatsiyalaridan foydalaniladi. Gipermediya - kitoblar, multimediya- kitoblar bilan ko‘p umumiylikka ega bo‘lsa-da, o‘zidagi axborotlarni notekis tashkil etilishi bilan farqlanadi, masalan,o‘quvchi "sichqoncha" yordamida asosiy materialni bir chetga qo‘yib,kontekst va foydalanilayotgan usul bo‘yicha atama va tushunchalar tizimiga tuzatishlar, sharhlar so‘rashi mumkin.Intelektual- kitoblar imtihon oluvchi kitoblarga yaqin va o‘quvchi qobiliyatlariga u bilan muloqot jarayonida jadal moslashishi mumkin. Telemediya - kitoblar masofadan turib o‘qiitadigan taqsimlovchi interfaol tizimni qo‘llab turuvchi telekomunikatsiya imkoniyatlaridan foydalanadi. Kibernetik -kitoblar matematik modellash vositalarini o‘zida saqlaydi va shu bois bayon etilgan hodisalar va ob'yektlarni har tomonlama o‘rganish hamda taqdim etish imkoniyatini o‘quvchiga tadim etadi.
Biz sizda oz bo‘lsa-da, elektron kitob tushunchasini shakllantirish maqsadida eng oddiy usullardan foydalanishni lozim topdik. Buning uchun biz office tarkibidagi Power Point dasturini tanlab oldik. Ya'ni Power Point dasturidan foydalangan holda, elektron kitob tayyorlashdagi umumiy yondoshuvlarga to‘xtalib o‘tamiz. Power Point dasturi yuklangach, tegishli formatni tanlab olamiz va o‘z slaydimizni hosil qilamiz.Slaydga bo‘lg‘usi kitobning mundarijasini akslantirish imkonini beradigan ob'yektlarni joylashtirib chiqamiz.Mundarija elementlarining sahifalar soniga qarab, qo‘shimcha slaydlar yaratamiz. Har bir slaydni elektron kitobning sahifalari deb ataymiz hamda har bir sahifaga mos ravishda ob'yektlarni joylashtiamiz.Shu bilan birgalikda bezak ishlarini ham bajaramiz, ya'ni har bir sahifaning mazmunini yaratamiz. Yana har bir sahifada albatta mundarijaga qaytish ob'yektlarini ham joylashtiramiz.Ana shunday bosqichlardan so‘ng Power Pointda tayyorlangan sodda elektron kitobi tayyor bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |