Nima qildim yolg’izgina onamga deb
Bol totmadim alla aytgan so’zi kabi,
Vafodor yoq zor-intizor ko’zi kabi
Topolmadim bir mehribon o’zi kabi,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
Qator-qator uylar soldim, to’ylar qildim
Alvon-alvon kimlargadir gullar terdim,
Ulguraman hali vaqti bo’lar dedim,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
Omad so’rab olgan edim duosini
Topdim katta dunyolarning dunyosini
Ammo netay pushaymon dil nidosini
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
Jon bo’lmadim jondardlar tuyganida
Jigarimni dog’I bilan kuyganida
Ojiz qoldim ajal uni suyganida,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
Kechroq qolsam ilhaq bedor kutar edi,
Suv so’rasam darrov choylar tutar edi,
Goh koyinsam---ichlariga yutar edi,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
Mening g’amim mayus qildi ko’zlarini
Sochini oq, ajin bosdi yuzlarini,
Endi yig’lab, izlad qoldim izlarini,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
Achchiq- achchiq ko’z yosh aylar ho’l diydamni
Men o’zimga o’zim topdim shul sitamni,
Axir-axir sog’inaman volidamni
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
Onangiz gar bor bo’lsalar, mador bo’ling
G’animat deb xizmatida tayyor bo’ling,
Bobur kabi so’ng o’rtangmang, hushyor bo’ling,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
Onajonim allasi.
Elas-elas esimda, bolaligim pallasi
Ruhimga kuch beradi, onajonim allasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |