14-$.Qon va uning vazifasi
1.Ichki muhiti va uning tarkibiy qismlarini ularga mos keladigan tushunchalar bilan birga juftlab yozing: a-ichki muhit, b-
qon, d-limfa, e-to'qima suyuqligi; 1-tiniq,biroz sarg'ish suyqulik, limfa tomirlarida bo'ladi, 2-plazmada va hujayralardan
iborat,3-qon,limfa va to'qima suyuqligidan hosil bo'ladi,4-hujayralar orasidagi suyuqlikdan iborat.
A)a-3,b-1,d-2,e-4 B) a-4,b-2,d-1,e-3 C) a-1,b-2,d-3,e-4 D) a-3,b-2,d-1,e-4
2.Qon funksiyalari va ularga mos tushunchalarni juftlab yozing: a-transport,b-himoya,d-gumoral boshqarish,e-ichki muhit
doimiyligini saqlash; 1-leykotsitlar orqali amalga oshadi,2-sekretsiya bezlari sintezlaydigan faol moddalar orqali sodir
bo'ladi, 3-kislorod va oziq moddalarni to'qimalarga yetkazish,almashinuv mahsulotlarini chiqarish,4-ichki muhit osmotik
bosimi,suv va mineral moddalar miqdori,haroratning nisbiy doimiyligini saqlash.
A)a-3,b-2,d-1,e-4 B) a-3,b-1,d-2,e-4 C) a-4,b-1,d-2,e-3 D) a-1,b-3,d-2,e-4
3.Terminlar va ularga mos keladigan javoblarni juftlab yozing: a-gomeostaz, b-izotonik eritma,d-antitela,e-gipotonik
eritma; 1-0,9% li osh tuzi eritmasi, 2-ichki muhitning tarkibi, osmotik bosimi,fizik va kimyoviy xossalarning nisbiy
doimiyligi, 3-past konsentratsiyali eritma, 4-mikroblarni bir-biriga yopishtirib, eritib yuborish xususiyatiga ega bo'lgan
tanachalar.
A)a-1,b-2,d-4,e-3 B) a-3,b-1,d-4,e-2 C) a-2,b-1,d-4,e-3 D) a-4,b-1,d-2,e-3
4.Qon hujayralari toza suvda(a) .....................,tuzli suvda (b)......................qoladi?
A)a-yoriladi, b-bujmayib B)a-o'zgarmaydi,b-yoriladi C)a-yiriklashadi,b-kichrayib D)a,b-o'zgarmaydi
5.Qaysi shaklli elementlar limfa suyuqligi tarkibiga kirmaydi?
A)eritrotsitlar B)trombotsitlar C)limfotsitlar D) A va B javoblar to'g'ri
6.Qonning transport funksiyasini to'g'ri belgilang?
A)kislorodni o'pkadan to'qimalarga,karbonat angidridni to'qimalardan o'pkaga,oziq moddalarni ichakdanlardan
to'qimalarga,to'qimalarda hosil bo'lgan moddalar almashinuvi mahsulotlarini hazm qilish organlariga olib boradi
B)tashqi muhitdan suv orqali kiradigan mineral moddalar ham qon orqali to'qima va organlarga yetkazib beradi
C)sekretsiya bezlari sintezlaydigan biologik faol moddalar qon orqali to'qima va organlarga borib,organizmni gumoral
boshqaradi
D)A va B javoblar to'g'ri
7.Qon qaysi to'qimaga mansub?
A)tig'iz biriktiruvchi toq'ima B)suyuq biriktiruvchi to'qima C)g'ovak biriktiruvchi to'qima D) t.j.yo'q
8.Organizm ichki muhitini nima(lar) hosil qiladi?
A)to'qima suyuqligi B)qon C)limfa suyuqligi D)hamma javoblar to'g'ri
9.Quyidagilar orasidan qaysi biri hujayralar orasidagi suyuqlikdan iborat?
A)to'qima suyuqligi B)qon C)limfa suyuqligi D)hamma javoblar to'g'ri
10.Izotonik eritma deb qanday eritmaga aytiladi?
A)0,9% li osh tuzi eritmasiga B)0,9% dan past konsentratsiyali C)0,9% dan yuqori konsentratsiyali D)t.j.yo'q
11.Qonning himoya funksiyasi qaysi shaklli element bilan bog'liq?
A)eritrotsitlar B)trombotsitlar C)A va B javoblar D)leykotsitlar
12.Moddalar faqat suvda erigan holda ............................membranasidan o'tishi mumkin?
A)yadro B)hujayra C)eritrotsit D)organlar
13.Qonning transport funksiyasini tushuntiring?
14.Qonning boshqarish funksiyasini tushuntiring?
https://t.me/Yazdanov_biologiya
16
15.Qonning himoya funksiyasini tushuntiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |