«Ustiga kitob ortilgan eshak,
Na olim va na donodir beshak».
«Boshqalar moliga ko‘ngil qo‘ymagil,
So‘ngra ko‘ngil uzmoq juda ham mushkul».
A) Ahmad Yassaviy B) Sa’diy Sheroziy#
C) Lutfiy D) Alisher Navoiy
52. O‘nlab nasriy, she’riy asarlarning muallifi; qadimgi Yunoniston, Hindiston, Ukraina va Rossiya adabiyotining mashhur namoyandalari asarlarining tarjimoni; bir nechta sahna asarlarini yaratib, o‘zbek teatri ravnaqi uchun ham ko‘p xizmatlar qilgan atoqli o‘zbek yozuvchisi kim?
A) Usmon Nosir B) Hamza Hakimzoda Niyoziy
C) Mirtemir D) Asqad Muxtor#
53. «Maktab gulistoni» kitobining muallifi kim?
A) Furqat B) Avloniy# C) Behbudiy D) H.H. Niyoziy
54. Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida kimning tashabbusi bilan «Mziuri» – «Quyoshjon» bolalar bog‘i barpo etilgan?
A) Nodar Dumbadze# B) Ibroyim Yusupov
C) Rasul Hamzatov D) Antuan de Sent-Ekzyuperi
55. O‘zbek adabiyotida sayohatnoma janrining shakllanishi va takomilga erishuvida qaysi shoirimizning xizmati katta?
A) Bobur B) Navoiy C) Muqimiy# D) Furqat
56. Qaysi shoirning lirik qahramoni ko‘pchilik oddiy odamlar singari yetishish mumkin bo‘lgan orzular ko‘yida yurgan odam emas, uning talpingan manzili «murodga qasd qilib yugurish»ni talab qiladi?
A) Usmon Nosir# B) Mirtemir
C) Muhammad Yusuf D) Asqad Muxtor
57. Quyidagi misralar muallifini aniqlang.
Ey, oy yuzung olida quyosh sharmanda,
Shirin so‘z-u yaxshi xulqungga men banda,
Hijronda necha noma bila so‘zlashaling,
Yo sen beri kel, yo men borayin anda.
A) Navoiy B) Bobur # C) Mashrab D) Sa’diy Sheroziy
58. «Hatto bu vatan hissi-tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayirilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx bo‘lub, har vaqt dilining bir go‘shasida o‘z vatanining muhabbati turar» misralari muallifi kim?
A) Ozod Sharafiddinov B) Abdulla Avloniy#
C) O‘tkir Hoshimov D) Usmon Nosir
59. «Hamshaharlarim» she’riy to‘plami muallifi kim?
A) Mirtemir B) Erkin Vohidov
C) Asqad Muxtor # D) Hamid Olimjon
60. Tursunov qaysi ijodkorning familiyasi?
A) Shuhrat B) Mirmuhsin C) Oybek D) Mirtemir#
61. «Tuyg‘ular» to‘plami muallifi kim?
A) Usmon Nosir B) Mirtemir C) Oybek# D) Zulfiya
62. Birinchi teatrni tashkil qilgan ijodkor kim?
A) Mahmudxo‘ja Behbudiy B) Abdulla Avloniy#
C) Hamza Hakimzoda Niyoziy D) Ismoilbek Gasprinskiy
63. Quyidagi parcha muallifi kim?
«Bir tomonda tilovat sadosi, bir tomonda alla Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad etmas, ikkalasi qo‘shilib, bahor nafasiga to‘lgan osmonda qabriston yo‘lkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi: «Rabbano-o, rabbano-o-o...» «Alla-yo alla...».
A) Abdulla Oripov B) Asqad Muxtor
C) Oybek D) O‘tkir Hoshimov#
64. «Shu’lalar qo‘ynida» nomli ilk she’riy to‘plam muallifi kim?
A) Erkin Vohidov B) Hamid Olimjon
C) Usmon Nosir D) Mirtemir#
65. Musofirlikning, hatto asirlikning azoblarini ko‘rgan ijodkorni toping.
A) Mashrab B) Muqimiy C) Sa’diy Sheroziy# D) Gulxaniy
66. «Inson sadoqati» asarining muallifi va janrini toping.
A) Oybek, hikoya B) Asqad Muxtor, roman
C) Said Ahmad, qissa D) O‘tkir Hoshimov, drama#
67. «To‘ylar muborak» dramasining muallifi kim?
A) O‘tkir Hoshimov # B) Said Ahmad
C) Asqad Muxtor D) Oybek
68. Quyidagi she’r muallifini toping.
Bizning qishloq tog‘ bag‘rida,
Tog‘ bag‘rida – bog‘ bag‘rida.
Etagida chopqillar soy,
Do'stlaringiz bilan baham: |