Telefon raqam: +99890-785-75-57


Raqamli texnologiyalar va xatarlar



Download 60,38 Kb.
bet7/9
Sana02.02.2022
Hajmi60,38 Kb.
#424935
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maqola uchun Ru

Raqamli texnologiyalar va xatarlar.
Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri – bu davlatdir. U raqamli iqtisodiyotning asosiy buyurtmachisi va iste’molchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar uchun 9 mlrd dollar atrofida mablag’ sarflagan. Bozor kapitalizatsiyasi 210 mlrd dollardan ziyod bo’lgan Alibaba internet resursi ushbu sarmoyalarning to’g’ri yo’naltirilganini isbotladi.
Raqamlashtirishdan maksimal foyda olishni istagan davlat, zaruriy yuqori texnologik maxsulotlarning bozorini yaratishi va uni qo’llab-quvvatlashi lozimdir. Shu bilan birga, parallel tarzda davlat boshqaruvi, muhim sohalar va korxonalar uchun xususiy ilovalarni rivojlantirgan holda, elektron iqtisodiyotning asosiy platformalarini nazorat qiluvchi instrumentlarni o’z izmida saqlab qolish ham muhim hisoblanadi.
Xususan, Yaponiya texnologiyalarni xarid qilgan bo’lsa-da, ushbu yo’nalishda o’zining ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini yaratolmagani va texnik ishlanmalar darajasini muttasil yuqori holatda tutolmagani tufayli, raqamli iqtisodiyotdagi yetakchi pozitsiyalarni qo’ldan boy berdi.
Janubiy Koreya esa elektron hukumat va elektron vositachilikka (elektron tijorat faoliyati va davlat tender xaridlarini o’tkazish uchun) milliy budjetning 1 foiziga teng miqdorda sarmoya kiritib, har yili 10-15 milliard dollar hosil qilmoqda va xarajatlarni 30-40 baravar qoplaydigan daromad olmoqda. Jumladan, davlat va xususiy sektorda call-markazlarni tashkil qilish, mobil ilovalarni yaratish va davlatga tegishli internet-platformalarni reinjiniring qilish orqali mana shunday natijaga erishildi.
Davlat boshqaruvidagi axborot tizimlari bilan ishlaydigan kadrlarni tayyorlash ushbu sohaning muhim yo’nalishlaridan bo’lib qolmoqda. Misol uchun, o’tgan asrning 70-yillarida Belgiyada davlat organlari xodimlarini o’qitadigan va ular uchun bevosita ish o’rinlarida tizimlarni sozlaydigan mutaxassislarning maxsus mobil guruhlari (jumladan ixtisoslik o’quv yurtlaridagi o’qituvchilar va talabalar ham jalb etilgan holda) tashkil qilinadi.
Raqamli sohaning yana bir nozik jihati shundaki, murakkab raqamli tizimlarni ishlab chiqish va ularni amalda qo’llash jiddiy va mufassal yondashuvni talab qiladi. Sizga noodatiy tuyulishi mumkin, biroq ko’pincha dasturlash (o’zicha) aslida yetarli darajada texnologik hodisa emasdir. Binobarin, sizning vazifalaringizni hal qiluvchi dasturchi ko’p jihatlarda vazifani qanday anglashiga qarab harakat qiladi. Aksariyat axamiyatli yechimlar bu jarayonda izohsiz qoldiriladi, chunki har qaysi taraf ularni o’z-o’zidan tushunarli deb hisoblaydi.
Dasturlarga aloqador yondosh hujjatlar ba’zan pala-partish tuziladi. Natijada mahsulot bilan ishlash jarayonida buyurtmachi o’zi buyurtma bergan va yaratilishi uchun pul to’lagan ishlanma ustidan nazoratni qo’ldan chiqaradi. Bunda axborotlashtirish loyihalariga ajratiladigan budjetda garchi g’oyatda muhim bo’lishiga qaramay xizmat ko’rsatishga doir xarajatlar ko’zda tutilmaydi.
Raqamli iqtisodiyot butun dunyoni qamrab olishi tufayli, axborotlashtirish va raqamlashtirishga oid har qanday davlat loyihasi kompleks ravishda hamda yagona kodlash tizimi, iqtisodiy va boshqaruvga aloqador axborotni aniqlash asosida o’rganilishi lozim.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi eng muhim jihat va bir vaqtning o’zida eng murakkab bosqich – bu ishbilarmonlik muhitini soddalashtirish hamda odamlar va biznesning davlat bilan muloqotiga sarflanajak xarajatlarni maksimal qisqartirishdir.
Shundan keyin tomonlarning davlat va xususiy sektor doirasida tashkilotlararo (multiagent) muloqotni yo’lga qo’yish talab etiladi.
«Bittadan-bittaga» va «bittadan-ko’pga» muloqot formulasidan «ko’pdan-ko’pga» formulasiga o’tiladigan raqamli iqtisodiyot platformalari ushbu jarayonning eng muhim bo’lagi hisoblanadi. Ushbu sohadagi siljishlar davlat ko’magida kichik va o’rta biznesga mos keladigan konsalting va texnik tashkilotlarni rivojlantirish orqali, iqtisodiyotning real sektoridagi vaziyatni avtomatik tarzda keskin o’zgartiradi (va mazkur sohalarda tuzilmaviy islohotlarga turtki beradi) va innovatsion iqtisodiyot uchun shart-sharoit yaratishga yordam beradi.4
Elektron hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash O’zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o’rin olgan. Bu, birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-bosqich ravishda elektron shaklga o’tkazish vazifalariga tegishlidir.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor vazifa sifatida ham ko’rsatilgan edi. Bu borada “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan, 2020-2021 yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro’yxati, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi, 2020 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish bo’yicha loyihalar ro’yxati, 2021- 2023 yillarda istiqbolli axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro’yxati tasdiqlandi.
Dasturning asosiy vazifasi etib shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha ob’ektlari, ishlab chiqarish, yo’l transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish belgilandi.5
Raqamli Toshkent” konsepsiyasi “Xavfsiz shahar” yirik loyihasi bilan bevosita bog’liq. Mazkur loyihani 2019–2023 yillarda respublikamizning barcha hududida bosqichma-bosqich joriy etish zarurligi belgilangan. Birinchi bosqichda Toshkent shahrida loyihaning yagona texnologik platformasini yaratish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari “Raqamli O’zbekiston–2030” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo’lib, u o’z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan. Bunday yirik loyihani amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining to’liq hamda kompleks o’zgarishiga, raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi.6
Shu yil 28 aprel kuni Prezidentimizning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, 2023 yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravar va ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish hamda ularning eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, 2020–2022 yillarda elektron hukumat, telekommunikatsiyalar, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo’jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo’yicha 268 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Mazkur vazifalarning bajarilishi yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Mamlakatimiz uchun dolzarb sohalardan biri bo’lgan qishloq xo’jaligini raqamlashtirish jarayoni qanday kechmoqda?
— O’zbekistonda rivojlanish uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan sohalarda raqamli texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu ro’yxatda agrar soha muhim o’rin tutadi. Shu bois, tarmoqlarni yangi bosqichga chiqarishga xizmat qiluvchi 24 ta loyihani ro’yobga chiqarish mo’ljallanyapti. Aytish kerakki, qishloq va suv xo’jaligi tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo’yicha muammolar, tezkor hal etish zarur bo’lgan masalalar oz emas. Axborot texnologiyalari qishloq xo’jaligida yerni hisobga olish va monitoring qilishda juda qo’l keladi. Masalan, yerni kosmik zondlash orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni, yerning meliorativ holati va minerallashuv miqdorini o’rganish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25–30 foizgacha oshirish imkonini beradi.
Andijon viloyatidagi qishloq xo’jaligi yerlari hamda ularda yetishtiriladigan ekinlar holatini tezkor va aniq baholash maqsadida sun’iy yo’ldosh ma’lumotlaridan foydalanish bo’yicha tajriba (pilot) loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida viloyatdagi oltita maydon tanlab olinib, vektor formatida “Monterra” onlayn platformasiga joylashtiriladi. Shuningdek, yer egalariga sun’iy yo’ldosh texnologiyalari yordamida ekinlar holati bo’yicha tegishli xulosalar beriladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Andijon texnoparki huzurida yangi rezident tashkil etiladi. Yetti nafar malakali dasturchining qishloq xo’jaligi bo’yicha malakasi oshiriladi.
Tashkil etilgan korxona tomonidan viloyatdagi barcha ekin maydonlarining tahliliy ma’lumotlari shakllantirilib, yer egalariga taqdim etiladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida chet davlatlarning yer maydonlari haqidagi tegishli xulosalarini shakllantirgan holda ushbu xizmat eksportini amalga oshirish imkoniyati tug’iladi.
—Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izchil rivojlanishining muhim omillaridan biri ham bozor ishtirokchilariga munosib sharoitlar yaratib berishdir. Hozirgi kunda AKT sohasi tadbirkorlari uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan degan savolni berishimiz mumkin?
— Bugungi kunda soha mutaxassislariga sharoit yaratish, IT tadbirkorlikni, ayniqsa, AKT sohasida startap loyihalarni rivojlantirish bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki barpo etildi. Ayni paytda to’rt ming nafar mutaxassis faoliyat yuritayotgan 392 ta tashkilot IT-parkning rezidentlari hisoblanadi.
Mazkur parkda zarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markazi hamda ofis maydonlari mavjud. Texnopark rezidentlariga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko’rsatiladi. Yana bir muhim jihat shundaki, rezidentlar uchun moliyaviy imtiyozlar ham belgilangan.
Bunday muvaffaqiyatli tajriba yurtimizning boshqa hududlarida ham texnoparklarni ochishga turtki bo’ldi. 2020–2024 yillarda mamlakatimizning 14 ta hududida, birinchi navbatda, Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida, shu jumladan, Toshkent shahridagi al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab huzurida IT-park tashkil qilinadi. IT-parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo’yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo’shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo’yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.
Andijon (“Digital city” texnoparki), Farg’ona (IT-park Marg’ilon filiali) Sirdaryo (IT-park Guliston filiali) viloyatlarida foydalanishga topshirilib, Andijon filialida 10 ta rezident va Marg’ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda. Shulardan biri 30 iyun kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Guliston filiali ochildi. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanmoqda. Texnopark rezidentlari tomonidan joriy etilishi mumkin bo’lgan faoliyat turlarini kengaytirish, raqamli ta’lim markazlarini hududlarda keng tashkil etish, texnopark rezidentlarini jalb qilish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini tatbiq qilish shular jumlasiga kiradi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mahaliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar sonini ko’paytirish va qo’llab-quvvatlash maqsadida davlat idoralariga qiymati 1 milliard so’mgacha bo’lgan shartnomalarni IT-park rezidentlari o’rtasida tanlov asosida imzolash huquqi berilgani iste’dodli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, ularni yangi-yangi g’oyalarga ruhlantiradi.
—Raqamli texnologiyalar aholi uchun qanday afzalliklarga ega? Fuqarolar uchun qulay onlayn davlat xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha qanday dolzarb vazifalarni bajarish zarur?
— Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi (https://my.gov.uz). Bugungi kunda Yagona portal orqali 176 tadan ortiq elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda.
Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet el investorlari murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to’g’ridan-to’g’ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro’yobga chiqarish va muammoli masalalarini hal etish maqsadida Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish virtual qabulxonasibusiness.gov.uz” portali ishga tushirildi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko’rib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish uchun, shu jumladan bir vaqtning o’zida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini o’tkazish va tezkor jo’natish uchun vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejash maqsadida yagona elektron tizimi “project.gov.uz” joriy etildi.
Bundan tashqari, Avtomobil transportida yo’lovchilarni va yuklarni tashish xizmati uchun litsenziyag berish, Abituriyentlardan hujjatlarni onlayn qabul qilish, Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasi va o’qish joyidan ma’lumotnoma olish xizmatlari ham yaratildi.
Hukumat organlari va aholi o’rtasida samarali qayta muloqot tizimi o’rnatilishi eng yorqin misollaridan biri sifatida ishga tushgan “Mening fikrim” Jamoaviy murojaatlar portalini ko’rsatish mumkin. Hozirgi kunda mazkur veb-portalga 3,6 mingdan ortiq murojaatnoma kelib tushdi, 25,2 mingdan ortiq taklif va izohlar chop etildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 26 ta yangi xizmatlar ishga tushirilib, umumiy xizmatlar soni 200 tadan oshadi. Yil boshidan beri 1,4 mln. ta elektron xizmatlar ko’rsatilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga oshgan.
Shu bilan birga, yil yakuniga qadar Yagona portalda joriy qilinadigan 50 ta ommabop davlat xizmatlari ro’yxati tasdiqlandi.
Ularga to’htalib o’tadigan bo’lsak, shifokor qabuliga onlayn yozilish, yangi tug’ilgan go’dakni poliklinikaga elektron ro’yxatga qo’yish, ko’chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish, arxitektura-rejalashtirish topshirig’ini olish, kadastr pasportini ro’yxatdan o’tkazish, nafaqa olish uchun murojaat yuborish, ipoteka kreditlari bo’yicha davlat subsidiyasini olish, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro’yxatga olish, ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi va boshqa xizmatlar joriy qilinadi.
Elektron hukumatning idoralararo platformasida davlat organlarining 90 ga yaqin axborot tizimlari va resurslarining o’zaro elektron hamkorligini ta’minlash yo’lga qo’yilib, 160 mln.dan ortiq so’rovlarga onlayn shaklda ma’lumotlar berilgan.
Davlatimiz rahbari huzurida shu yil 8 iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo’yicha o’tkazilgan taqdimotda eng zarur bo’lgan davlat xizmatlarini tezkor ravishda elektron shaklga o’tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “Elektron hukumat” xizmatlariga talab kundan kunga ortmoqda. Lekin hozir 780 turdagi davlat xizmatidan bor-yo’g’i 185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish imkoni mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanmoqda. Bu borada elektron hukumatni yanada rivojlantirish, fuqarolar uchun zamonaviy qulay davlat xizmatlarni ko’rsatish alohida ahamiyatga ega. Bu jarayonni jadallashtirish maqsadida eng muhim yo’nalish va dolzarb masalalarni qamrab olgan 104 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Masalan, sog’liqni saqlash tizimida “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimining joriy etilishi yurtimiz fuqarolari to’g’risida yagona tibbiy ma’lumotlar bazasini shakllantirishga, aholining salomatligi monitoringini o’tkazishda yordam beradi.
Elektron retsept” axborot tizimi esa bemorlarning medikamentoz vositalar bilan samarali va xavfsiz davolanishini tashkil etish, shifokorlarning elektron reyestrini shakllantirishga yo’naltirilgan loyihadir. Bu esa, o’z navbatida, tibbiy vositalarni nazorat qilish va monitoring olib borish tizimini takomillashtirishga ko’mak beradi.
Tibbiyot muassasalarida zamonaviy kompyuterlashtirilgan tizimni yaratish orqali tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlarini joriy etish ham ko’zda tutilgan.7
Hozirgi davrda sivilizatsiya rivojlanishining bosh tendensiyalaridan biri — shaharlarda istiqomat qiluvchi aholining ko’payishi va shahar asosiy iqtisodiy drayverlarga aylanib kelishi. Tabbiyki, shu nuqtai nazardan shaharlarda istiqomat qiluchi aholi uchun zarur bo’lgan sharoitlar yaratilishi muhim vazifadir. Va shu tarzda raqamli texnologiyalar katta ko’mak beradi.
Raqamli texnologiyalar shaharlarni boshqarish tizimini yangi bosqichga ko’taradi: nafaqat vaqt va mablag’larni keskin sarflaydi, shu bilan birga keng aholini jamg’arishga imkon yaratadi. So’nggi yillarda dunyoda “Raqamli shahar” konsepsiyasi ommalashmoqda — o’ta zamonaviy, yangi qiyofaga ega shahar. Agarda biz ham shaharlarimizni zamonaviy tendensiyalarga mos rivojlantirmoqchi bo’lsak, aholi va mehmonlarimiz uchun qulay shart-sharoit yaratmoqchi bo’lsak, mazkur masala biz uchun dolzarb ahamiyatga ega.

Download 60,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish