Tektonik plitalar qit'alar va okeanlar Plitalar bir-biriga nisbatan uchta yo'nalishda harakati



Download 35,22 Kb.
bet3/5
Sana30.05.2022
Hajmi35,22 Kb.
#619925
1   2   3   4   5
Bog'liq
Plitalar tektonikasi

Plitalar tektonikasi
Sirti qattiq bo‘lgan sayyoralar o‘z tadrijiy rivojlanish yo‘nalishi mobaynida qattiq qizish jarayonini boshdan kechiradi. Gaz-chang buluti nazariyasiga ko‘ra, qattiq sayyoralarning qizish davridagi issiqlik energiyasining asosiy qismi ularning sirtiga turli kosmik jismlarning katta tezlikda kelib urilishi evaziga hosil qilinadi. Bunda sayyora sirtiga kelib uriluvchi kosmik jismlarning qulash tezligi shu darajada katta bo‘ladiki (soniyasiga bir necha kilometr), kelib urilgan obyektning barcha kinetik energiyasi bir zumda issiqlik energiyasiga aylanib ketadi. Chunki bunda, harakat tezligi to‘qnashuv paytida bir lahzaning o‘zida keskin ravishda, nolgacha tushib ketadi. Bunday ulkan miqdordagi issiqlik energiyasi Quyosh tizimining barcha ichki sayyoralari - Merkuriy, Venera, Yer va Mars uchun to‘liq yoki, qisman parchalanib ketishga yetarli bo‘lmagan bo‘lsa-da, biroq, qattiq qizib, nisbatan yumshoq holga kelishi uchun kifoya qilgan. Qattiq qizish jarayonida esa, sayyora tarkibini hosil qilgan moddalarning nisbatan zichligi katta va og‘irroqlari sayyora markaziga cho‘kib borib yadro hosil qilgan bo‘lsa, zichligi kamroq va yengilroq moddalardan iborat jinslar esa, aksincha, yuzaga qalqib chiqibqobiq qatlam hosil qilgan. Qattiq sayyoralarning barchasi o‘z tarixida ushbu jarayonni boshdan kechirgan bo‘lib, ilm-fanda magma differensiatsiyasi deb nomlanuvchi mazkur jarayon orqali Yer sayyorasining ichki tuzilishi ham tushuntiriladi.
Kosmik jismlarning kelib urilishidan hosil bo‘lgan issiqlik miqdorini kichik sayyoralar o‘zida uzoq tutib tura olmagan. Merkuriy va Marsda, shuningdek Oyda ushbu issiqlik energiyasi vaqt o‘tishi bilan asta-sekinlikda koinotga tarqab ketgan. Keyinchalik ushbu sayyoralar yana qattiq holga kelib, keyingi milliardlab yillar davomida o‘ta past geologik faollikni namoyon qilgan. Yer va Veneraning rivojlanishi esa boshqacharoq kechgan. Ichki sayyoralar ichida eng kattasi Yerdir. Yer, shuningdek Venera ham o‘sha issiqlik energiyasining juda katta zaxirasini o‘zida saqlab qolgan. Sayyora qanchalik katta bo‘lsa, uning sirtining hajmiga bo‘lgan nisbati shunchalik kichik bo‘ladi va natijada, sirtdan tarqalib ketadigan energiya miqdori ham shunga mutanosib kam bo‘ladi. Shunga ko‘ra, Yer boshqa sayyoralarga qaraganda sekinroq sovigan va issiqlik energiyasini kamroq yo‘qotgan.
Bundan tashqari, Yer ichki qatlamlari shakllanish bosqichida unda yig‘ilib qolgan radioaktiv elementlarning parchalanish jarayoni jadal davom etgan. Bu jarayon ham sayyoramizning ichki issiqlik energiyasini yanada ortishiga xizmat qilgan. Shu tarzda, uzoq o‘tmishda Yer sharsimon ulkan pechga aylangan. Hozirda ham ona sayyoramizni shunday tasavvur qilish mumkin. Yer ichkarisida uzluksiz ravishda issiqlik hosil bo‘lib turadi va u sirtga chiqib, koinotga tarqalib turadi. Yer yadrosi va qobig‘i oralig‘ida mantiya qatlami joylashgan bo‘lib, ushbu qatlam Yer sirtidan ba'zi joylarda 10 km, ba'zi joylarda esa 2900 km pastda joylashadi. Yadrodan ajralib chiqayotgan issiqlik mantiya orqali o‘tib uning harakatlanib turishini ta'minlaydi. Mantiyaning eng chuqur qatlamlaridan, ya'ni, yadroga yaqin joylashgan qismlaridan ulkan haroratli qaynoq modda yuqoriga ko‘tariladi. Ushbu qaynoq modda mantiya sirtiga, Yer qobig‘iga yaqinlashgan sayin sovib, og‘irlashadi va yana asta sekinlik bilan pastga cho‘kib, yana qizigan qaynoq moddalar bilan aralashadi. Shu tarzda, konvektiv yacheyka deb nomlanuvchi jarayon uzluksiz sodir bo‘lib turadi.
Soddaroq tasavvur qilish uchun mantiya jinslari xuddi qaynayotgan choynakda choy varaqlab qaynab turganidek bilqillab qaynab turishini ko‘z oldingizga keltirishingiz mumkin. har ikkala holatda ham, ya'ni, choynakda suv qaynashida ham, mantiyaning qizishida ham issiqlik konveksiya jarayoni orqali tashiladi va uzatiladi. Geologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, Yer mantiyasida konvektiv jarayon to‘liq yakun topishi uchun bir necha million yillar kerak bo‘ladi. Ya'ni, million yillar mobaynida mantiya yadro issiqligini yuzaga tashib chiqarib, sirtga va sirt orqali ochiq koinotga taratib tugatadi. Million yil - odam hayotiga nisbatan taqqoslaganda juda katta vaqtdir. Biroq, ayrim moddalarning vaqt o‘tishi bilan deformatsiyalanishini olimlar allaqachon qayd etishgan. Chunonchi, o‘rta asrlarda barpo qilingan ko‘plab qasrlar va qo‘rg‘onlarning shisha oynalarining pastki qismi yuqorisiga nisbatan qalinroq bo‘lib qolgan. Chunki, shisha Yer tortish kuchi ta'sirida juda sekinlik bilan pastga to‘planib, yig‘ilib, qalinlashib borgan. Agar bir necha yuz yillik mobaynida qattiq shisha bilan shunday hol yuz berganini ko‘rsak, demak, millionlab yillar mobaynida mantiya jinslari bilan ham shunga o‘xshash jarayon yuz berishini taxmin qilish mumkin.
Yer mantiyasining konvektiv yacheykalarining sirtida Yer qobig‘ini tashkil qiluvchi sayyoramiz sirtining qattiq qatlami suzib yuradi. Ushbu qatlamlarni ilm-fanda tektonik plitalar deb yuritiladi. Tektonik plitalar asosan bazaltdan iborat bo‘ladi. Tektonik plitalarning qalinligi 10-120 km atrofida bo‘lib, qisman erigan mantiya ustida suzib-harakatlanib turadi. Granit singari nisbatan yengil jinslardan tashkil topgan materiklar tektonik plitalarning eng yuqori yuza qatlamini tashkil qiladi. Aksariyat hollarda, materiklar ostidagi plitalarning qalinligi, okeanlar ostidagi plitalar qalinligidan kattaroq bo‘ladi. Yer ichkarisida muttasil sodir bo‘lib turuvchi murakkab jarayonlar ta'sirida tektonik plitalar o‘z joyidan ko‘chib, siljib, qo‘zg‘alib turadi. Ushbu siljishlar natijasida tektonik plitalardan birining ikkinchisi bilan to‘qnashuvi, yoki, o‘zaro ishqalanishi sodir bo‘ladi. Bu jarayon tufayli yangi plitalar hosil bo‘lishi va eskizlari yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Tektonik plitalarning ayni shu uzluksiz harakati tufayli, Yer sayyorasi sirti doimiy dinamika namoyon qilib, muttasil o‘zgarishlarga yuz tutib boradi.
Shu o‘rinda, "plita" va "materik" tushunchalari bir narsa emas, balki, mohiyatan boshqa-boshqa tushunchalar ekanini anglab olish lozim. Masalam, Shimoliy Amerika tektonik plitasi Atlantika okeani o‘rtalaridan boshlanib, Shimoliy Amerika qit'asining shimoliy-g‘arbiy qirg‘oqlarida tugaydi. Ushbu plitaning ma'lum qismi Atlantika okeani tubida, ya'ni, suv bilan qoplangan bo‘lsa, qolgan qismini Shimoliy Amerika qit'asidan iborat quruqlik tashkil qiladi. Turkiya va Yaqin Sharq mintaqasi joylashgan Onado‘li (Anatoliya) plitasi to‘liq quruqlik ostida joylashgandir. Tinch okeani plitasi esa, to‘laligicha okean ostida joylashgan. Ya'ni, tektonik plitalarning chegaralari va materiklarning qirg‘oqlari har doim ham mos tushavermaydi. Aytgancha, "Tektonika" so‘zining o‘zi yunon tilidagi "tekton", ya'ni, "quruvchi" ma'nosini anglatadi. Ushbu so‘z qurilish bilan bog‘liq yana bir atama - "arxitektor" so‘zi bilan o‘zakdoshdir. Ya'ni, tektonika, materiklarning hosil bo‘lishi va tartiblanishini, qisqa qilib aytganda, global miqyosda yer sirtining shakllanishini (qurilishini) nazarda tutadi.
Plitalar tektonikasi ikkita plita o‘zaro chegaralanadigan hududlarda yaqqol sezish va o‘rganish mumkin. Plitalar chegarasi esa uch xil bo‘ladi.

Download 35,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish