e-qaror.gov.uz
17.01.2022
3
oyidagiga nisbatan 77 taga, kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar 108
taga, kommunal xizmat ko‘rsatish shartnomalari yuzasidan kelib chiqqan nizolar 9
taga, pudrat shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar 7 taga kamayganligini
kuzatish mumkin.
Ishlarni ko‘rish jarayonida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan
aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma
majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini
kuchaytirish to‘g‘risida” 1998-yil 4-martdagi PF-1938-sonli, “Tadbirkorlik
sub’ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-sonli Farmonlari va
boshqa qonun hujjatlariga asosan 2021-yilning 9 oyi davomida jami 60
ta (jami
ko‘rilgan ishlarning 2,9 %) ta’sir choralari qo‘llanilgan. Xususan, 4 ta ma’muriy
javobgarlikka tortish to‘g‘risida, 5 ta intizomiy jazo chorasi qo‘llash haqida, 4 ta
moddiy javobgarlikka tortish haqidagi xususiy ajrimlar hamda
qonunbuzarliklarning oldini olish yuzasidan 47 ta xususiy ajrimlar chiqarilgan.
Sudya va sud xodimlari tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida ommaviy
axborot vositalarida jami 148 ta
,
shu jumladan televidenieda 12 ta
,
radioda 5 ta,
gazetalarda 19 ta, jurnallarda 1 ta, veb-sayt, boshqa axborot vositalari va turli
korxona, tashkilotlarda hamda tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida 50 ta chiqishlar
qilingan.
2021-yilning 9 oyi davomida Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudi
tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining 35 tasi (2020-yilning mos davrida 10
ta)
apellyatsiya instansiyasida sudlov hay’ati tomonidan qayta ko‘rilib, ularning 5
tasi bekor qilingan, 1 tasi o‘zgartirilgan, ya’ni jami ko‘rilgan ishlar bo‘yicha qabul
qilingan sud hujjatlarining 0,2 %
apellyatsiya instansiyasida bekor qilingan
hamda o‘zgartirilgan.
Kun tartibidagi masala yuzasidan axborotni eshitib va muhokama qilib,
bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, xalq deputatlari Sherobod tumani
Kengashi
QAROR QILADI:
1. Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudi raisi A.Mamaraimovning sudning
fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud
Do'stlaringiz bilan baham: |