vilot va shahar
hokimi oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi
oldida hisobdordir
.
4. Shahar hokimining o‘rinbosari tegishlicha shahar hokimiga bo‘ysunadi.
Shahar hokimi o‘rinbosarining o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda
hududni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarini hal qilish bo‘yicha faoliyati
viloyat
hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi
.
5. Shahar hokimi o‘rinbosarining faolyati natijadorligi
ushbu nizomga
ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlar asosida belgilangan
tartibda baholanadi
.
e-qaror.gov.uz
23.05.2022
67
6. Viloyat hokimining o‘rinbosariga shahar hokimining yoshlar siyosati,
ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ysunadi.
7. Shahar hokimining o‘rinbosari o‘z vakolati davrida ilmiy va pedagogik
faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi
mumkin emas.
2-bob. Shahar hokimining o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari,
vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar shahar hokimining o‘rinbosari faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari hisoblanadi:
hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish
, shuningdek,
iqtidorli va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni va yosh oilalarni
qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini
rivojlantirish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish,
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, o‘quvchilarning
ma’naviy-ahloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, tarbiyachilar,
o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va jamiyatda
ularning mavqeini ko‘tarish;
aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va aholining
reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash hamda hududda farmasevtika
sanoatini rivojlantirishni ta’minlash;
hududda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tizimli ravishda ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash va ularni reabilitatsiya qilishni ta’minlash;
aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri,
mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirishga, vatanparvarlik, xalqqa
muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga
qaratilgan
chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlash.
9. Quyidagilar shahar hokimi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek,
Do'stlaringiz bilan baham: |