Tekshirdim” O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari Berdinov N. X. “ ” 014 -yil “B sinf 2014 -yil “V sinf 2014 -yil Mavzu: Muqaddima Dars maqsadi


Darsda fodalaniladigan texnologiya



Download 0,55 Mb.
bet37/63
Sana29.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#76143
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
Bog'liq
5-sinf Botanika 01

Darsda fodalaniladigan texnologiya: An`anaviy ta`lim texnologiyasi, “Klaster” metodi.

Darsda foydalanilgan jihozlar: Tirik o`simliklar, gerbariylar, hayvon, zamburug`lar va tueli o`simliklar aks etgan jadvallar.

Dars vaqt taqsimoti rejasi:



Tashkiliy qism

5 daqiqa

Uyga vazifani tekshirish va o`tgan mavzuni mustahkamlash.

8-10 daqiqa

Yangi mavzuni yoritish.

10-15 daqiqa

O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

8-10 daqiqa

Darsni yakunlash va uygavazifa berish.

5 daqiqa


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

  2. O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o`simliklar tuzilishi, ahamiyati haqidagi bilimlarini faollashtirish.

  3. O`quvchilar faolliyatini yangi mavzuni o`rganishga tayyorlash.

  4. Yangi mavzuno o`rganish.

Dars uchun berilgan metod va ko`rgazmali qurollar hamda vositalar yordamida yangi mavzu yoritiladi.

O'simliklar poyasi ular qaysi sistematik birlikka kirishi (tuban va yuksak, bir va ikki urug'pallali) va qaysi hayotiy shaklda (bir yillik o% buta yoki daraxt) bo'lishiga qarab turlicha tuzilgan bo'ladi (38- rasm).

Daraxtlar tanasining tuzilishi bir yillik o't o'simliklar poyasining tuzilishidan tubdan farq qiladi. Daraxtlarning tanasi qanday qismlardan tuzilganligi-ni bilish uchun quyida tut da-raxtining yosh poyasi ichki tuzilishi bilan tanishamiz.

Poyaning yuzasi bir qavat hujayralardan tashkil topgan epiderma bilan qoplangan. Epi-derma ostida ko'p qavatli tirik hujayralardan hosil bo'lgan po'st parenximasi (asosiy to'qima) joylashgan.



Po'st ostidagi qavat lub — (flo-ema), undan ichkarida kambiy, kambiydan keyin esa yog'ochlik (ksilema), uning o'rtasida o'zak joylashgan (38- rasm).

Yozning ikkinchi yarmida tut poyasi po'stining sirtida qo'n-g'ir rangli yasmiqchalar hosil bo'ladi. Poya ichidagi tirik hujayralar ana shu yasmiq­chalar orqali nafas oladi.

Po'st asta- sekin po'kaklasha boradi va po'stloq hosil qiladi. Po'kak qalinlashgan sari po'stloqdagi tirik hujayralar kamaya boradi.

Tanada va eski shoxlarda po'stloq qavati qalin bo'ladi. Qalin po'stloq ichkaridagi tirik hujayralarni qishki sovuqdan, yozgi issiqdan va turli zararli kasalliklar ta'siridan himoya qiladi.

Tut novdasining po'stlog'i egiluvchan va pishiq bo ladi. Uning pishiqligi lub tolalariga bog'liq. Bu tolalar hamma o'simliklarda ham bir xil rivojlangan bo'lmaydi. Tut daraxtida lub tolalari juda ко'p.

Lub tolalari kanop, zig'ir poyasida yaxshi rivojlangan bo'lib, ulardan ip tayyorlanadi, arqon, qop, gazlama to'qishda foy-dalaniladi. Lub tolalari orasida teshikli to'siqlar bilan bo'lin-gan cho'ziq, ingichka naychalar bo'ladi. Ular elaksimon naychalar deyiladi. Bu naychalar orqali barglardan o'simlikning boshqa organlariga organik moddalar o'tadi. Po'stloq shilib olinsa, novdaning yog'ochlashgan oq rangli qismi qoladi. O'sim-liklarning yog'ochlashgan bu qismi ularning turiga qarab qattiq (qayrag'och, zarang, saksovul, yulg'un, yong'oq, eman, o'rik), yumshoq (tol, terak, jiyda), og'ir va yengil bo'ladi. Yog'ochi qattiq daraxtlardan mebel va boshqa uy- ro'zg'or buyumlari tayyorlashda foydalaniladi.

Yog'ochlik qavati shakli, o'lchami har xil bo'lgan hujay-r alar dan tashkil topgan. Yog'ochi ikda uzun naylar bo'lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o'simlikning barcha organlariga tarqaladi.

Novdadan ajratib olingan po'stloqning ichki silliq, nam va yopishqoq qismida hujayra shirasi (sitoplazma) bo'ladi. Po'stloq bilan yog'ochlik orasidagi yosh, nozik hujayralar kambiy qavatini hosil qiladi. Mikroskopda ko'rinadigan bu hujayralar doimo bo'linib (ko'payib) turadi. Poya ana shu hujayralar hisobiga eniga o'sadi. Agar yog'ochlik ko'ndalangiga kesib qaralsa, uning markaziy qismida joylashgan o'zakni ko'rish mumkin.

Ayrim daraxtlarning o'zagi bo'sh, yumshoq yoki chirigan bo'ladi. Ba'zan esa daraxt tanasining ichi kovak bo'lib qoladi. Yosh novdalaming o'zak hujayralari tirik bo'ladi. Ularda, odatda organik moddalar to'planadi.



Xulosa qilib aytganda, poya ichki tuzilishiga ko'ra po'st yoki po'kak, lub, kambiy, yog'ochlik va o'zakdan iborat.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  2. O`quvchilarni baholash.

  3. Uyga vazifa berish: Mavzuga oid savol topshiriqlarni bajaribkelish va mavzuni o`qib kelish.




5 “A” sinf

____ ____ 2014 - yil

Tekshirdim”

O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari

_______Berdinov N. X. “__” ____ 2014 -yil

5 “B sinf

____ ____ 2014 -yil

5 “V sinf

____ ____ 2014 -yil


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish