Tekshirdi: Umurzaqova A. O



Download 46,04 Kb.
bet2/4
Sana29.03.2022
Hajmi46,04 Kb.
#515676
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi

1.Tayyorgarlik bosqichi.
Bu davrda bank muassislari o‘rtasida bank tashkil etishga kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta’sis hujjatlari majmui tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, ta’sischilar o‘rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi, uning asosida ta’sis shartnomasi tuziladi (FKning 43-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari haqida»gi Qonunning 3-moddasi) aksiyadorlik tijorat banklarining muassislari bank davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo‘ladilar.
2. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi.
Bu bosqich uch davrni o‘z ichiga oladi:
Bank ochish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi xujjatlar ilova qilinishi kerak:
-yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha xujjat;
-muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi;
-muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi;
-bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi.
O‘ayd etib o‘tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi.
Bulardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: bank kengashi a’zolari ro‘yxati (kengash raisi, uning birinchi o‘rinbosari) ko‘rsatilgan holda ushbu shaxslarning Markaziy bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar, yangi tashkil etilayotgan bankning tashkiliy tuzilishi, ichki audit to‘g‘risidagi Nizomi, kredit siyosati to‘g‘risidagi Nizomi, biznes rejasi, ariza topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini tasdiqlovchi hujjat, tashkil etilayotgan joydagi Markaziy bank bosh boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasi, muayyan hududida bank tashkil etish mo‘ljallanayotganligi haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham topshirilishi lozim.
Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta’sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi.
Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi:
-tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi haqidagi qarori;
-norezident bankning O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi;
-bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va xususan, qaytarib berish sharti bilan o‘z mamlakatida pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqlovchi xat;
-bank nazorati organining muassis bankning o‘zi joylashgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma tasdiqnoma;
-muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun tuzilgan, auditorlik firmasi tasdiqlagan yillik hisobotlari, shu jumladan, foyda va zararlar haqidagi konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti;
-bank nazorati organi muassis bank tashkil etayotgan bankning ustav kapitalida ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki bunday ruxsatnoma muassis bank mansub bo‘lgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq talab etilmasligining yozma tasdig‘i.
Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa xorijiy shaxslar tomonidan sotib olinayotganda ham ushbu hujjat xorijiy shaxs tomonidan Markaziy bankka taqdim etilishi lozim bo‘ladi.
Bulardan tashqari, xorijiy muassislar O‘zbekiston Respublika- sida yangi tashkil etilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan banklarning ustav kapitalida ishtirok etgan taqdirda;
-xorijiy norezidentning to‘lovga qobiliyatliligi to‘g‘risida unga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan berilgan tasdiqnoma;
-O‘zbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etilishida ishtirok etish uchun mazkur mamlakat nazorat organining roziligi;
-muassis mansub mamlakatning savdo reestridan ko‘chirma yoki yuridik maqomini tasdiqlovchi boshqa muqobil hujjat.
Xorijiy kapital ishtirokidagi banklarda bank kengashining kamida bitta a’zosi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank tashkil etish uchun zarur bo‘lgan barcha zarur hujjatlarni talab qilishga haqli bo‘ladi. Taqdim etilgan hujjatlar Markaziy bank tomonidan ikki oy muddat ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
Markaziy bank bank faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun dastlabki ruxsatnoma berish masalasini hal etish jarayonida tashkil etilayotgan bank muassislarining moliyaviy imkoniyatlari va nufuziga, bank rahbarligiga taklif etilayotgan shaxslarning kasbiy mahoratiga, biznes va moliyaviy reja ko‘rsatkichlariga, tashkil etilayotgan bankning binolar va uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasiga ham e’tibor qaratadi.
Bankning ochilgunga qadar lokal tarmoq bilan ta’minlangan bo‘lishi «BOK» dasturiy ta’minotning tarmoq variantining Markaziy bank tomonidan litsenziyalanishi, bank hisob-kitoblar markazi bilan barqaror ishlaydigan alohida aloqa kanali bilan ta’minlanishi, kamida beshta kompyuterga, modemlarga, dasturiy ta’minot va texnikani ishlatish bo‘yicha ta’lim olgan mutaxassislarga ega bo‘lishi shart.
Muassislar bank tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnomani olganlaridan keyin litsenziya olish hamda bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-texnikaviy talablarni bajaradilar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan dastlabki ruxsatnoma bir yil davomida yuridik kuchga ega bo‘lib, muassislar ushbu vaqt ichida barcha tashkiliy - tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishlari va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni yakunlashlari lozim.
Tijorat banki aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilayotgan muassislardan biri yoki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar tomonidan bank aksiyalarining 5 foizdan ortig‘ini sotib olayotgani haqidagi xabar, agar bank aksiyalarining 20 foizidan ortig‘i sotib olinayotganida esa bunga rozilik berishni so‘rovchi iltimosnoma taqdim etilayotgan hujjatlar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshirishga litsenziya olish uchun muassislar oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-litsenziya berish va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risi- da vakolatlari muassislar tomonidan yozma ravishda tasdiqlangan vakil shaxs tomonidan imzolangan arizani taqdim etilishi;
-davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun berilgan barcha talablarni bajarish;
-barcha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirishlari, binolar va uskunalarni tayyorlashlari, bank operatsiyalarini avtomatik amalga oshirish maqsadida dasturiy-texnikaviy vosita- larni tayyorlashlari, kassa uzelini Markaziy bank talablariga muvofiq tayyor holga keltirishlari;
-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilan- gan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan miqdorda ustav kapitalini to‘lashlari va ustav kapitali to‘lanlanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari;
O‘zbekiston Respublikasi hududida sho‘‘ba banki ochishni yoki bank kapitalida ishtirok etishni xohlovchi chet el banki uchun ustav kapitalining oxirgi eng kam miqdori 500 mln. evro muqobil miqdorda belgilangan bo‘lib, faqat mustahkam moliyaviy mavqega ega bo‘lgan nufuzli norezident banklargina sho‘‘ba banklarini ochishlari mumkin. Bunda qisqa muddatli majburiyatlari IBCA Moody`s standart and Poor tasnifi bo‘yicha kamida A1 yoki A+reytingiga ega bo‘lgan norezident banklargagina afzallik beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari o‘z ustav kapitallarini norezident hisobidan ko‘paytirishlari yoki aksiyador- lar tomonidan aksiyalarning norezidentlarga sotilishi uchun belgi- langan tartibda Markaziy bankning oldindan roziligini olishlari shart. Ushbu talabga rioya etilmay tuzilgan bilimlar haqiqiy emas deb topiladi va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya bekor qilinadi.
3. Banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi
Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish masalasi Markaziy bank talab qilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida hal etilishi kerak.
Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi:
-bank biznes rejasining maqbulligi;
-bank kapitalining adekvatligi;
-daromadlikning kelgusidagi istiqbollari;
-ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ e’tibori;
-bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
-monopoliyaga qarshi choralar.
Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bank operatsiyalarini o‘tkazuvni amalga oshirishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankini tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi. Agar, bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat ko‘rsatsa, bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi.
Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat ro‘yxatidan o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi.
YUridik va jismoniy shaxslar tijorat bankini ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag‘lari, shuningdek kreditga olingan mablag‘lar va garovga olingan mablag‘lardan foydalanish man etiladi.
Bank ta’sischilari o‘z zimmasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, ustav kapitalini shakllantirish, material-texnik bazani yaratish, mijozlar ko‘lamini aniqlash, o‘tkaziladigan bank operatsiyalar turini aniqlash va boshqa qator masalalarni hal etishlari lozim.
Ta’sischilar ta’sis shartnomasi yoki aksioner jamiyatni tuzish shartnomasini rasmiylashtiradilar. Bu shartnomada bank boshqaruv shakli, ustav kapitalining taxminiy miqdori va ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalar ulushi aniqlanadi. SHartnomada tomonlar majburiyati, huquqlari va boshqalar aks ettiriladi.
Bankni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olish va litsenziyalash tegishli talablar amalga oshirilgandan keyin bir oy muddat ichida hal etiladi.
Banklarni mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etish mumkin. Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari sifatida ishtirok eta oladilar. Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida alohida ko‘rsatiladi. Bank muassislarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bank aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009 yil 15 avgustdagi 703-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi»ning 77 –bandiga ko‘ra, quyidagi holatda litsenziya berish va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaning rad etilishiga asos bo‘la oladi:
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi.
Quyidagilar bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
a) ta’sis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos kelmasligi;
b) bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi;
v) muassislar mablag‘lari manbalarining deklaratsiya qilinmaganligi (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslardan tashqari);
g) bank ro‘yxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav kapitalining shakllantirilmaganligi;
d) mazkur Nizomning IX bo‘limi talablariga muvofiq bank binolari muhofazasining ta’minlanmaganligi hamda muxandis-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jixozlanmagani, dasturiy mahsulotlarning tayyor emasligi;
e) tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga nomuvofiqligi
Bank tashkil etilganiga qadar, ya’ni u davlat ro‘yxatidan o‘t-kazilgunicha uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi.
Bank ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida soliq tortishni tashkil etish uchun moliya-soliq organiga zarur hujjatlarni taqdim qilish zarur.
Banklarga litsenziya berish O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”, “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro’yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to’g’risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi.
Ushbu nizomda O’zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro’yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo’yilgan bo’lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo’lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to’lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog’liq. Bank operatsiyalarini o’tkazuvni amalga oshirishi va ro’yxatga olinishi lozim. Tijorat bankini tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o’tkazish huquqiga ega bo’ladi. Agar, bank O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro’yxatdan o’tmay faoliyat ko’rsatsa, bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi.
Tijorat banki O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat ro’yxatidan o’tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankini ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O’zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag’lari, shuningdek kreditga olingan mablag’lar va garovga olingan mablag’lardan foydalanish man etiladi.
Bank faoliyatini to’xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-sonli “Banklarni tugatish tartibi to’g’risida”gi Nizomda ko’rsatib o’tilgan. Jumladan bank quyidagi hollarda o’z faoliyatini to’xtatadi: aktsiyadorlar yig’ilishining qaroriga ko’ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda o’z faoliyatini to’xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro’yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to’xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi. Faoliyatni to’xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan.
Qonunda ko’rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag’lardan va soliqqa jalb etilgan mablag’lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan xollarda, qonunlarda ko’rsatilgan bo’lsa, byudjet mablag’laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin.
Bank tashkil etilganiga qadar, ya’ni u davlat ro’yxatidan o’tkazilgunicha uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi.
Bank ro’yxatidan o’tkazilganidan keyin o’n kunlik muddat ichida soliq tortishni tashkil etish uchun moliya-soliq organiga zarur hujjatlarni taqdim qilish zarur.
Bank ustaviga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish uchun bank aktsiyadorlar yig’ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi va quyidagi xujjatlar:
- ustavga o’zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi imzolagan iltimosnoma;
- bank aktsiyadorlarining ustaviga o’zgarish va qo’shimcha kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada);
- bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o’zgarish va qo’shimchalar ro’yxati (3 nusxada) taqdim etiladi.
Banklarni litsenziyalash jarayoni ikki bosqichdan iborat:
bank ta’sis etish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatini berish
bankni ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish
Bank ta’sis etish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatini berish
Muassislar tomonidan ta’sis shartnomasi imzolanganidan so‘ng bir oy mobaynida Markaziy bankka elektron shakldagi bank ochishga dastlabki ruxsatnoma olish uchun arizani taqdim etadilar.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1) muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan (agar muassis yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs bo‘lsa) tasdiqlangan ta’sis shartnomasi (uch nus’hada, ularning bittasi asl nus’ha). Jismoniy shaxslarning imzolari va ta’sis shartnomalarining nus’halari notarial idora tomonidan tasdiqlanadi (yagona muassislar bundan mustasno);
2) muassislar tomonidan tasdiqlangan va bank kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi (uchta asl nus’hada);
3) ta’sis yig‘ilishining uch nus’hada tayyorlangan bayonnomasi. Bu hujjatda bankni tashkil etish, ustav kapitali miqdori, bank ustavi va biznes-rejani tasdiqlash, bank kengashi, boshqaruvi va taftish komissiyasini saylash to‘g‘risidagi qarorlar bo‘lishi lozim. Bayonnoma nus’halari bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
4) muassislar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar:
a) bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan bankning barcha muassislari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) muassis-jismoniy shaxslar bo‘yicha:

  • tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining bir yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlar;

  • tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan jismoniy shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ma’lumotlar;

  • tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining o‘n yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan jismoniy shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda oxirgi ikki yil uchun soliq deklaratsiyalari (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslar bundan mustasno);

v) muassis-yuridik shaxslar bo‘yicha:

  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va to‘lov rekvizitlari;

  • tashkil etilayotgan bankning ustav kapitaliga kiritilgan badallar summasi (jumladan, ustav kapitali umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida);

  • yuridik shaxsning so‘nggi uch yil uchun, shu jumladan, soliq organlari va auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan so‘nggi ikki hisobot sanasi uchun balans hisobotlari;

  • tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan muassislar uchun qo‘shimcha ravishda mazkur yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etayotgan har bir ishtirokchining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va to‘lov rekvizitlari, shuningdek ularning ulushi (foiz ko‘rinishida);

  • agar yuridik shaxs ustav kapitalida yirik ishtirokchi-jismoniy shaxs bo‘lsa, u to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • bankni tashkil etayotgan muassis-yuridik shaxs kengashi va boshqaruvi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

g) o‘zaro bog‘langan shaxslar haqida ma’lumotlar:

  • muassis-jismoniy (yuridik) shaxs yoki muassis-jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari, yuridik shaxslar ustav kapitalidagi ishtiroki munosabati bilan yoki boshqa usullar bilan ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risida hamda muassis-yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar:

  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nus’hasi va to‘lov rekvizitlari;

  • muassislar ro‘yxati va mazkur yuridik shaxs ustav kapitaliga kiritilgan badallar summasi (jumladan, ustav kapitali umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida);

  • moliyaviy holat to‘g‘risidagi ma’lumotlar (moliyaviy hisobot, jumladan chiqarilgan obligatsiyalar, olingan kreditlar va berilgan bank kafolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar);

  • yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;

5) tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan muassislar qo‘shimcha ravishda ariza taqdim qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud yoki davlat organlari tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan barcha jazo choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Markaziy bank zarur hollarda mazkur kichik bandda keltirilgan ma’lumotlarni tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh foizidan kam bo‘lgan ulushiga egalik qiladigan muassislardan ham talab qilishga haqli;
6) tashkil etilayotgan bank kengashi raisi va uning o‘rinbosarlari ko‘rsatilgan holda bank kengashi a’zolarining hamda boshqaruv raisi va boshqa rahbar xodimlar ro‘yxati, jumladan, ularning avvalgi mehnat faoliyatlari, ma’lumot darajalari hamda ularga nisbatan qo‘llangan jazo choralari to‘g‘risidagi, shuningdek ularning Markaziy bank tomonidan rahbar xodimlarga qo‘yilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
7) bankning tashkiliy tuzilmasi;
8) bank ichki auditi xizmati to‘g‘risida nizom;
9) bankning ichki kredit siyosati to‘g‘risida nizom;
10) bank biznes-rejasi. Unda bank faoliyati strategiyasi, yo‘nalishlari, ko‘lami, moliyaviy istiqbollari va boshqa zaruriy ma’lumotlar ochib berilishi kerak;
11) vakilning muassislar nomidan ariza berish vakolatiga ega ekanligini tasdiqlovchi (notarial tartibda yoki boshqa usulda tasdiqlangan) hujjat;

12) bankning investitsiya siyosati to‘g‘risida nizom. Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan bankning investitsiya siyosati to‘g‘risidagi nizomda quyidagilar aks ettirilishi lozim:



  • investitsiya strategiyasi va maqsadlari;

  • bank mablag‘larini investitsiyalash rejalashtirilayotgan qimmatli qog‘ozlar turlari va shakllari, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari;

  • qimmatli qog‘ozlar emitentlari va ularning faoliyat sohalari bo‘yicha aksiyalarni jamlashni chegaralash;

  • qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalarning xavfsizligini va ularning sifatini baholash;

  • qimmatli qog‘ozlar emitentlarining moliyaviy ahvolini va boshqarish tajribasini baholash;

  • investitsiyalar diversifikatsiyasini amalga oshirish;

13) bankning emissiya siyosati to‘g‘risida nizom. Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan bankning emissiya siyosati to‘g‘risidagi nizomda quyidagilar aks ettirilishi lozim:

  • emissiya faoliyati strategiyasi va maqsadlari;

  • bank chiqarishni rejalashtirayotgan qimmatli qog‘ozlar turlari va shakllari, emissiya muddatlari;

  • qimmatli qog‘ozlar likvidliligini va muomalada bo‘lishligini saqlab turish;

  • qarz majburiyatlarining o‘z vaqtida qoplanishini ta’minlash;

14) arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Ta’sis yig‘ilishi bayonida 7 - 9, 12 va 13-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni tasdiqlash, shuningdek kengash raisini saylash to‘g‘risidagi qarorlar bo‘lishi lozim. Rezyume, shaxsiy balans qaydnomasi va bank biznes-rejasida keltirilgan barcha savollarga to‘liq javob berilishi kerak. Barcha hujjatlar uch nus’hada taqdim etiladi. Barcha ilova qilinadagian hujjatlarning asl nusxalari arizachi tomonidan Markaziy bankka bevosita taqdim etilishi lozim. Bankni ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish. Banklar Markaziy bankda Tijorat banklarini ro‘yxatga olish kitobida ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar. Ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda ularga litsenziya beriladi. Barcha ilova qilinadagian hujjatlarning asl nusxalari arizachi tomonidan Markaziy bankka bevosita taqdim etilishi lozim.

3. Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning ahamiyati.


Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak:
-bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili;
-bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati;
-ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi;
-bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;
-bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatmalari.
Bulardan tashqari bank ustavida boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak.
Qonunda ko‘rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag‘lardan va soliqqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan xollarda, qonunlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, byudjet mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin.
Bank kapitalining eng kam miqdori bankni ro‘yxatga olgunga qadar uning muassislari tomonidan to‘lanishi kerak. Bu to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa banklarda ochiladigan jamg‘arma hisob varag‘iga o‘tkaziladi. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari kapitalining etarliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomda (№949-sonli, 2000 yil 25 iyul) ko‘rsatib berilgan.

Download 46,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish