Tekshirdi: Umurzaqova A. O



Download 46,04 Kb.
bet1/4
Sana29.03.2022
Hajmi46,04 Kb.
#515676
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Sirtqi fakultet
________________________________ fanidan
KURS ISHI

MAVZU: Tijorat banklarini litsenziyalash va ular faoliyatini tugatish asoslari


Bajardi: _____________________


Tekshirdi: Umurzaqova A.O.



RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2021 y.
__________________




RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2021 y.
__________________

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2021 y.




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2021 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2021 y.

Baho “_____” _________



___________


(imzo)
____________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________

__________________


__________________




TOSHKENT – 2022

REJA:


  1. Kirish ______________________________________________­­____3

  2. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari ____5

  3. Banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi ____11

  4. Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va

Uning ahamiyat___________________________________________21

  1. Ustav fondini shakllantirish manbalari_________________________24

  2. Respublikamizda tijorat banklari faoliyati tugatilishi va ularning asosiy sabablari_________________________________________________26

  3. Xulosa __________________________________________________34

  4. Foydalanilgan adabiyotlar­­­­­­___________________________________35

Kirish
Bozor munosabatlarining muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Yaxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo’lgan jamiyat sog’lom rivojlanishi mumkin. O’zbekistonda bank ishi, kredit munosabatlari yildan yilga rivojlanib bormoqda. Xalqaro moliya tashkilotlarining ma‘lumotlariga ko’ra, O’zbekiston -Biznesni yuritish, ―Kredit olish indeksi bo’yicha 2012-yilda 154-o’rin, 2014-yilda 105-o’rinni egallagan bo’lsa, 2015- yilda 42-o’ringa chiqdi.


Kredit axboroti indeksi bo’yicha O’zbekiston 8 ballik baholash tizimidan 7 ballga ega bo’lgani respublikada kredit munosabatlarini tez sur‘atlarda rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar Strategiyasida1 mamlakatimiz bank tizimining barqarorligini ta‘minlash, ularning capital etarliligini xalqaro talablarga moslashtirib borish, banklarda risk-menejmentni takomillashtirish sohasida qator vazifalarni amalga oshirishrejalashtirilmoqda. Shu bois, iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim subyekti bo’lgan banklar faoliyatini o’rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini chuqur bilishni taqozo qiladi. Kadrlar tayyorlash bo’yicha ta‘lim standartlari asosida ishlab chiqilgan namunaviy o’quv dasturi asosida yaratilgan. «Bank ishi» darsligi «Pul, kredit va banklar» nazariy fanining davomi bo’lib, bu fanda mavzularni nazariy jihatdan yoritish bilan birgalikda ko’proq mavzularni amaliy jihatdan o’rganishga e‘tibor qaratilgan. Bu fan yosh bankirlarga va bank ishiga qiziquvchilarga mutaxassislik bo’yicha bilim berishga, jumladan, banklar faoliyatini tashkil qilish va olib borish, banklarning turli bozor subyektlari bilan munosabatlarini va umuman bank ishini tashkil etish asoslarini o'rgatishga mo’ljallangan.
Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar Strategiyasi
togrisida.PF-4947-son. T.,2017 y.7 fevral.
Bank maxsus muassasa sifatida o’ziga xos bo’lgan funksiya va operatsiyalarni bajaradi. U bajaradigan funksiya va operatsiyalar banklar faoliyatining qator boshqa bozor munosabati subyektlari faoliyatidan ajralib turishiga asos bo’ladi. Banklarning ish predmeti bo’lib pul mablag’lari hisoblanadi va ular bozor munosabatining boshqa subyektlari faoliyatida yuzaga keladigan pul munosabatlarining amalga oshirilishida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Pul doimo o’zi bilan ehtiyotkorona muomalada bo’lishni va saqlashni, uni ko’paytirishga harakat qilishni, iqtisod bilan samarali va oqilona ishlatishni talab qiladi. Pulni tejab-tergab ishlatadigan subyekt doimo pulga ega bo’lishi, pulini hisobsiz sarflaydigan kishi undan tezda ajralib qolishi va nochor ahvolga tushishi mumkin. Bank bozor munosabatlarining boshqa subyektlaridan farqli o’laroq, pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini o’zida yig’uvchi, uni pul zarur bo’lgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va bu pul mablag’larini samarali ishlatish asosida o’z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Bank ishini qonun va qoidalar asosida aniq va samarali olib borish nafaqat bank faoliyatini samarali qiladi, balki butun jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga va jamiyat a‘zolarining ham boyishiga, turmush farovonligining oshishiga olib keladi. Odatda, iqtisodiyotning holati banklar faoliyati bilan aniqlanadi.
Banklar bozor munosabatlarining boshqa subyektlaridan farqli ravishda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi muassasa hisoblanib, moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida, kapital aylanishining uzluksizligini ta‘minlash, bo’sh pul mablag’larini yig’ish va ularni pul zarur bo’lgan subyektlar o’rtasida taqsimlash bo’yicha faoliyat olib boradi. Banklar faoliyatining boshqa subyektlardan farqli yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan mablag’larga tayanib ishlaydilar. Bu esa, o’z navbatida, bank ishining risklilik darajasini oshiradi. Chunki bank, bir tomondan, unga o’z jamg’armalarini ishonib topshirgan yuridik va jismoniy shaxslar oldida majburiyatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, bank o’z aksiyadorlari oldida majburiyatga ega. Shu sabab banklar mablag’larni doimo iqtisod qilib ish olib boradilar. 
1. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar.
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o‘z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi .
Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib borilar edi. Bu konunga 2009 yil 15 avgustda №703 son bilan uzgartirish kiritilgan va xozirda banklar ushbu konun asosida tashkil etilmokda.
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagilar asosiy omil bo‘lib hisoblanadi:

  • bankni tashkil etish bo‘yicha biznes rejaning maqbulligi;

  • bank ustav kapitalining etarliligi va qonun hujjatlariga muvofiq shakllantirilganligi;

  • daromadlilikning istiqbollari;

  • tashkil etilayotgan bank rahbarining malakasi va obro‘si;

  • bankni tashkil etish uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlariga muvofiqligi;

  • monopoliyaga qarshi choralarning mavjudligi

Bankni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida quyidagilar bo‘lishi lozim:

  • bankni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibi;

  • bank ustav kapitali miqdori;

  • muassislar o‘rtasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati, ularni to‘lash miqdori va tartibi;

  • muassislarning bankni tashkil etishga doir huquq va burchlari.

O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin.

Download 46,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish