Uzatuvchi qabul qiluvchi
7 . Amaliy daraja
|
|
7. Amaliy daraja
|
6. Vakillik darajasi
|
6. Vakillik darajasi
|
5. Seansli daraja
|
5. Seansli daraja
|
4. Tarnsportli daraja
|
4. Tarnsportli daraja
|
3. Tarmoqli daraja
|
3. Tarmoqli daraja
|
2. Kanalli daraja
|
2. Kanalli daraja
|
1. Fizik daraja
|
1. Fizik daraja
|
Axborot yo‘li
Bunda bir abonentdagi har bir daraja shunday ishlaydiki, boshqa abanentning tegishli darajasi bilan to‘g‘ri aloqada bo‘layotganday, ya’ni tarmoq abonentlarining bir nomdagi darajalari o‘rtasida virtual aloqa mavjud.
Real aloqani bir tarmoqdagi abonentlar faqat eng pastki, birinchi, fizik darajada olishadi. Uzatuvchi abonentda axborot hamma darajani o‘tadi, yuqoridan boshlab pastida olingan axborot tеskаri yo‘l yuradi: pastki darajadan yuqorisiga.
Har xil darajalarning funksiyalarini ko‘rib chiqamiz.
Amaliy daraja (Application), yoki ilovalar darajasi, foydalanuvchi ilovalarini bevosita ushlab turib xizmatlarni ta’minlaydi, masalan ma’lumotlar bazasiga kirish fayllarini uzatish dasturiy vositalari, elektron pochta vositalari, serverda registratsiya qilish xizmati. Bu daraja qolgan olti darajani boshqaradi.
Taqdim etish darajasi (Presentation), yoki ma’lumotlani taqdim etadigan daraja, ma’lumotlar formatini belgilaydi va ular sintaksisini tarmoqga qulay shaklda qayta tuzadi, ya’ni tarjimon funksiyasini bajaradi. Bu yerning o‘ziga ma’lumotlarni shifrlаsh va shifrni yechish bajariladi, kerak bo‘lsa ularni siqadi.
Seansli daraja (Session) aloqa seanslarini o‘tkazishni boshqaradi (aloqani o‘rnatadi, ushlab turadi va to‘xtatadi).
Transportli daraja (Transport) paketlarni xatosiz va yo‘qotmasdan, kerakli ketma – ketlikda еtqаzishni ta’minlaydi. Bu yerda uzatadigan ma’lumotlarni bloklarga bo‘linadi, paketlarga solinadi va qabul qilinayotgan ma’lumotlarni taxlaydi.
Tarmoqli daraja (Network) paketlarni adreslashtirishga javob beradi va mantiqli ismlarni fizik tarmoqli adreslarga o‘tkazadi (va tеskаri), shuningdek paket kerakli joyga borish marshrutini tanlaydi (agar tarmoqda marshrutlar bo‘lsa).
Kanalli daraja, yoki uzatish liniyalarining boshqarish darajasi, boshlanish va oxirgi boshqarish maydonlarning kiritgan standart ko‘rinishini shaklga solinishiga javob beradi. Shu joyda tarmoqga kirishni boshqarilishi bajariladi, uzatish xatolari topiladi va xatoli paketlarni qabul qiluvchiga qayta yuborish bajariladi.
Fizik daraja (Physical) – modelni eng pastki darajasi bo‘lib, uzatish muxitida qabul qilingan uzatilgan axborotni signallarga kodlash uchun javob beradi va teskarisi – kodlarni yechish. Bu yerni o‘zida birlashtiruvchilarga, raz’yemlarga, elektrlik moslashlarga, yerga tutashtirishga, halaqit beruvchilardan himoyalanishga va h.k. talablar belgilanadi.
Modelning ikkita pastki darajalarini (1 va 2) ko‘p funksiyalari apparatli qilinadi (daraja 2 ni qisman funksiyalari – tarmoqli adapterning dasturiy drayveri bilan). Huddi shunday darajalarda uzatish tezligi va tarmoq topologiyasi, almashuvni boshqarish usuli va paket o‘lchamlari topiladi, ya’ni tarmoq turiga bevosita tegishli bo‘ladi (Ethernet, Token – Ring, FDDI). Yuqori darajalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniq apparat bilan ishlashmaydi, lekin 3-5 darajalar uning xususiyatlarini hisobga olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |