MUSTAQIL ISH
Mavzu: Magistrlik dissertatsiyasining nazariy qismi bo`yicha tahliliy maqola tayorlash
ADVL 201-21-guruh
Bajardi: Xurramov Azizjon.
Tekshirdi: Ganiyev A.
Uch qatlamli sterjenlarning kuchlanganlik – deformatsiyalanganlik holatining modeli, algoritmi va dasturiy vositasi
Mualiflar: Abdurashidova Kamola Turgunbayevna1, Xurramov Azizjon2.
1TATU dotsent, 2TATU magistranti, tel: +998(90) 747-24-94,
e-mail: azizbekxurramov01021@gmail.com
Annotatsiya: Uch qatlamli sterjenlar to‘g’risidagi ma’lumotlar, sterjenda hosil bo‘ladigan kuchlanish va deformatsiyalar, tashqi dinamik yuklarning ta’siri, sterjenlarni hisoblash nazariyalari shuningdek sterjenlar tebranish tenglamalari o‘rganildi.
Kalit so’zlar: Uch qatlamli sterjenlar, sterjen kuchlanlanishi, sterjen deformatsiyalnishi, sterjenlarni tebranishlari.
Hozirgi kunda texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi fani oldiga yangidan-yangi, vaqt o‘tgan sari tobora murakkablashib borayotgan masalalarni qo‘ymoqda. Shu paytgacha kelingan an’anaviy materiallar yuqori bosimli va yuqori haroratli o‘ta murakkab sharoitlarda ishlatilmoqda, yangidan yangi materiallar har xil yuqori haroratlarga chidamli qotishmalar, kompozit materiallar, o‘ta mustahkam va yaroqli modulli tolalar amaliyotda qo‘llanilmoqda. Bunday o‘zgarishlar jismning elastik modeli bilan bir qatorda, deformatsiyalanuvchi qattiq jismning boshqa, mukammalroq modellarini ham yaratishga, muhandislik qurilmalari hisobida ishlab chiqilganiga ancha bo‘lgan bo‘lsada shu vaqtgacha foydalanilmagan usullardan, xususan plastiklik, qovushoqelastiklik, polzuchest nazariyalari usullaridan foydalanishga olib kelmoqda. Bu masalalar ayniqsa jism nuqtalarida yuzaga keladigan kuchlanishlar statistik va ehtimollar nazariyalari usullaridan foydalanishga to‘g’ri kelganida yaqqol namoyon bo‘ladi. Keyingi bir necha o‘n yillik davomida deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasining “Yemirilish mexanikasi”, “Kompozit materiallar mexanikasi”, “Nanomexanika” va shu kabi qator yangi yo‘nalishlari paydo bo‘lishini ham ana shu yangi talablar taqozo qildi. Ushbu yo‘nalishlar rivoji ham, eng avvalo elastik jism modeliga tayanadi.
Muhandislik qurilmalari elementlari (sterjenlar, plastina va qobiqlar)da, ularga berilgan tashqi ta’sir natijasida vujudga keladigan tebranishlarni o‘rganishdan iborat. Tebranishlar nostatsionar harakterga ega bo‘lgan hollarda bunday elementlarda paydo bo‘ladigan nostatsionar to‘lqinlar tarqalish jarayonlarini, ularning o‘zlariga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zgarish va tadqiq qilishdan iborat.
Uch qatlamli sterjenlarningning tashqi dinamik yuklar ta’siridagi tebranishlarini tadqiq qilish natijasida olingan hisob-kitob ishlari muhandislik qurimalarida juda muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari bunday sterjenlar ko‘plab qurilish materiallari elementlari hisoblanadi. Shunday holda bu sterjenlarlar turli xil dinamik tashqi ta’sirlar ostida ishlaydilar va ularning kesimlarida turli xil yuklanishlar vujudga keladi. Sterjendagi ana shunday yuklanishlarni aniqlash masalasi deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasining dolzarb masalalaridandir. Amaliy masalalarda ana shunday yuklar ta’siri ostidagi plastinkalardagi kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon texnikasi, qurilish, yer osti va yer usti inshoatlari, aviatsiya, kemasozlik va boshqa juda ko‘plab sohalarda uch qatlamli plastinka qurilish inshoatlari va muhandislik qurilmalarining asosiy elementlaridan biri sifatida ishlatiladi. Eksplutatsiya jarayonida bunday sterjenlarlar bir qancha kuchlar ta’siri ostida bo‘ladilar va juda ko‘p hollarda ularning dinamik chidamlilik darajasini eksperimentdan emas, balki hisoblashlar yordamida aniqlashga to‘g’ri keladi. Yuqorida aytilganlar uch qatlamli sterjenning tashqi dinamik yuklar ta’siridagi tebranishlarini tadqiq qilish, ularning tebranish chastotasi, amplitudasi, shakli va boshqa xarakteristikalarini aniqlash muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Кирхгофф. Historical review of Zig – zag theories for multilayered plates and shells. // Z.Applied Mechaniks Review, vol. 56, №3, 2019. – 287-308 pp.
2. Carrera E., Brischetto S. A Survey with Numerical Assesment of Classical and Refined Theories for the Analysis of Sandwich Plates // Z. Appl. Mech. Rew. V.62, 2020. – 010803 – 1 – 17 pp.
3. Altenbach H. Modelling of viscoelastic behaviour of plates // in M. 7. yczkowski (ed.), Greep in Structures, Springer, Berlin, 2009. – 531 – 537. pp.
4. Филиппов И.Г., Чебан В.Г. Математическая теория колебаний упругих и вязкоупругих пластин и стержней. – Кишинев; «Штиинца», 2019. – 190 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |