O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti
Ovoz rejissiyorligi yo’nalishi
“ Filmda ovoz yozish amaliyoti ”
fanidan yakuniy ijodiy ishi
Bajardi: Norimov X.
Tekshirdi: Agzamov D.
Toshkent 2022-2023
H I S O B O T
“ Filmda ovoz yozish amaliyoti ” fanidan 2022-2023-yillar mobaynida darslarimiz amaliyot tarzda o’tdi. Biz “ Doniyor Agzamov ” studiyasiga qatnab darslarni u yerda o’zlashtidik. Asosan bu yerdagi darslar biron-bir film uchun yaratilingan soundractlarni ko’rish, eshitish bilan o’tdi. Deyarlik ko’p ma’lumotlarga ega bo’lmadim. Chunki bu yerda ko’proq o’zlarini ishlarini tayyorlashdi. Darsga vaqt kamroq ajratilindi.
Musiqa filmning eng asosiy ovozli komponentlaridan biridir. Uni joriy etish variantlari juda kо‘p bо‘lishi mumkin.
- Ovozli jо‘rlik filmning tomoshabin tomonidan idrok etilishiga katta ta’sir kо‘rsatadi. 1940-yildayoq amerikalik kompozitor Aaron Koplend (Aaron Copland) musiqa videoqatorni qanday tо‘ldirayotganini aniqlagan edi:
- makon va zamonning birmuncha ishonchli muhitini yaratadi
- psixlologik nafosatni ta’kidlaydi
- fon rolini bajaradi
- yuz berayotgan voqea-hodisalarning muttasillik hissini yaratadi
- yuz berayotganlarni ekranga muhrlaydi va unga tugallik hissini baxsh etadi.
Film musiqasini motivatsiyalangan (ichki kadrli) va motivatsiyalanmagan (kadrorti) turlarga bо‘lish odatga aylangan. “Motivatsiyalangan musiqa” sо‘zlari ostida sahnadagi jarangi motivatsiyalangan musiqa tushuniladi, u kadrdagi konkret kechayotgan voqealar bilan izohlanadi. Masalan, ichki kadrdagi musiqa deb, kadrdagi tasvirga mos keluvchi о‘ynoqi musiqa tushuniladi.
Kadrorti musiqasida jarangning butun arsenali, butun polifonik, garmonik, melodik va fakturaviy boyligidan birmuncha tо‘liq foydalaniladi. Kadrorti musiqasi qoidaga kо‘ra, kinoasar ta’sirini kuchaytirib, uning obrazlarining emotsional-ifodaviy kuchini kо‘taradi va tomoshabinga zarur mualliflik matnostini yetkazaib, teran fikr va kuchli tuyg‘ularni ifodalash davomida umumlashtirish usuliga ega bо‘ladi. Shunday qilib, momoqaldiroqni-tund past osmonni, unda suzib yurgan momoqaldiroq bulutlari va shamolning keskin esishini yetkazib beruvchi tasvirlar kadrlari – mos keluvchi musiqa bilan mustahkamlangan bо‘lib, unda quturgan stixiya fojeasining mualliflik talqini mujassam bо‘lib, shubhasiz yanada teran, kuchli emotsiyalarni uyg‘otadi. Kadrorti musiqaning jarangi nafaqat tashqi sabab bilan motivatsiyalangan, balki ekranda kо‘rsatilayotgan emotsional mohiyatni yorqinroq ochib berishdek ichki ehtiyoj bilan bog‘liq bо‘lishi mumkin.
Shovqinli musiqa muhim musiqiy kategoriyani namoyon etadi – u asl musiqiy va shovqinli komponentlar ijodiy sintezining mahsulidir. Mazkur vaziyatda shovqinlar о‘zgaradi va umumiy musiqiy qonunlar bо‘yicha rivojlanadi. Odatda bunday musiqa bastalanib, butun tarkibiy qismlarga puxta ishlov berish bilan yozib olinadi. Shovqinli-musiqiy birikmalar kо‘pincha ekspromt singari aynan qayta yozish jarayonida hosil bо‘lganiga oid vaziyatlar kam emasligi ma’lum.
Partitura musiqasi kompozitor tomonidan ekran voqealariga jо‘r bо‘lish uchun maxsus yaratiladi. Partitura musiqasida jarangning butun arsenali - butun polifonik, garmonik, melodik va fakturaviy boyligi birmuncha tо‘liq qо‘llaniladi; unda muallif individualligi aniqroq va erkinroq namoyon bо‘lishi mumkin. Original musiqa badiiy ekran obrazining organik qismi bо‘lib, shu maqsadda maxsus taklif etilgan kompozitor tomonidan yoziladi.
Kadrorti musiqasi qoidaga kо‘ra, kinoasar ta’sirini kuchaytirib, obrazlarining emotsional-ifodaviy kuchini kо‘taradi va tomoshabinga zarur mualliflik matnostini yetkazib, teran fikr hamda kuchli tuyg‘ularni ifodalashda umumlashtirish qobiliyatiga ega bо‘ladi.
Kompilyatsiya – bu yetarlicha murakkab ijodiy jarayon bо‘lib, u avval yozilgan, tayyor konsert asarlari yoki CD va DVD disklarda chiqarilgan original musiqadan zarur musiqiy parchalarni tanlab olishni nazarda tutadi.
Kompilyativ musiqa tanlashda odatda cholg‘u musiqasining fonogrammasi ma’qul kо‘riladi, sababi ularni kadrorti matn bilan muvofiqlashtirish qulay. Ammo bularning barchasi vokal asarlar parchalaridan foydalanish imkoniyatini cheklamaydi. Ba’zi vaziyatlarda film partiturasida aynan qо‘shiq bosh musiqiy zveno, markaziy ovoz g‘oyasi rolini о‘ziga oladi, shuningdek, film mavzuiyligining asosiy manbaiga aylanadi. Kompilyativ musiqa
Film va seriallarga yozilgan musiqiy jо‘rlik kо‘pincha о‘zining dastlabki manbasidan alohida, hatto ba’zan uning mashhurligini ortda qoldirib yashaydi. Kinofilmlar uchun yaratilgan original saundtreklar (inglizcha Original Soundtracks) shunchalik mashhur bо‘lib ketdiki, ushbu tushuncha ostida tarqalgan musiqa alohida janr sifatida ajratildi.
Har bir yangi kinoblokbasterga bir nechtadan pop-qо‘shiq kiritish odatiy amaliyotga aylandiki, ular “singllar” deya nomlandi. Birinchidan, bu filmga kinofilm singlini ijro etuvchi u yoki bu pop-xonandaning muxlislari e’tiborini jalb etish imkonini beradi. Ikkinchidan, singllar taqdim etadigan musiqiy pop-madaniyatning yaqinlashuvi, va kino kо‘pincha juda qiziqarli ijodiy natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |