qaynash haroraatini bosimga bog’likligi
Har bir suyuqlik uchun aniq tq qaynash temperaturasi mavjud. Qaynash temperaturasi tashqi bosimga to’g’ri proporsional. Quyidagi jadvalda ayrim suyuqliklarning qaynash temperaturasi normal bosim uchun keltirilgan.
Modda
|
Tq 0C
|
Suv
|
100
|
Atseton
|
56
|
Kislorod
|
-183
|
Rux
|
907
|
Qaynash jarayonini tusinttiring
O’z suyuqligi bilan dinamik muvozanatda turgan bug’ga to’yingan bug’ deyiladi. Temperatura ortishi bilan to’yingan bug’ning bosimi ham ortadi. Temperaturaning biror tq qiymatida to’yingan bug’ning bosimi tashqi atmosfera bosimiga tenglashadi. Bu holda bug’lanish faqat suyuqlik sirtida emas, balki butun hajmi bo’ylab sodir bo’ladi. Suyuqlik ichida hosil bo’lgan gaz pufakchalari uning sirtiga qalqib chiqib, yoriladi. Bu hodisaga qaynash deyiladi
Kondensatsiya. Shudring nuqtasi
Bug’ning ayrim molekulalari tartibsiz harakat tufayli suyuqlik molekulalarining ta’sir doirasiga tushib, yana suyuqlikka aylanadi. Bu jarayonga kondensatsiya deyiladi.Shudring nuqtasi – deb havoda mavjud bo’lgan bug’lar to’yingan holatga keladigan temperaturaga (τ) aytiladi. Kondensatsiya tufayli shudring, tumanlik va bulutlar hosil bo’ladi. Inson organizmi qizib ketganida u terlab, organizmni o’ta qizib ketishidan saqlaydi.
Mutloq va nisbiy namlik
Havoning namligi quyidagi asosiy xarakteristikalar yordamida baholanadi.
1) Absolyut namlik – 1m3 havodagi suv bug’ining grammlarda ifodalangan miqdoridir. (a)
2) Maksimal namlik – 1m3 havoda berilgan temperaturada to’yinish sodir bo’lishi uchun lozim bo’lgan suv bug’larining miqdoriga aytiladi. (E)
3) Nisbiy namlik – deb absolyut namlikning maksimal namlikka bo’lgan nisbatiga aytiladi.
Cho’zilish diagrmmasi
Tashqi kuch ta’sirida jismning shakli va o’lchamlarining o’zgarishiga deformatsiya deyiladi. Deformatsiya turli ko’rinishda bo’ladi: cho’zilish, buralish, egilish va hokazo. Deformatsiyalovchi kuch olingandan keyin jism dastlabki holatiga qaytsa, elastik deformatsiya, qaytmasa plastik deformatsiya deyiladi.
Selsiy va kelvin shkalalari va ular orasidagi bog’lanish
Temperatura – jismning issiqlik darajasini aniqlaydi. ХБС da temperatura Kelvinda o’lchanadi. Amalda esa u Selsiyda ham o’lchanadi. Absolyut temperatura (T) bilan t orasida quyidagi bog’lanish mavjud:
Barometrik formila.Boltsman taqsimoti
Ma’lumki, dengiz sathida atmosfera bosimi 101325 Pa yoki 760 mm simob ustuniga teng. Balandlik Yer sathidan ortgani sari atmosfera bosimi kamaya boradi. Bu kamayish eksponensial qonunga bo’ysunadi.
Bu yerda P0 – dengiz sathidagi bosim, P-dengiz sathidan h balandlikdagi bosim, m – molekulaning massasi, K – Boltsman doimiysi. va
ekanligini e’tiborga olib, (1) ni quyidagicha yozish mumkin:
bu yerda R – universal gaz doimiysi, μ – havoning molyar massasi.
To’yingan bug’
O’z suyuqligi bilan dinamik muvozanatda turgan bug’ga to’yingan bug’ deyiladi. Temperatura ortishi bilan to’yingan bug’ning bosimi ham ortadi. Temperaturaning biror tq qiymatida to’yingan bug’ning bosimi tashqi atmosfera bosimiga tenglashadi. Bu holda bug’lanish faqat suyuqlik sirtida emas, balki butun hajmi bo’ylab sodir bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |