Rezonans hodisasi
Agar sistemaning majburiy tebranish chastotasi uning xususiy tebranish chastotasiga teng bo’lib qolsa bunga mexanik rezonans deyiladi. Sinuslar yoki kosinuslar qonuniga bo’ysunadigan eng sodda davriy tebranishlarga garmonik tebranishlar deyiladi
Ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlar
Tebranishlarning elastic muhitda tarqalishiga to’lqin deyiladi. To’lqinlar ikki xil bo’ladi: bo’ylama va ko’ndalang. Agar muhit zarrachalarning tebranishi to’lqinning tarqalish yo’nalishida bo’lsa, bunday to’lqin bo’ylama, to’lqinning tarqalish yo’nalishiga tik bo’lsa, ko’ndalang to’lqin deyiladi. Masalan, tovush to’lqinlari bo’ylama, elektromagnit to’lqinlari ko’ndalangdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |