2. 3D Studio MAX dasturi haqida tushuncha 3D Studio Max uch o’lchovli modellashtirish va ko’rgazmali namoyish qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animatsiya va uch o’lchovli modellarni qisqa vaqtning ichida professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o’lchovli va uch o’lchovli ob’yektlarni qo’llashingiz mumkin. Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikatsion filmlar, ma’lum fanlar bo’yicha ko’rgazmali dasturlar tuzish mumkin. 3D Studio Maxda ob’yektlarni qurish maydonida (viewport) yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda kursor shakli o’zgaradi. Sichqoncha yordamida ob’yektning o’lchovlarini berasiz. Yaratilgan ob’yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin. Ob’yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki g’adir-budir sirt berishingiz mumkin bo’ladi. Qurish maydonida yaratilgan ob’yektlarni harakatlantirib, kichik animatsiya hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animatsiya} tugmasini bosib, kadrlarni o’zgartirgan holda ob’yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So’ngra animatsiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animatsiya hosil bo’ladi. Bu yaratilgan animatsiyani fayl ko’rinishida kompyuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o’qiy oladigan dastur yordamida o’qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi. 1. Autodesk 3D Studio Max -ancha keng tarqalgan, shuningdek, grafik paketni o’zlashtirish nisbatan oson. Qo’shiladigan modul VRay real ob’yektlar va interyerlarni yaratish imkonini beradi. 2. Autodesk Maya -boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega bo’lgan jiddiy grafik paket hisoblanadi. Unga quyidagilar: 122 subdiv primitives yordamida modellashtirish, materiallar bilan qulay ishlash, modellashtirilgan ob’yektga turli effektlarni chizish imkoniyati, animatsiyalarning rivojlangan tizimi va boshqalar tegishli bo’ladi. Realistik interyerlar, personajlar, shuningdek, kinofilmlar va kompyuter o’yinlari sanoatida vizual effektlar yaratishda keng ishlatiladi. 3. Maxon Cinema 4D -qulay interfeysga ega bo’lgan nemis grafik paketi. Tezkor xotiraning kichik yuklanishida murakkab sahna uchun soyalarni hisoblash bo’yicha o’zining noyob algoritmiga ega. Modul Body Paint 3D modelni bevosita ko’rinadigan ekranga bo’yash imkonini beradi. 4. NewTek LightWave 3D -juda ham qulay animatsion asboblar va yuqori sifatli renderingga ega bo’lgan grafik paket. Televizion formatda uch o’lchovli grafika yaratish uchun qulay. Mukammal dasturlardan tashqari, amaliy paketlar deb ataluvchi dasturlar ham mavjud. Ular tor ixtisosli funksiyalarni yaratishga yo’naltirilgan bo’lib, yuqorida keltirilgan muharrirlardan birida mukammal sahnani yaratishga yordam beradi. Masalan, Curios Labs Poser dasturi allaqachon tayyorlangan personajlar bilan ishlashga va boshqa grafik muharrirga import qilishga yo’naltirilgan. DAZ Bryce - virtual tabiiy landshaftlarni yaratishga mo’ljallangan grafik paket. Tajribali foydalanuvchi o’zining loyihasini yaratish uchun ko’p hollarda bir qancha uch o’lchovli modellashtirish dasturlaridan foydalanadi. Xususan, ZBrush dasturi juda qulay hisoblanadi. Ushbu dastur grafik planshetlardan foydalanib, ob’yektlarga turli xil cho’tkalar bilan chizish orqali ularni modellashtirish imkonini beradi. Personaj modelini uch o’lchovli modellashtirish dasturlaridan birida yaratib, so’ngra ZBrush dasturiga import qilish va ishni oxirigi yetkazish (ajinlar, burushgan joylarni qo’shish va boshqalarni amalga oshirish) mumkin.
Birinchi navbatda siz 3 DS Max dasturini ishga tushirganda uning asosiy ekraniga ko’zingiz tushishi mumkin. Agar siz yangi foydalanuvchi 123 interfeysini bilmaydigan bo’lsangiz, unda dastlab qurilmalarini ko’rib chiqishingiz hamda ular bilan atroflicha tanishishingiz lozim. Siz interfeysning dastur elementlardan tashkil topganligini, ya’ni, bir xil turdagi buyruqlarni guruhlanganligini ko’ring va ishonch hosil qiling. Masalan, o’z vaqtida ob’yektlar holatini sozlash va boshqarishni amalga oshirish tugmachasi jamlanmasi yordamida animatsiyani amalga oshirish jarayonini boshqarish mumkin. Dastur ekranini shartli tarzdi beshta asosiy elementlarga ajratish mumkin:
Dastur ekranining yuqori qismda joylashgan va bu menyu 3 Ds Max dasturiga asosiy buyruqlar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi. Barcha buyruqlar menyusi toifalar bo’yicha birlashtirilgan. Dastur ishga tushirilganidan so’ng 3Ds Max grafik redaktorning ishchi oynasi ochiladi.