“Hunarmand” uyushmasining asosiy vazifalari:
-O'zbekiston va chet mamlakatlarda ko'rgazmalar, auktsionlar o'tkazish va ularda hunarmandlar
ishtirokini ta'minlash;
- uyushma a'zolarini yangi zamonaviy texnologiya va jihozlar,xom ashyolar, asbob uskuna va
kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta'minlash;
-hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishga, eksport qilishga
ko'maklashish;
-milliy ustachilik va hunarmandchilik me'rosini saqlash maqsadida “Ustoz- shogird” maktablarini
tashkil etish;
-xalq amaliy san'atini butun dunyoga targ'ib qilish;
-Respublikada kasanachilikni rivojlantirish;
-chet mamlakatlarda xalq madaniy me'rosi bilan shug'ullanadigan tashkilotlar bilan uzviy aloqa
o'rnatish, hamkorlik ishlarini olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |