115
10-mavzu. Metallarga ishlov berishda qo’llaniladigan qo’l va elektr dastgohlarning ishlash
prinsipi.
Reja: 2 soat
1.Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan asboblar.
2.Metallarga ishlov berishda qo’l va elektr asboblarning turlari va tuzilish, ishlash prinsipi.
3. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan dastgohlar.
4.Metallarga ishlov beradigan elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar.
5.Elektr asboblar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Tayanch
iboralar:
asboblar,
qo’l va elektr asboblar, dastgohlar, elektr va
mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, texnologiya, tarkibiy qism, dizayn, texnika, texnologiya, tokarlik.
1.Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan asboblar. Metallni qaychi bilan qirqish juda
unumli bo’lib, qirindi chiqarmay turib istalgan shakldagi detalni qirqishga va to’g’ridan-to’g’ri tayyor
detal olishga imkon beradi. Biroq
, qaychilar bosim hisobiga qirqqani uchun metallni qirqishga katta
kuch kerak bo’ladi. Shuning uchun qaychilar bilan list materiallar qirqiladi. Profil va chiviq
materiallarni kesadigan mexanik qaychilar ham mavjud.
Qo’l qaychilar (1-rasm) yupqa list materialni qirqish uchun ishlatiladi. Ular bilan 0,5-0,7
mmqalinlikdagi po’latni, tunukani, qalinligi 1,5 mmgacha bo’lgan rangli metallarni kirqish mumkin.
Qo’l qaychilarning tig’i kalta, dastasi uzun bo’ladi. Qaychilarning tig’i, v = 70° burchak
ostida charxlanadi. Metallni qirkqanda paydo bo’ladigan kuch ta`sirida tig’ning o’t, maslashishiga yo’l
qo’ymaslik uchun charxlanish burchagi shunchalik katta olinadi.
Qaychilarning tig’ini o’tkir va to’g’ri chiziqli qilib charxlash kerak. Tig’lar butun uzunligi
bo’yicha o’zaro yondoshib turishi lozim. Ular orasidagi zazor 0,2mmdan oshmasligi darkor.
Agar zazor bundan oshib ketsa, qaychi metallni qirqmay ezadi, natijada kirqilgan joy
g’adirbudur bo’lib chiqadi. Agar tig’lar orasida zazor bo’lmasa, katta ishqalanish kuchi paydo bo’lib,
tig’ni tez o’tmaslashtirib qo’yadi. Tig’larning ishqalakishini kamaytirish uchun ular bir-biriga tegib
turadigan tekislik ki-chik (b =1-2°) burchak ostida charxlanadi. Qo’l qaychilar 65, 70 markali
po’latdan yasaladi, qirquvchi tig’lar NRS 52-58 qattiqligigacha toblanadi.
Qaychilar o’naqay(1-rasm, a) va chapaqay(1-rasm, b) bo’ladi. O’naqay qaychilar bilan
qirqqanda pastki tig’ning qiyaligi o’ng tomonda bo’ladi. Bunday kaychilar ko’proq qo’llanadi.
Chapaqay qaychilar egri chiziqli detallar qirqishda foydalaniladi.
Listlar va trubalarda shakldor teshiklar ochish uchun egri tig’li qaychilar ishlatiladi (1-rasm, v).
Qirqish paytida qaychi o’ng qo’l bilan ushlanadi (1- rasm, g).Bosh barmoq yuqori dasta ustida
turadi, uch o’rta barmoq bilan pastki dasta ushlanadi, ko’rsatkich yoki kichik barmoq dasta,tar orasida
turib, dastalarni ochib turadi. Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yurishi
kerak.
1-rasm. Qo’l qaychi bilan yupqa list
materialni qirqish
116
Qirqiladigan metall qaychilarning jag’i orasiga qanchalik ichkari kirsa, shuncha kam kuch bilan
qirqiladi. Lekin tig’lar katta ochilganda kirqish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi kattalashadi va
metall qirqilmasdan
itariladi, qaychi jag’lar orasidan chiqishga harakat qiladi (1-rasm, d)
.
Tig’lar taxminan 30° ochilganda ishqalanish kuchi va ishchi chap qo’lining kuchi itaruvchi
kuchga qarshi tura oladi. Ana shu burchakni qo’l qaychilyar bilan metall kirqishda eng qulay burchak
deyish mumkin.
Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yuritiladi, chap qo’l
bilan qirqib
olinayotgan qism bukib turiladi. Bunda metallni keskin bukib yubormaslik kerak.
Qaychini oldinga yurgizyb qirqqan sari uni qirkiladigan joyga taqab borish kerak. Aks holda
g’adir-budurliklar paydo bo’ladi.
Qaychi qirqilayotgan metallga tik ushlanishi lozim. Qiyshaytirilsa, qirkmasdan metallni ezadi.
Yupqa plastmassa listlarini oddiy qo’l qaychilar bilan qirqsa ham bo’ladi. Lekin bunda tig’lar
orasidagi zazor juda kichik (0,1-0,2mm
) bo’lishi kerak. Qirqish paytida listni
stolga zich taqab turish
kerak. Mo’rt plastmassalar: polistirol, organik shisha va boshqalarni qaychi bilan qirqish kerak emas,
ular arra bilan qirqiladi.
Diametri 3mmgacha bo’lgan sim ombur bilan qirqiladi.
Stul qaychilar (2- rasm,
a) qo’l qaychilardan yuqori dastasining uzunligi (400-800mm)
, pastki
dastasi to’g’ri
burchak ostida egilib, uchi o’tkirlanganligi bilan farq qiladi. Shu o’tkir uchi taxtaga yoki
dastgohga qoqib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: