Техник конструкциялаш ва моделлаш


Uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

1.Uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari. 
Uy  va  xonadonlarni  ta’mirlash  ko‘p  mehnat  va  sarf-xarajat  talab  qiluvchi  jarayon  hisoblanadi.  Shu 
sababli, bu kabi tadbirni boshlashda ta’mirlashning aynan qaysi turiga ehtiyoj mavjudligi aniq baholab 
olinishi lozim. Hozirda ta’mirlashning kosmetik, kapital, elita turlari mavjud. 
Kosmetik ta’mirlash katta sarf-xarajat talab qilmaydigan, eng soda  va arzon ta’mirlash turi bo‘lib, u 
minimal  mablag‘  va  vaqt  sarfi  bilan  xonadonning  tashqi  ko‘rinishini  yangilashga  qaratiladi. 
Xonadonda umumiy ishlov berish tadbirlari bajarilib, bunda santexnik jihozlar, xona 
interer dizayni va devorlar konstruksiyasini o‘zgartirish bilan bog‘liq ishlar bajarilmaydi. Bunda asosiy 
vazifa  shift  va  devorni  tekislash  va  suvoq  qilish,  oboy,  plintus,  pol  qoplamalarini  almashtirish  bilan 
bog‘liq    bo‘ladi.  Odatdagi  kosmetik  ta’mirlash  xonadon  egalarining  kuchi  bilan  amalga  oshirilishi 
mumkin. 
Kapital  ta’mirlash  nisbatan  ancha  murakkab  va  qimmatbaho  ta’mirlash  turi  hisoblanib,  unda  barcha 
kommunikatsiya  tarmoqlari  almashtirilishi,  xona  devorlarining  konstruksiyalari  o‘zgartirilishi  asosiy 
tadbirlar qatoriga kiradi. Bu kabi ta’mirlash ishlari albatta, tegishli soha 
mutaxassislari va ustalarini jalb qilgan holda bajariladi. 
Elita usulida ta’mirlash ham kapital ta’mirlashga o‘xshaydi, faqatgina u zamonaviy qurilish va ishlov 
berish materiallari, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda, yuksak malakali mutaxassislar tomonidan 
amalga  oshiriladi.  Shuningdek,  bu  ta’mirlash  turida  mutaxassis  dizayner  tomonidan  xonadonning 
individual  dizayn  loyihasi  tayyorlanib,  maishiy  texnika  va  bezaklarni  o‘rnatishgacha  bo‘lgan  barcha 
bosqichlarda uning o‘zi bevosita ishtirok etadi. 
Alohida aniqlik talab qilmaydigan o‘lchash ishlarida yig‘ma va rulet metrlardan foydalanish mumkin. 
O‘lchashda  metrning  to‘liq  ochilganligi,  zarur  uzunlikka  ega  ekanligi  hamda  tarang  tortilganligiga 
e’tibor qaratish lozim. 
Nisbatan  aniqroq  o‘lchashlar  uchun  shtangensirkuldan  foydalaniladi.  Xonadonni  ta’mirlashda  uning 
yordami bilan bir necha millimetrdan bir necha detsimetrgacha o‘lchamdagi teshiklar diametri, detallar 
qalinligini  o‘lchash  mumkin.  Quvurlar,  simlar,  yupqa  listli  metallar  qalinligini  o‘lchashda 
mikrometrdan,  tashqi  o‘lchamlarni  olishda  kronsirkuldan,  ichki  o‘lchamlarni  olishda  nutromerdan 
foydalaniladi. 
Kapital  ta’mir  –  hamhayajonli,  ham  maftunkor  voqea,  ayniqsa  birinchi  bor  bu  ishga  qo‘l  urganlar 
uchun.  Eski,  xafa  turar  joyni  yangi,  shinam  maskanga  aylantirishni  nimadan  boshlash  kerak  qanday 
yo‘l tutish  zarur? Avvalo,  nazariy tayyorgarlik kerak.  Ko‘proq foydali axborotga ega bo‘lish  ta’mir 
davomida  yo‘l  qo‘yiladigan  qator  xatolarni  chetlab  o‘tishga  yordam  beradi.  Ta’mirlash  ishlarini 
bajarish  uchun  qanday  materiallar  va  asbob-uskunalar  talab  etilishini  aniqlab  olish  ortiqchalik 
qilmaydi. 


80 
 
Strategiya.  Ta’mirlashda  harakatlar  strategiyasini  to‘g‘ri  tanlash  muhim.  Har  bir  ishni  izchil  amalga 
oshirish  lozim.  Agar  ta’mir  davomida  boshqa  uyda  yashab  turishning  iloji  bo‘lmasa,  ta’mirlashni 
bosqichma-bosich  o‘tkazing.  Ishni  qiyinlaridan  –  vannaxonani,  hojatxona,  oshxonani  ta’mirlashdan 
boshlash kerak. Keyin yashash xonalariga o‘tiladi. 
Pol butkul almashtirilib, tortma pol (styajka) qilinayotganda, hojatxona va vannaxona bilan bir vaqtda 
dahlizning  poli  ham  baravarlab,  tekislanadi.  Bu  yonma-yon  xonalar  polining  bir  tekislikda  bo‘lishi, 
xonalararo eshiklarni to‘g‘ri va sifatli o‘rnatilishi imkonini beradi. 
Ta’mirlash  reja-loyihasi.  Xonadoningiz  yoki  uyingizni  ta’mirdan  keyin  qanday  holatda  ko‘rishni 
istashingiz  haqida  aniq  tasavvurga  ega  bo‘lgan  ma’qul.  Dizayn-loyihani  professional  dizaynerlarga 
buyurtirish mumkin. Yoki tayyor dizaynerlik yechimlaridan ruhlanib, ularni o‘z turar joyingizga tatbiq 
etsangiz ham bo‘ladi. Ijodiy yondashadigan bo‘linsa, ta’mirlash mo‘‘jizaga aylanadi... 
Derazalarni yechish va almashtirish. Agar derazalarni yechish, almashtirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
bu  bosqichni  tashlab,  keyingisiga  o‘tib  ketaverish  ham  mumkin.  Uyning  kapital  ta’miri  barcha  eski, 
kerakmas  narsalarni  olib  tashlashdan  boshlanadi.  Ortiqcha  narsadan  xalos  bo‘lishdan  qo‘rqmaslik 
kerak. Eski narsalarni chiqarib tashlash yangilarini xarid qilgandek quvonch bag‘ishlaydi. Derazalarni 
olib tashlagach esa, yangilarini qo‘yish kerak bo‘ladi. 
Tavsiyalar:  mutaxassislar  yangi  oyna  kostruksiyalaridagi  himoya  plyonkalarini  yechmaslikni  tavsiya 
qiladilar. Plyonka oynalarni ta’mirlash jarayonidagi bo‘yoqlar, tirnalishlardan asraydi. 
Oynalar tayyorlash va o‘rnatish bo‘yicha mutaxassislar profili va kontaktlaridan foydalaniladi. Qayta 
rejalashtirishni  ko‘zda  tutgan  bo‘lsangiz,  devorlar  va  pardevorlarni  aynan  ta’mirlash  ishlarining 
boshida  buzish  kerakligini  unutmang.  Albatta,  qayta  rejalashtirishni  Kadastr  va  Hokimiyatda 
rasmiylashtirib  olish  kerak.  Bu  qanday  amalga  oshiriladi,  qanday  hujjatlar  to‘planishi  kerakligini 
quyida ko‘rib chiqamiz. 
Qayta rejalashtirishning nozik jihatlari. Ta’mirlashga smeta tuzishda chiqindilarlarni olib chiqib ketish 
uchun  xarajatlarni  ham  kiriting.  Buzish  ishlarida  qurilish  chiqindilari  juda  ko‘p  bo‘lishi  va  uni  olib 
ketish uchun bitta yuk mashinasi yetarli bo‘lmasligi mumkin.  
Kommunikatsiyalar,  pardevorlar,  devorlar.  Ushbu  bosqichda  ishlarning  ketma-ketligi  oldinga 
qo‘yilgan vazifalarga bog‘liq bo‘ladi. Yangi devorlar va pardevorlar mana shu paytda ko‘tariladi. Agar 
rejalarda  devor  urish  bo‘lmasa,  kommunikatsiyalar  –  radiatorlar,  kanalizatsiya  quvurlari,  suv 
isitgichlar va boshqalarni o‘tkazish bilan shug‘ullaniladi. 
 
                 
 
 
 
Suv  quvurlari  yotqizishda  bo‘lajak  vannaning  balandligi,  dush  kabinasining  o‘lchamini  aniq  bilish 
kerak.  Gap  shundaki,  turli  dush  kabinalarida  turlicha  suv  uzatish  va  chiqarish  tizimlari  bo‘ladi.  Hali 
hech  narsa  tayyor  emasligiga  qaramay,  bo‘lajak  santexnika  uskunalarining  ulanish  tizimlari  haqidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak. 


81 
 
Elektr simlarining montaji va eskilarini almashtirish ham ta’mirlashning mana shu bosqichida amalga 
oshiriladi. 
Simlar gipsokarton devorlar va pardevorlar ortidan, konstruksiyalar qurilayotganda o‘tkaziladi. Boshqa 
materiallardan devorlar qurilganda oldin ular tiklab olinadi, keyin ularda o‘yiqlar qilinib, elektr simlari 
o‘tkaziladi. 
Tavsiyalar: Panel uylar devorlarida vertikal o‘yiqlar qilinadi. Elektr sim shift ostidan tortiladi, devor va 
pol  ulanishi  joylarida  esa  –  polusti  qoplamasi  tagidan  o‘tkaziladi.  Televizor,  telefon  va  boshqa 
kabellarning yopiq montajini ham esdan chiqarmaslik kerak. 
 
 
                          
 
 
Elektr  simlarini  montaj  qilish  va  uylardagi  eski  elektr  simlarini  almashtirish  bo‘yicha  mutaxassislar 
profillari va kontaktlaridan foydalanish kerka. 
Gipsokarton  devorlarni  qo‘shimcha  ravishda  oshxona  shkaflari,  tokcha  va  intererning  boshqa,  og‘ir 
ashyolari  mahkamlanadigan  joylarida  yanada  mustahkamroq  qilinadi.  Kerakli  joylarda  pishiq  devor 
materiallaridan  qo‘yilmalar  qo‘yiladi,  ular  zaif  gipsokarton  listlariga  yuklamani  ko‘tarishga  ko‘mak 
beradi. Shu sababli, qayerda, nima mahkamlanishini oldindan bilgan ma’qul. 
Tavsiyalar: qo‘yilmalar faqat devorlarda emas, og‘ir pardalar, katta qandillar osiladigan joylarga ham 
kerak bo‘ladi. 
Gipsokarton  turlari,    xillarini  va  tanlashning  boshqa  mezonlari    professional  gipsokarton  o‘rnatuvchi 
ustalar profillari va kontaktlaridan aniqlanadi. 
            Shtukaturka-bo‘yoqchilik  ishlari.  Shtukaturka  ishlari  shiftdan  boshlanadi,  keyin  devorlarga 
o‘tiladi.  Devorlar  qo‘lda  yoki  mashina  usulida  tekislanadi.  Yuzalarni  mashinada  shtukaturkalash 
ta’mirlash  vaqtini  qisqartiradi  va  yana  bir  qator  afzalliklarga  ega.  To‘g‘ri,  mashina  usuli  faqat  katta 
maydonlarda 
amalga 
oshiriladi. 
Kichik 
yordamchi 
xonalarda 
mashina 
shtukaturkasidan 
foydalanishning  iloji  yo‘q.  Birinchidan,  bu  yerda  mashinaning  o‘zi  sig‘maydi,  ikkinchidan  mashina 
shtukaturka ko‘p santimetrlarni “eb qo‘yadi”, bunday joylarda esa, har santimetr hisobli bo‘ladi. 
Devorlarni  qo‘lda  tekislashda  ikkita  ma’lum  usuldan  foydalaniladi:  “chamalab”  va  mayoq  bilan,  90 
daraja ostida (ikkalasini birga qo‘llash ham mumkin). Mayoq bilan tekislash qimmatroqqa aylanadi. 
Tavsiyalar:  bo‘yoq  berishdan  oldin,  devorlarni  mayoq  bilan  tekislash  kerak,  bu  ayniqsa  mebel 
qo‘yiladigan joylarda talab qilinadi, aks holda shkaf devorga jipslanib turmaydi. 
Polga ishlov berish tortma (styajka) tortish, tekislash va zarur hollarda, issiq pol o‘rnatishdan iborat. 
Issiq pol, turiga qarab, polusti qoplamasi tagiga yoki styajkaga o‘rnatiladi. 
Pardozlash  ishlari.  Bu  ishlar  koshin  va  polusti  plitkalarini  yotqizishdan  boshlanadi.  Qayerda  qanday 
plitka  yotqizilishini  oldindan  belgilab  olish  muhim.  Plitka  joylashuvini  kompyuter  chizmasi  yoki 


82 
 
qog‘ozdagi  chizma  yordamida  belgilab  olish  qulay.  Koshin  sotadigan  ba’zi  do‘konlarda  joylashuv 
eskizini  tuzishni  taklif  qilishlari  mumkin.  Loyihani  tuzib  olish  materialdan  kerakli  miqdorda  olish, 
chiqitlar miqdorini minimumga keltirish va oqilona zaxira bilan xarid qilish imkonini beradi. 
Yuzalarni  keramika,  tosh,  bambuk,  panel,  mozaika  va  boshqa  materiallar  bilan  bezatish  ham 
pardozlash bosqichida amalga oshiriladi. 
Santexnika  o‘rnatish.  Kommunikatsiyalarni  ta’mirlashning  boshlang‘ich  bosqichida  o‘tkazish  kerak. 
Santexnik  uskunalar  va  jihozlarni  o‘rnatish  vaqtida  tajribali  ustalar  eski  unitaz  va  rakovinani  olib 
tashlashga  shoshmaslikni  maslahat  beradilar.  Ulardan  qorishmalar  qoldiqlari  va  boshqa  ta’mirlash 
chiqitlarini 
quyib 
yuborilsa, 
hech 
narsa 
qilmaydi. 
 
 
                
 
 
Ustki  pardozlash  va  pol  to‘shash.    Barcha  ishlar  bajarilgandan  so‘ng    “toza”  pardozlashga  qo‘l  ursa 
ham  bo‘ladi,  ularga:  oboylar  yopishtirish,  shift  va  devorlarni  bo‘yash,  polusti  qoplamasini  qoplash 
kabilar  kiradi.  Agar  ustki  pardozlashni  pol  qoplashdan  boshlasangiz,  devorlar  va  shiftga  ishlov 
berishdan oldin uning ustiga nimadir to‘shab qo‘yishni unutmang – yap-yangi polni bo‘yoq va yelim 
bilan dog‘-dug‘ qilib qo‘ymang. Suyuq oboylar – tejamkor ta’mir uchun yechim. 
Eshik  o‘rnatish. Eshik  kesakisi eni  va balandligi ta’mirlashning boshlang‘ich bosqichida belgilanadi. 
Ishlab  chiqaruvchilarda  bu  raqam  turlicha  bo‘ladi.  Eshikni  oldinroq  olib  qo‘ying  yoki  o‘lchamlarini 
aniqlab  qo‘ying.  Ishlab  chiqarish  jarayoni  ancha  vaqt  oladi,  shu  sababli,  vaqt  yo‘qotmaslik  uchun, 
“qora” ishlar tugashi bilan o‘lchovchini ogohlantirish kerak. Uyning kapital ta’mirini yakunlashingizga 
eshiklaringiz  ham  tayyor  bo‘ladi.  Eshik  montaji  va  tayyorlash  bo‘yicha  ustalar  fikrlariga  ko‘ra, 
suriluvchan eshik – maydoni chegaralangan xonalar uchun yechim hisoblanadi. 
Rozetkalar  va  yoritish  uskunalari.    Uy  kapital  ta’mirining  oxirgi  bezagi  –  rozetkalar,  plintuslar  va 
qandillarni  o‘rnatishdir.  Ta’mirlash  bo‘yicha  o‘z  tavsiyalaringiz  bilan  o‘rtoqlashishingiz  va  yuqorida 
keltirilgan ishlarning to‘g‘riligi haqida fikrlaringizni bildirishingiz mumkin. 
  
Bolalar xonasi dizayni. Bolalar xonasi dizaynini yaratish  – murakkab jarayon, chunki hisobga 
olinishi zarur bo‘lgan bir qancha nyuanslarga ega. 


83 
 
 
                          
 
Yodda  tutish  kerak:  aynan  bolalar  xonasi  uchun  dizayn  yaratilmoqda.  Yaxshisi,  bezatish  variantini 
bolaning o‘zi bilan birga tanlang. Chunki, bu uning xonasi bo‘ladi. 
Eski mebelni ta’mirlash turlari va tuzatib yangiday qilish. Inson - bu eski odatlardan, bog‘liqlikdan va 
yangilik  istashdan  tashkil  topgan  zidiyatlar  timsoli.  U  eski  mebelning  qulayligiga  o‘rganib  qoladi, 
ammo bir vaqtning o‘zida uni qay tarzda yangilashni, yangicha ko‘rinish va o‘ziga xoslik baxsh etishni 
istaydi. 
Yangi mebel xarid qiish albatta yaxshi fikr, ammo “buyurtma bo‘yicha” o‘ziga xos mebel juda qimmat 
turadi. Nega endi “qadrdon” mebelni mustaqil ravishda qayta ta’mirlashga urinib ko‘rmaymiz? Buning 
ustiga buni qanday qilib bajarishning juda ko‘p yo‘llari mavjud. 
Ularning asosiylari bilan tanishib chiqamiz... 
1.Yelimlangan vinil plyonka yoki tasma.  
      Yuzasi  silliq  mebelning  tashqi  ko‘rinishini  yangilashning  eng  oddiy  yo‘li:  shkaflarning, 
komodlarning,  tumbochkalarning  va  hok.  G‘  yuzasini  yelim  plyonka  bilan  yelimlash.  Uni  qurilish 
do‘konlarida va bozorlarda xarid qilish mumkin. 
      U  turli  fakturaga  ega  bo‘ladi,  bir  xil  tusdagi  va  naqsh  tushirilgan.  Bitta  kamchiligi  -  plyonka 
bo‘rtma naqshli va egik shaklli mebel uchun to‘g‘ri kelmaydi. 
 
 
2.Morilka va lak 
Yog‘ochdan bo‘lgan mebelni yangilashning ajoyib usuli, ammo unga ishlov berish ko‘p kuch va vaqt 
talab  etadi.  Lokning  yoki  bo‘yoqning  eski  qatlamini  olib  tashlash,  silliqlash,  tus  berish  va  daraxt 
tuzilishiga urg‘u berish uchun avval morilka singdirish, shundan keyin esa lok bilan qoplash lozim. 


84 
 
 
3.Bo‘yoqlar va naqsh yoki gul chizib bezash. 
          O‘zingizni  barcha  fantaziyalaringizni  amalga  oshirishga  imkon  beradigan  mebel  yangilashning 
eng zo‘r usuli - bu uni bo‘yash. Rang va rasmini tanlash faqatgina sizni fantaziyangiz bilan cheklanadi. 
Bir  xil  rangga  bo‘yashingiz  yoki  kamalakning  barcha  ranglaridan  foydalanishingiz  va  durdona  asar 
yaratishingiz mumkin. Faqat silliqlangan yuzani bo‘yash uchun oddiy akril bo‘yoq to‘g‘ri kelmasligini 
hisobga oling, yaxshisi maxsus idishdagi (balloncha) avtomobil bo‘yog‘idan foydalangan ma’qul. 
           Bo‘yashdan  avval  mebel  yuzasini  tozalash  zarur,  yuvish,  yog‘dan  tozalash  va  notekisliklarni 
silliqlash uchun qumqog‘oz bilan ishlov berish kerak. Yoriq va darz ketgan joylarga maxsus qorishma 
(shpaklyovka) surkaladi, keyin esa yuzaning barcha qismi gruntovka qilinadi, va faqat shundan keyin 
bo‘yoq surtiladi. 
4.Krakelyur – mebelga suniy ravishda qadimiy tus berish 
        Krakelyurning ikkita standart usuli mavjud: 
        Bir bosqichli yoki bir davrli – bajarishda ancha oddiy. 
Yoriqlar  orasidan  asosi  ko‘rinib  turgan,  yorilib  ketgan  bo‘yoq  qatlami  kabi  ko‘rinadi.  Ikki  bosqichli 
yoki  ikki davrli  -  murakkab, ammo chiroyliroq.  Uning uchun ikkita lak  kerak bo‘ladi: krakelyurli  va 
shellakli.  Bunday  krakelyurdan  tilla  qoplamada  yoki  rasmda  foydalanish  mumkin.  Yoriqlarning 
ingichka  o‘rgimchak  ini  tufayli  u  ko‘proq  yorilib  ketgan  lakka  o‘xshaydi.  Shuningdek  o‘ziga  xos 
nostandart krakelyur qilish mumkin: 
          1.Fatset laki bilan - uni kamida 2 mm qalinlikda yuzaga surtish bilan. Shpatel, sponj yoki qattiq 
mo‘yqalam bilan surtgan ma’qul. 
          2.Tuxum po‘chog‘i bilan. Buning uchun tozalangan va quritilgan po‘chog‘ni sindirib parchalash 
lozim. Mebel  yuzasi gruntovka qilinadi va keyin unga po‘choq  yopishtiriladi. Keyinchalik, hohishga 
ko‘ra - yuza lak bilan qoplanadi yoki bo‘yoq bo‘yoq bilan bo‘yaladi. 
5.Dekupaj.  
          Ushbu usul bilan istalgan yuzaga bezak berish mumkin. Dekupaj uchun sizga quyidagilar kerak 
bo‘ladi:  rasm  tushirilgan  qog‘oz  salfetkalar  yoki  chiroyli  mato  bo‘laklari,  PVA  yelimi,  akril  bo‘yoq 
qatlami,  yumshoq  idish  –tovoq  yuvadigan  gubka,  mo‘yqalam  va  qaychi  kerak  bo‘ladi.  Bo‘yoq 
qatlamini  surtishdan  avval  mebelning  ishlov  beriladigan  yuzasini  yog‘dan  tozalang. 


85 
 
 
 
6.Krakelyur bilan dekupaj qilish 
Ushbu birikma ajoyib qadimiylik taasurotini beradi. 
7.Patinlash 
              Patinaning  o‘ziga  xos  zang  qatlami  mebelga  ulug‘vor  qadimiylik  taasurotini  bag‘ishlaydi. 
Bunday natijaga ikkita bo‘yoq: asosiy va yordamchi ranglar yordamida erishish mumkin. 
Asosiy rangni yuzaga surting, to‘liq qurishini kutasiz. Keyin quruq mo‘yqalam bilan yordamchi rangda 
mebelning ayrim egik, qavariq, bo‘rtma naqsh, botiq joylarini bo‘yaysiz. 
Bo‘yoq  qoldiqlarini  olib  tashlaysiz,  bo‘yalgan  joylarni  esa  tush  bilan  bo‘yaysiz. 
 
          
 
Yumshoq mebelni qayta ta’mirlash: 
Ehtiyotkorlik bilan yumshoq mebeldan qoplamasini yechib oling va tiqilgan narsalarni chiqarib oling. 
Unga qarab andaza oling va yangi qoplamani biching. 
Prujinani tekshiring. Agar ular g‘ichirlasa, unda uni torting. 
Mebelni liqillashini tekshiring, zarur bo‘lsa mix bilan mustahkamlang yoki yelimlang. 
Taxtadan bo‘lgan asosni lakdan tozalang, silliqlang va bo‘yang. 
Prujina ustiga qop - qanor tikiladigan matoni va porolon qatlamini to‘shang. Keyin tepasidan astarbop 
mato bo‘lagini qo‘ying va uni taxta asosga  stepler bilan qotiring. 
Yangi qoplamani torting va mix yoki skoba bilan mahkamlang. 
         Agar mustaqil ravishda mebelni qayta ta’mirlashni amalga oshirish siz uchun murakkab bo‘lsa, 
unda eski mebelni qayta ta’mirlashni o‘z ishining ustasiga ishonib topshiring. 


86 
 
Ko‘pchilik  xonadonning  yashash maydoniga ortiqcha bir  – ikki metr qo‘shish uchun peshayvonlarni 
sovuq  kirmaydigan  qilishadi.  Yilning  sovuq  vaqtida  oynavon  qilinmagan  va  isitilmaydigan 
peshayvonda - zax, nam va sovuq. 
 
 
                
 
Shuning  uchun  90%  xonadon  egalari  uni  isitishga  harakat  qiladilar.  Kimdir  buni  mustaqil  ravishda 
bajaradi,  kimdir  esa  tajribali  ustalarga  murojaat  qiladi.  Ha,  aytgancha,  bizning  To‘plamda  siz  xuddi 
shunday  ustalarni  topishingiz,  shuningdek,  ularning  ishlaridan  namunalar  bilan  tanishib  chiqishingiz 
mumkin. 
Agar  siz  peshayvonni  mustaqil  ravishda  isitishga  qaror  qilgan  bo‘lsangiz,  unda  qanday  qilib  isitish, 
qanday materiallardan foydalanish va isitishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ma’lumotlar siz 
uchun foydali bo‘ladi. 
Tayyorgarlik 
Peshayvonni ko‘rib chiqing va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar rejasini tuzing. 
Isitish usulini tanlang va rejalashtirilgan ishlar va materiallar smetasini tuzing. 
Peshayvonni isitishning ikki turi mavjud: 
Birinchisi  -  xonadon  ichidagi  romni  va  eshikni  olib  tashlash,  va  peshayvonni  xonaning  bir  qismiga 
aylantirish.  Bu  holda  ichki  deraza  tokchasining  pastki  blokini  olib  tashlash  shart  emas,  chunki  u 
peshayvon  pol  konstruksiyasining  bir  qismi  hisoblanadi.  Yaxshisi  uni  bar  peshtaxatasiga  yoki 
akvarium  osti  polkasiga  aylantirgan  ma’qul.  Yana,  shuni  ham  e’tiborga  oling,  agar  siz  peshayvonni 
xonaning  bir  qismiga  aylantirmoqchi  bo‘lsangiz,  unda  issiqlik  izolyatsiyasini  ikki  qavat  qilishingiz 
lozim bo‘ladi. 
Ikkinchi  variant  -  peshayvonni  oynavon  qilish  hamda  devor  va  polni  isitish.  Shuni  ham  nazarda 
tutingki,  agar  faqatgina  oyna  paketli  derazalar  qo‘yilsa  hamda  pol  va  devorlar  isitilmasa,  unda  qish 
mavsumida  juda  kam  miqdorda  issiqlik  olasiz.  Bundan  tashqari,  muz  qatlami  yoki  devorlarda 
terchilanish  hosil  bo‘lish  xavfi  paydo  bo‘ladi,  bu  esa  zamburug‘  va  mog‘or  paydo  bo‘lishiga  olib 
keladi. 
Peshayvon yoki balkonni sovuq o‘tmaydigan qilish: 
Xona ichidagi devorlarni sovuq o‘tkazmaydigan material bilan qoplab chiqish; 
Tashqi  tomondan  sovuq  o‘tkazmaydigan  qilish.  Bu  variant  moliyaviy  jihatdan  ham,  shuningdek 
keyinchalik  foydalanishda  ham  tejamkorroq.  Tashqi  devorlardagi  sovuq  o‘tkazmaydigan  material 
balkonni ortiqcha nam va bug‘dan hosil bo‘lgan suv tomchilaridan himoya qiladi. 
Keyingi bosqich - sovuq o‘tkazmaydigan material. 


87 
 
 
 
                   
 
 
Zamonaviy qurilish do‘konlari va bozorlari sovuq o‘tkazmaydigan materialning bir nechta turini taklif 
qilishadi: 
1.Penofol - folga va polietilen ko‘pigidan iborat issiqlik saqlovchi. 
Afzalliklari: 
Issiqlik nurlarini 97% qaytaradi; 
Deyarli vaznsiz; 
O‘rnatish oson; 
Narxi arzon. 
2.Penopleks - ko‘piklangan polistrol.Tashqi devorlarni sovuqdan himoya qilish uchun mos keladi. 
Afzalliklari: 
Namga chidamli; 
Issiqlik o‘tkazuvchanligi past; 
   3.Penopoliuretan - ommabop issiqlik saqlovchi. 
Afzalliklari: 
Ekologik jihatdan toza
Foydalanishda sodda va qulay - plyonkadan tashqari istalgan quruq yuzaga surtish mumkin; 
Tezda qotadi va yoriqlarni, kichik teshiklarni hamda darz ketgan joylarni to‘ldiradi; 
Stirodur - yashilsimon ekstruziyalangan penopolistirol. 
 
Afzalliklari: 
Suv o‘tkazmaydi; 
Mustahkam; 
Yuqori darajadagi issiqlik saqlovchi. 
Penopolistirol yoki penoplast. 
Afzalliklari: 
Ekologik toza; 
Zaxarli emas; 
A’lo darajadagi issiqlik saqlovchi va shovqin o‘tkazmaydi; 
Bug‘ va issiqlik o‘tkazuvchanligi past darajada; 
Qulay; 


88 
 
Barcha issiqlik saqlovchilardan eng arzoni. 
Izover - o‘ramli yoki listli mineral shisha tola 
Afzalliklari: 
Issiqlikni samarali himoya qiladi
Issiqlik saqlovchi va shovqin o‘tkazmaydi; 
Og‘ir materiallar bilan birgalikda qo‘llash imkoni mavjud. 
 
Devorlarga ishlov berish 
Issiqlik saqlovchi materialni joylashtirishdan avval barcha teshik va kovaklarni germetik yoki montaj 
ko‘pigi bilan oldindan bekitib chiqish kerak. Ularning sarfini kamaytirish uchun ishlov berishdan avval 
eng katta teshiklarni penoplast bilan to‘ldirib chiqing. 
Gidroizolyatsiya (nam o‘tkazmaydigan qilish) 
Gidroizolyatsiya  uchun  ruberoiddan  foydalanish  mumkin.  Uning  cheti  ikkinchising  cheti  ustiga 
yotqiziladi va qirg‘oqlari gaz gorelkasi bilan eritilib yopishtiriladi. 
Polni isitish 
Pol isitilgandan keyin 15 sm balandroq bo‘lishini hisobga oling! 
Polni eski qoplamasidan, axlatdan va changdan tozalaymiz. 
Qavat - qavat qilib folga va penofol to‘shaymiz. 
Katak qilib qoqilgan taxta panjarani qotirmaiz. 
Oraliqqa sovuqdan himoya qiluvchi material qatlamini to‘shaymiz. 
Birikkan joylarni germetik bilan zichlaymiz. 
Parket, laminat yoki linoleum to‘shaymiz. 
Peshayvonni sovuq o‘tmaydigan qilishning asosiy bosqichlari: 
Devorga ishlov berish. 
Tayyorlab qo‘yilgan materialni devorga qotirish. 
Shiftga ishlov berish. 
Devorlarni suvoq, gulqog‘oz yoki bo‘yoq bilan qoplash. 
Pol quyish yoki to‘shash 
Muvaffaqiyatli dizayn – loyihani yaratish qoidalari 
Oddiydek  ko‘ringaniga  qaramasdan  intererni  jihozlash  –  oson  ish  emas.  Shunday  ekan,  uni  haqiqiy 
mutaxassis bajarishi lozim.  
 
Dizaynni  ishlab  chiqish  bilan  shug‘ullanayotganda  qanday  nozik  farqlarga  e’tibor  qaratish 
lozim. 


89 
 
 
 
 
Ishlab chiqish ibtidosi 
Dizayner  chek  -  varag‘ini  beradi,  siz  unda  o‘z  istaklaringizni  bayon  etasiz.  Muvaffaqiyatli  natijaga 
erishish chun, ular yetarlicha emas. 
Uy: 
Foydali; 
Ishonchli; 
Qulay; 
Chiroyli (xonadon intereri sizning didingizga qarab jihozlanadi) bo‘lishi uchun loyiha tuziladi. 
Yuqorida - sanab o‘tilgan jihatlarning ayrimlari haqida yanada batafsilroq... 
 
Qulaylik 


90 
 
 
                       
 
Eng  asosiysidan  boshlaymiz  –  turar  joydan  oqilona  foydalanishni  ta’minlash.  Dizayner  hayotingizni, 
xarakteringizni o‘ziga xos xususiyatlarini, ijtimoiy maqomingizni o‘rganib chiqishi zarur. 
Masalan,  agar  yotoqxonada  faqat  dam  olish  rejalashtirilsa,  unda  mebel  bilan  jihozlash  va  sharoit 
borasida  barchasi  uncha  -  muncha  tushunarli.  Agar  bu  yerda  televizor  ko‘rishga  va  ishlashga 
odatlangan bo‘lsa, xonani ushbu vazifalarni bajarishga moslashtirishga harakat qiling. Garchi uyqu har 
doimgidek muhim bo‘lib qolsa ham. 
 
Estetika va temperament 
 
Bir  nechta  tamoyillar  mavjud,  ularni  qo‘lllab  ma’qul  keladigan  xonaning  qiyofasini  ancha  tezroq 
yaratish mumkin. 
Tajriba qilishga va o‘z variantingizni topishga urinib ko‘ring. 
 Chaqqon,  hissiyotga  berilgan  xoleriklarga  yorqin,  ko‘zga  yaqqol  tashlanadigan  uslub  to‘g‘ri  keladi. 
Bunday tabiatli odamlar turli tuman mozaikani, oynalarni, notekis chiziqlarni yaxshi ko‘rishadi. 
Sangvinik  uchun  sokin,  bosiq,  ammo  sovuq,  qorong‘u  bo‘lmagan  ranglar  mos  keladi.  Ko‘proq 
sarg‘ish,  xantal  ranglar.  Turar  joydan  samarali  foydalanish  va  o‘zgarishlarga  moyillik  (mebel  - 
transformerni tanlang, adashmaysiz), ortiqcha narsalarning yo‘qligi. 
Flegmatik  -  barqaror  shaxs.  Odatda  klassik  yechimlarni  afzal  ko‘radi.  Ranglardan  -  oq,  ko‘k,  moviy, 
pista rang. Och pushti yoki sarg‘ish tuslarni sinab ko‘ring. 
Melanxoliklar. Shunday fikr borki, ya’ni ta’rifi keltirilgan toifadagi odamlar - introvertlar va ularning 
makoni - ma’yuslikning haqiqiy boshpanasi. Shunga o‘xshash gaplar qisman haqiqatdir. Ammo 100% 
emas.  Foydalaniladigan  materiallar  ro‘yxatidan  temir  va  shishani  chiqarib  tashlash  kerak.  Ko‘proq 
gilamlar va tabiiy gazlamalar. Burchaklar juda ham kam. Gamma: och yashil, jigarrang. 


91 
 
Foyda - barchasining asosi “Bo‘sh” joylarni qoldirmang. 
 
Pardoz 
 
 
 
 
O‘z  kasbining  ustasi  material  tanlashning  o‘ziga  xos  tomonlari  haqida  yaxshi  biladi.  Umuman, 
pardozlashning eng maqbul varianti quyidagicha bo‘lishi lozim: 
Cho‘ntakbop bo‘lishi; 
Foydalanish oson bo‘lishi; 
Eskirishga va uzoq muddatga chidamli bo‘lishi. 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish