Shohizinda
Shohizinda —
Samarqanddagi
meʼmoriy
yodgorlik
(
11
—
19-asrlar
);
Afrosiyob
tepaligi
jan.da
joylashgan
qabristondagi
maqbaralardan
hamda
masjid
,
minora
va
madrasadan
iborat
ansambl
.
Shohizinda meʼmoriy majmuasi
Qoraxoniylar
sulolasi
tomonidan asos solingan.
Ularning eng qadimiysi
Qusam ibn Abbos maqbarasi
boʻlib, xalq
orasida Shohizinda (
tirik
shoh
) nomi bilan mashhur. Ansambl
bir-biri bilan yoʻlak orqali bogʻlangan 3 guruh
binolardan
iborat.
Quyi guruhdagi inshootlar
Ulugʻbek
oʻgʻli nomidan qurdirgan
Abdulaziz
chortogʻi
(
1434
—
35
), unga
shim.dan
Davlat qushbegi madrasasi (
1812
—
13
) tutash,
uning
qarshisidagi
ayvonli
masjid
naqshlar
bilan nafis bezatilgan. 40 bosqichli tik
zinapoya
oʻrtaligʻining chap tomonida
ziyoratxona
va
goʻrxonadan
iborat
qoʻshgumbazli
maqbara (
15-asr
)
joylashgan.
Oʻrta guruhdagi binolar:
Amirzoda maqbarasi
,
Tugʻlu Tekin maqbarasi
,
Shirinbeka ogʻo maqbarasi
,
uning qarshisida
Temurning
boshqa singlisi
Turkan ogʻo maqbarasi
, 8 qirrali maqbara,
Ali Nasafiy
maqbarasi
kabilar.
Yuqori guruhdagi binolar: Ziyoratxona, uch qismdan iborat
masjid,
Xoja Ahmad maqbarasi
, 1360—61 yillarda qurilgan
maqbara, Tuman ogʻo majmuasi (
1405
—
06
), 2 ta nomsiz
maqbara (
14asr
oxiri)ning kiraverish devorigina saqlangan.
Shuningdek, Tamgʻoch Bugʻroxon madrasasi (
11-asr
),
Amir
Burunduq maqbarasi
(14-asr oxiri) kabilardir. Ansambl
tarkibidagi 20 dan ortiq inshootlar davlat muhofazasiga
olingan.
19
—20-asrlarda ansamblning yana bir necha binolari
barpo etilgan.
18-asrda
vayron boʻlgan zina oʻrnida 40
pogʻonali
gʻishtin
yangi
zina
qurilgan
.
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
2004 yil 16 iyul
qaroriga
asosan Sh.
yodgorlik majmuasida katta koʻlamdagi
taʼmirlash
va
obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Yetti iqlimga ayon Samarqanddagi aziz zotlar jasadi qo‘yilgan
Shohi Zinda, ya’ni «Tirik-shoh» xonaqohi, o‘tmish ajdodlarimiz
tarixi va taqdirida alohida o‘rin tutadi.
Dastavval bu yerda XI asrdag Samarqanddagi ilk qoraxoniylar
davrida qurilgan «tirikshoh»ning maqbarasi bor edi.
[1]
Keyinchalik xuddi shu yerga 1066 yili Tamg‘ach Bo‘g‘raxon
madrasasi qurildi va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga keldi. XI-XII asrlarda
serhasham bezatilgan boshqa maqbaralar vujudga kela boshladi. Arxeologlar ulardan bir
nechtasini XIV asr inshoatlarining g‘arb tamonidagi yo‘lakdan qazib topdilar. Ular bezaklari bilan
Temur davri maqbaralaridan farq qilgan. O‘sha davrda ham, Qusam ibn Abbos maqbarasi
«muqqadas» hisoblanib ziyorat qilingan.
U ko‘hna Samarqandning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, Sharq musulmonlarining muqaddas
ziyoratgohlaridandir. Bugungi kunda Afrosiyob nomi bilan mashhur hudud qariyb 220 ga yerni o‘z
bag‘riga oladi. Shu ulug‘ zaminda payg‘ambar avlodi
Qusam ibn Abbos
nomi bilan mashhur
ziyoratgoh tarkib topdi.
Shohi Zinda majmuasi XI asrda paydo bo‘lgan va bu yerdagi 20 dan ziyod maqbarada 44 lavha
bitilgan qabrotoshlardan iboratdir. Qariyb, tuqqiz asrdirki, O‘rta Osiyoning barcha shaharlari va
dunyoning turli go‘shalaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar bu muqaddas maskanni ziyorat qilib
Tarixi
kelmoqdalar. Shohi Zinda majmuasi o‘ziga xos yo‘laklari va mahobatli binolari bilan sayyohlarni
o‘ziga maftun etadi.
Samarqandddagi mashhur zotlar xonaqohi o‘ziga xos va tengsizdir, u dovrug‘i olamga yoyilgan
Misr ehromlari, Toj Mahal qolaversa yetti mo‘jizaning biri desa bo‘ladigan maqbaralar turkumidir.
Shohi Zinda maqbarasida
Qoraxoniylar
va
Temuriylar
hamda din arboblari va peshvolari dafn
etilgan, u dastlab Samarqand din arboblari va hokimlari tomonidan XI asrda payg‘ambar
Muhammad (S.A.V)ning amakilarining o‘g‘li Qusam ibn Abbos sharafiga qurilgan. Qusam o‘z
yaqinlari bilan Madinaga qaytayotganida Samarqandda vafot etganligi to‘g‘risida ma’lumotlar
bor. Ba’zi ma’lumotlarda Qusam ibn Abbos o‘lmagan u tirik g‘oyib bo‘lgan deyiladi.
XIII asrda mo‘g‘ul istilochilarining Samarqandga qilgan harbiy yurishlari, XI-XII asrga oid ko‘plab
inshoatlarni, buzilib, xarobaga aylanishga sabab bo‘ldi. Qabriston XIV asrda qaytadan tiklana
boshlandi.
Amir Temur
hukmronlik qilgan (1370-1405) davrda qurilish ishlari juda jadal sur’atda olib boriladi.
Bu inshootlarning ko‘pchiligi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Turkum majmua Afrosiyobning
shimolidan to janubga shaharning qo‘rg‘on devorigacha cho‘zilgan.m
Ba’zi dahmalar, XI-XII asrlarga oid maqbaralarning xarobalari ustiga quriladi. XV asr boshlarida
binolar Xo‘ja Axmad maqbarasidan Hazrati Xizr masjidiga boradigan yo‘l bo‘ylab quriladi. Temur
davri me’morchiligi, bezak berishning yangi texnikalari bilan ya’ni, qirqma koshinlar bilan yanada
boyitildi. Maqbaralar ikkitadan, tashqi va ichki gumbazli, baland silindr barabanli kilib quriladigan
bo‘ldi.
Shohi Zindada nodir va maftunkor imoratlar anchagina. Har bir maqbara bejirim qutichaga
o‘xshaydi. Shohi Zinda mo‘jizasi sahanalarning birini namuna tariqasida ajratib ko‘rsatish mushkul.
Chunki ularning hammasi betakrordir. Shohi Zinda me’morchilik majmuasi uch qismdan iborat qilib
qurilgan. Shohi Zindaga ulkan o‘ymakor darvozadan kiriladi. Peshtoq ravoqining g‘arbiy devorida,
uni Abdulaziz Bahodir ibn
Ulug‘bek
tomonidan x. 1434-1435 yillarida bunyod etilgani yozilgan. Bu
inshoat Shohi Zindaning qariyb to‘rt asr davomidagi shakllanish tarixida xotima bo‘ldi. Peshtoq
nafis ishlangan.
O‘ymakor eshik, 1911 yilda qurilgan, undagi naqshinkor bezak va yozuvlar kishini o‘ziga tortadi.
Eshikda quyidagi «O‘limdan oldin tavba qilmoqqa shoshilgin va Namozni o‘z vaqtida o‘qishni farz
bilgin» so‘zlari yozilgan. Pastki qism tarkibiga masjid, mulozimxona hamda madrasa ham
kiritilgan. Yozgi masjid ayvoni 1910 yil Samarqandlik usto Mahmud va Muhammad Siddiqlar
qurishgan. Uning devorlari ganch naqshlari bilan bezatilgan. Pastki qismdagi yana ulug‘vor qo‘sh
gumbazli bino tarixan o‘zida tabarruk zotlarning nomini mujassam etadi. Bu inshoat uzoq davr
davomida, Ulug‘bekning ustozi Qozizoda Rumiy nomiga qurilganligi ta’kid etiladi. Buni to‘la
isbotlash uchun 1979 yil 5 noyabr kuni ichkaridagi qabr ochib o‘rganildi. Haqiqatdan ham u
yerdan ayol kishiga xos suyak qoldiqlari topildi. Antropolog Telman Xo‘jayevning aniqlashicha
30-35 yoshlar chamasidagi ayol suyaklari ekan. Maqbarani ichki gumbazlari naqshinkor qilib
ishlangan, panellari esa olti qirrali koshinlar bilan bezatilgan. 1949-1952 yillarda maqbara
tekshirildi va bosib yotgan tuproqdan tozalanib, qayta qurildi.
Nihoyat tabarruk qirq sirli zina orqali majmuaning o‘rta qismiga ko‘tariladi. Zinaning eni 5 gazni
tashkil etadi.
Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi
- SAMARQANDNING TARIXIY OBIDALARI VA
MUZEYLARI BO‘YIChA EKSKURSIYA MATNLARI, 2010
O'zME
Nemtseva, N.B., Shvab, IU. 1979: Ansambl Shakh-i Zinda: istoriko-arkhitektyrniy ocherk.
Tashent: 1979.
Manbalar
Adabiyotlar