Ijodkorlik tabiati. Nima deb o‘ylaysiz, ijodkorlik qobiliyati nasldan naslga o‘tadimi? Uzoq yillar ko‘pgina olimlar va oddiy insonlar ijodkorlik qobiliyati – bu nasldan naslga o‘tuvchi xudo bergan ne’mat deb hisoblashar edi. Shuning uchun agar bola oddiy oilada tug‘ilgan bo‘lsa, undan qaysidir faoliyatda yuksak muvaffaqiyatlar kutishga o‘rin yo‘q. Yetuk kompozitorlar (Baxlar oilasi), rassomlar (rerixlar oilasi), yozuvchilar yaratuvchi – xudoga nisbatan aytiladi (Dyuma oilasi), olimlar (Kyurilar oilasi) ning oilaviy dinastiyasi hammaga ma’lum. Biroq tarixda yetarli ma’lumot olmagan va o‘qimagan oilalardan chiqqan yetuk yaratuvchilar ham ma’lum. Shu bilan birga olimlarda ijodkorlik qobiliyatlari naslga hech ham aloqasi yo‘q va insonning hayoti davomida o‘zini rivojlantirish yo‘li bilan shakllanadi degan fikr yuzaga keldi. Unda haqiqat qayerda? Odatdagiday oraliqda... So‘zsiz, ijodkorlik faoliyatining ayrim nishonalari nasldan naslga o‘tadi va bunga oilaviy dinastiyalar misol bo‘ladi. Shu bilan birga, shaxsning butun hayoti davomida o‘zini rivojlantirishi ijodkorlik faoliyatida yuksak natijalarga erishishning asosiy sharti hisoblanadi.
Eng murakkab savol yuzaga keladi - har birimizning qanday faoliyatga nasliy nishonalar mavjudligini qanday aniqlashimiz mumkin. M.Tvenning «Kapitan Sommerfildning samodagi sarguzashtlari» hikoyasida kapitan Sommerfild jannatga tushib, insoniyatga mashhur bo‘lgan hamma harbiylarning munozarasi o‘tkaziladigan xonaga kiradi. U qatnashuvchilarning yuzlariga qarab, ko‘pchiligini taniydi, lekin qanchalik tirishmasin, stolning boshida munozarani boshqarib o‘tirgan odam kimligini taniy olmaydi. Shunda u bu to‘g‘rida o‘zining qo‘shnisidan so‘raydi, munozarani boshqarib o‘tirgan inson hayotligida etikchi bo‘lgan va u harbiy bo‘lganida ham harbiy san’atning dahosi bo‘lar edi, degan javob oladi.
O‘z qobiliyatlarini bolalikdanoq bilish, ularni maqsadli rivojlantirish va o‘z kasbi va faoliyati sohasini izlashga yillarni va hatto o‘n yilliklarni yo‘qotmaslik imkonini beradi. Biroq tez-tez shunday ham bo‘ladiki, universitetni tugatib bir necha yil ishlagandan keyin inson bu uning ishi emasligini anglaydi. Bizning hayotimiz qisqa va kam natijali, insonga quvonch baxsh etmaydigan faoliyatga bir necha yilning yo‘qotilishi juda achinarlidir. Hozirgi paytda, bolalar va kattalarning qobiliyatlarini aniqlash uchun turli xil psixologik testlar ishlab chiqilgan, lekin muammoni yakuniy yechimiga hali uzoq. Afsus bilan ta’kidlash mumkinki, kishilarning qobiliyatini aniqlashning universal testi mavjud emas. Balki, bu kitobni o‘qiganlardan kimdir kelajakda shunday testlar ishlab chiqadi.
Yana bir juda muhim savol – ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning cheki bormi? Ma’lumki, reproduktiv qobiliyatlar ma’lum chegaragacha rivojlanadi. Biz ip bog‘lash, nonga yog‘ surishni qanchalik mashq qilmaylik, ertami kech biz undan boshqa o‘zib keta olmaydigan oxirgi darajadagi tezlikka erishamiz. Ijodkorlik qobiliyatlari olimlarning isbotlashiga ko‘ra, chegaraga ega emas, insonda ularni rivojlantirish xohishi bor ekan, ular rivojlanaveradi. Xulosa oddiy: ijodkorlik faoliyati o‘zimizga, to‘g‘rirog‘i, nasliy qobiliyatlar va ish qobiliyatlarimizga bog‘liq. Aynan ish qobiliyati insonning hayot faoliyati davomida erishilgan faoliyati natijalarini aniqlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, inson yuksak ish qobiliyati va zarur genetik qobiliyatlarsiz erisha olmaydigan maqsadlar yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |