Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Texnik ijldkorlikning rivojlanishi tarixini gapirib bering.
2. O’quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy sistemasi nimalardan iborat.
3. O’quvchilar texnik ijodkorligi mazmunini asosiy yo’nalishlari qanday rivojlantiriladi.
4. O’quvchi va yoshlar texnik ijodkorlik faoliyatini qanday bosqichlarda ajratish mumkin?
5. Texnik ijodkorlikning mazmuni qanday omillarga kura tanlanadi?
6. Texnik ijodkorlik muammolarini hal yetishda Yangi axborot texnologiyalarining qanday imkoniyatlaridan foydalanish mumkin?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Andrianov P.N. Maktab o’quvchilari texnik ijodkorligini rivojlantirish. (O’quvchilarning texnik ijodkorligi. Tuzuvchi P.N.Andrianov – «Ukituvchi» 1989. 128 b.)
2. Turakulov X.A. Sharipov Sh.S. Talabalar ixtirochilik ijodkorligini rivojlantirish. Uslubiy tavsiyanoma. – Jizzax 1998 yil 36 b.
3. Vorobev A.I., Limanskiy S.A. Texnicheskoye konstruirovaniye i modelirovaniye. Uchebnoye posobiye dlya studentov IPF pedinstitutov i uchahixsya ped uchiliha – T. Ukituvchi. 1990 – 110 s.
4. J.G’.Yuldoshev, Sh.Po’latov, Ta’limda innovasion texnologiya asoslarini tashkil etish. Toshkent. 2011 y. 73 b.
5. O’quvchilarni texnik ijodkorligi Toshkent «Ukituvchi» 1989 yil.
18-Mavzu: O’quvchilar bilan yakka tartibda
17-Mavzu: Texnik va texnologik turlari bo’yicha tashkiliy ishlar.
Reja:
1. Sinf va maktabdan tashqari texnik va texnologik ish turlari bo’yicha olib boriladigan tashkiliy ishlar.
2. O’quvchilar bilan individual ishlar olib boorish.
Tayanch iboralar: Individual, maktabdan tashqari, guruppoviy forma, maktabdan tashqari, ommaviy forma
1. Sinf va maktabdan tashqari texnik va texnologik ish turlari bo’yicha olib boriladigan tashkiliy ishlar.
Har xil turdagi ijodiy birlashmalari, to‘garaklar o‘quvchilarning ma’lum qisminigina o‘z ichiga oladi. Hamma o‘quvchilarning ijodiy faoliyatdan bo‘lgan ijobiy munosabatlarini rivojlantirish maqsadida har xil ommaviy ishlar olib boriladi. Bunday formadagi ishlarni tashkil qilishdan asosiy maqsad ijobiy texnik birlashmalarga ko‘p o‘quvchilarni jalb etishga zamin yaratadi. Ular quyidagi tartibdagi tadbirlar:
- ilmiy texnik kechalar, ratsionalizatorlar, ixtirochilar va ishlab chiqarish xodimlari bilan uchrashuv, musobaqalar (texnik, sport) olimpiadalar o‘tkazish. Ishchi kasbi mehnat mahorati bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, yosh ratsionalizatorlar faoliyati va texnik konferensiyalar o‘tkazish. O‘quvchilar texnik ijodkorligi ko‘rgazmasini tashkil qilish, mehnat bayrami va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |