Foydalanilgan adabiyotlar
1.Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.// -T.:”Sharq”, 1997. - 63 b.
2. “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari” to‘g‘risidagi qonun. //O‘zbekiston ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatining Respublika Kengashi. Rasmiy xujjatlar to‘plami. № 2.-T.,1994 . 4-28 b.
3.Pravila sostavleniya i podachi zayavok na izobreteniya i polezniye modeli. -T., 1993. 56 s.
4.Asatryan A.T. Razvitiye tvorcheskix sposobnostey shkolnikov v krujkax stanshii yunix texnikov. - M.: 1987. 18 s.
5.Bosh qotir, yarat, sinab ko‘r!: Qog‘oz modellar to‘plami: O‘rta maktabning 4-8 sinf o‘quvchilari uchun kitob/ [O.YE.Zamotin va boshq.].- 2-qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashr. Tarj. - T.O‘qituvchi, 1988 -144 b.
6.Vachevskiy M.A. Osnovi ratsionalizatorskoy i izobretatelskoy raboti. Kiyev, 1988 . 92 s.
7.Vorobyev A.I., Limanskiy S.A. Texnicheskoye konstruirovaniye i modelirovaniye. Uchebnoye posobiye dlya studentov IPF pedinstitutov i uchashixsya peduchilish. -T.: Ukituvchi, 1990. -110 s.
8.Turaqulov X.A., Sharipov Sh.S. Talabalar ixtirochilik ijodkorligini rivojlantirish . metodiy tavsiyanoma. - Jizzax, 1998. 36 b.
9.Andrianov P.N. Maktab o‘quvchilari texnik ijodkorligini rivojlantirish // O‘quvchilarning texnik ijodkorligi. Tuzuvchi P.N.Andrianov. - T .:”O‘qituvchi”, 1989.128 b.
18-Mavzu: O’quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish metodlari.
Reja:
1. O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish.
2. O’quvchilarni maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishning guruppoviy formasi.
3. Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi.
Tayanch iboralar: Individual, maktabdan tashqari, guruppoviy forma, maktabdan tashqari, ommaviy forma
O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish. O‘quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni har xil formalarda tashkil qilishning asosiy vazifasi, ularni ijtimoiy foydali faoliyatda faol ishtirok etishni, shaxsiy qiziqishlarini, moyilligi va imkoniyatlarini to‘liq ishga solishdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarga pedagogik rahbarlik qilishdan maqsad o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash faqat maktabdagina emas balki ijtimoiy tashkilotlar orqali texnik ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi umumiy o‘rta maktablarida fanlardan olgan bilimlarini texnik masalalarni yechishga to‘liq safarbar etishdir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va olib borish ta’lim va tarbiyaning umumiy prinsiplari asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarning mehnat va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini quyidagi 3 ta guruhga birlashtirish mumkin:
O‘quvchilarning individual ishlari.
O‘quvchilarning qiziqishiga qarab to‘garaklar, klublar, ijodiy birlashmalariga gruppaviy mashg‘ulotlar.
Juda ko‘p sonli o‘quvchilar ishtirokidagi ommaviy tadbirlar
O‘quvchilarning individual ishlar bilan shug‘ullanishi bu ijodiy jamoada ishlashiga zamin yaratadigan ijodga qiziqishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zidan katta yoshdagi o‘quvchilar, o‘qituvchi yoki boshqa mutaxassisning rahbarligida har xil texnika va texnologiyalarni modellashtirish va loyihalashtirish bilan shug‘ullanishida texnikaning biror turiga qiziqadigan o‘quvchilar bir-biri bilan xabarlashib guruhlarni tashkil qiladi, natijada texnik to‘garaklar paydo bo‘ladi. To‘garaklardan yetishib chiqqan o‘quvchilarni ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur shug‘ullanishga rahbarlik qilish ham individual ish turiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |