Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/184
Sana22.01.2022
Hajmi9,47 Mb.
#399462
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   184
Bog'liq
texnik izhodkorlik va dizajn

2.
 
 Pap‟ye-Mashe uchun kerakli jihoz, moslama, qolip va xom-
ashyo materiallari 
Narsalar  yasashda ishlatiladigan asbob va  moslamalar. Loy bilan 
ishlaganda  asosan  oddiy  asboblar:  pichoq,  oddiy  konstruksiyadagi 
yog`och  va  metal  uchli  stekalardan  foydalaniladi.  Plastilin  va  mum 
bilan  ishlanganda  metal  stekalardan  foydalaniladi.  Ularni  qizitish 
hamda  yo`g`on  mis,  alyumin  yoki  temir  simdan  tayyorlash  mumkin. 
Sirkul,  sirkul-pantograf,  merka,  chizg`ich  va  burchaklar  kabi  o`lchov 
asboblari modellarni chizish va o`lchash ishlarida kerak bo`ladi. 
Loydan  narsalar  yasash  usullari.  Loy  va  plastilin  bilan  ishlashda 
kerak bo`ladigan qoidalar: 
1.
 
Yumaloqlash  -  bu  bir  parcha  loydan  shar  yasash,  unga  olcha, 
olma kabilar shaklini berishdir. 
2.
 
Bir bo`lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi. 
3.
 
Shar  yasash,  so`ngra  uzunasiga  harakatlar  bilan  uni  tuxum, 
ustun kabilarga aylantirish. 
4.
 
Yassilash  -  sharikdan  yassi  non  yasaladi,  qo`lning  holati  doim 
o`zgarib turadi. 
5.
 
Cho`zish - sharikning bir qismi cho`ziladi. 
6.
 
Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o`zaro biriktirish. 
Shuni  qayd  etish  lozimki,  O`zbekiston  issiq  iqlim  sharoitida 
narsalar  yasash  bo`yicha  amaliy  mashg`ulotlarni  loydan  bajargan 


~ 118 ~ 
 
ma‘qul, chunki plastilindan yasalgan narsalar issiqda  o`z shaklini tez 
yo`qotadi. 
Ishni  oddiy  predmetlar:  sabzavot-mevalarni  yasashdan  boshlash 
kerak.  Tayyor  namuna  yoki  rasm  bo`yicha  ishlashni  taklif  etish 
mumkin.  O`quvchilar  narsalar  yasash  usullarini  egallab  olganlaridan 
so`ng  o`yinchoqlar,  badiiy  bezakli  dekorativ  idishlarni  yasashga 
o`tishlari mumkin. 
Pap‘ye-Mashe  ―ivigan‖,  ―g`ijimlangan‖  qog`oz  demakdir. 
Bunday  qog`ozdan  kleyster  bilan  loy  va  plastilindan  yasalgan  tayyor 
model bo`yicha forma yelimlanadi. 
Pap‘ye-Mashedan  tayyorlangan  o`yinchoqlar,  maktab  o`quv 
inventlari,  har  xil  mayda-chuyda  narsalar  yasashning  osonligi  bilan 
ajralib  turadi.  Pap‘ye-Mashe  bilan  ishlash  jarayoni  o`quvchilarda 
mehnat malakalarining shakllanishiga, turli asbob va materiallar bilan 
ishlash ko`nikmalarining rivojlanishiga yordam beradi. 
Pap‘ye-Mashe  bilan  ishlaganda  stekalar,  lanset,  yelim  pishirish 
uchun  idish,  tayyor  mahsulotni  bo`yash  uchun  bo`yoq,  mo`yqalamlar 
kerak  bo`ladi.  Ish  qog`ozni  tayyorlashdan  boshlanadi.  Buning  uchun 
gazeta  va  o`rash  qog`ozlari  kerak  bo`ladi.  Qog`oz  namlanadi,  biroq 
ivib  ketmasligi  kerak.  Bir  idishda  gazeta  ikkinchi  idishda  o`rash 
qog`ozi turadi. Shundan keyin yasaladigan forma tayyorlanadi. 
Piyola  fanera  ustiga  to`ntarib  qo`yiladi.  Unga  yupqa  qalam  yog` 
(vazelin,  o`simlik  yog`i)  surtiladi.  Shundan  keyin  namlangan 
poloskalarga kleyster surtib, birin-ketin quruq tomonini piyolaga qilib, 
bittadan oralatib, bir-biriga ko`ndalang, bir lenta ikkinchiga yetadigan 
qilib qo`yib chiqiladi. 
Poloskalarning  eni  1-2  sm,  uzunligi  esa  piyolaning  ikkala 
tomoniga yetib, fanera ustiga tushib turadigan bo`lishi kerak. Bunday 
qog`ozlar  ikki  qatlam  qilinib  ochiq  joylarni  qoldirmay,  qog`ozni 
navbatlab  yelimlanadi.  Shundan  keyin  yana  ikki-uch  qatlam 
yopishtiriladi,  biroq  endi  poloskalar  emas,  balki  qog`oz  parchalari 
yopishtiriladi.  Qog`oz  albatta  qo`lla  yirtilishi  kerak,  shunday  qilinsa 
yelimlangan qog`ozdan bir me‘yordagi tekis qatlam hosil bo`ladi. 
Shunday  qilib,  model  ustiga  bir  necha  qatlam(5-6-8)  qog`oz 
parchalari,  buyumning  kattaligiga  ko`ra  yopishtiriladi.  Qog`oz 
formani  modeldan  namligida  olish  kerak.  Agarda  forma  modeldan 
chiqmasa,  uni  bir  oz  quritish,  pichoq  yoki  lezviye  bilan  qirqib, 
modeldan  olish  kerak.  Chetlarini  ohista  to`g`rilab,  qirqilgan  joy 


~ 119 ~ 
 
yelimlanadi va bir-ikki sutka davomida quritiladi. Yaxshilab quritilgan 
papye-mashe  formaning  sathi  silliq  qilib,  jilvir  bilan  tozalanadi. 
Shundan  so`ng  papye-mashe  gruntlanadi  (mo`yqalam  yordamida 
levkas  beriladi).  Levkas  suvda  namlangan  barmoq  bilan  tekislanadi. 
Gruntlangan forma quritiladi va jilvir bilan tozalanadi. Shundan so`ng 
u  bo`yaladi,  qog`ozda  tayyorlangan  eskiz  bo`yicha  bezaladi.  Tayyor 
modellar  bo`yicha  xilma-xil  archa  o`yinchoqlari,  idishlarni  yasash 
mumkin.  Papye-mashedan  tayyorlangan  o`yinchoqlar  loy  va 
plastilindan  yasalgan,  keyin  gips  formalariga  qo`yiladigan  hajmli 
bo`lishi  mumkin.  Gips  shakldagi  Pap'ye-Mashe  loydagidek  bo`ladi. 
Yong`oqning,  shaftoli,  o`rik  danagining  bo`laklarini  plastilin  bilan 
yopishtirilsa, baliq, jo`ja, odam, buratino hosil bo`ladi. 
 
 


~ 120 ~ 
 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish