Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

 
 
 
 


~ 7 ~ 
Bo`lajak mehnat ta‟limi o`qituvchilarini tayyorlashda
mazkur fanning tutgan o`rni 
Hozirgi kunda bo`lajak mehnat ta‘limi o`qituvchilari rahbarligida 
o`quvchilarda 
dastlabki 
texnologik 
bilim 
va 
ko`nikmalarni 
shakllantirishdan, ularni unumli mehnatga jalb qilishdan tashqari, 
o`g`il va qizlarda texnik tafakkurni hamda konstruktorlik ijodkorlik 
qobiliyatlarini rivojlantirish kerak. 
Bo`lajak mehnat ta‘limi o`qituvchilarini o`quvchilarning texnik 
ijodkorlik va dizayn faoliyatini boshqarishga tayyorlash uchun 
talabalar 
konstrukstiyalash 
va 
modellashtirish 
ishlarini 
o`zlashtirishlari lozim. Konstruksiyalash jarayoni detalning shaklini, 
o`quv ustaxonasida uni tayyorlash imkoniyatini aniqlash bo`yicha 
mustaqil fikr yuritib ishlashni taqozo qiladi. 
Konstruksiyalash mashg`ulotlari aqliy faoliyat malakalarini 
shakllantiradi, kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, o`quv materialini ongli 
va puxta o`zlashtirishda yordam beradi, kasbiy ko`nikma va 
malakalarining shakllanishini tezlashtiradi. 
Yuqorida aytilganlardan bo`lajak mehnat ta‘limi o`qituvchisi 
o`zlashtirishi lozim bo`lgan konstruksiyalash tajribasi qanchalik katta 
ahamiyatga ega ekanligini yaqqol anglash mumkin. Mehnat ta‘limi 
o`qituvchisi buyumlarni konstruksiyalash va modellashtirishni 
o`quvchilarga o`rgatishga rahbarlik qilishni, albatta, bilishi kerak.
 
 
Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari 
Ma‘lumki, faoliyat – erishiladigan natijada inson aniq mahsulot 
yaratadigan jarayondir. Faoliyat reproduktiv va ijodiy bo`lishi 
mumkin. Reproduktiv faoliyat – batafsil ishlab chiqilgan algoritm 
bo`yicha bajariladigan jarayon va natijada faoliyat sub‘yekti 
(sub‘yektiv yangilik) uchun ham boshqa kishilar uchun ham 
(ob‘yektiv yangilik) yangilik bo`lmagan mahsulot yaratiladi. 
Ijodkorlik faoliyati bu boshqa masala. Ijodkorlik faoliyatining hech bir 
turi uchun ularni bajarishning batafsil algoritmi yaratilishi mumkin 
emas, biroq ijodkorlik faoliyatining ko`pgina turlari uchun umumiy 
algoritm allaqachon yaratilgan, masalan: insho yozish, kiyimlarni 
moslashtirish, texnika bo`yicha ijodkorlik masalalarini yechish va 
boshqalar. Ijodkorlik faoliyati natijasida sub‘yektiv yoki ob‘yektiv 
yangilikka ega bo`lgan mahsulot yaratiladi. 


~ 8 ~ 
Har bir insonning hayoti davomida hal qilishi zarur bo`lgan 
ko`pgina muammolar yuzaga keladi. Insonlar, odatda, o`z 
muammolarini qanday hal qiladilar? Ba‘zilar o`z intuitsiyasiga 
tayangan holda yechimni topishga harakat qiladilar, boshqalari o`zga 
insonlar bilan maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-
ommabop adabiyotlarni tahlil qilib, o`z muammolari yechimini 
topishga urinadilar, uchinchilari esa bu ishni boshqa shaxslarga yoki 
tasodifiy holatlarga qoldirib, muammo yechimidan umuman 
uzoqlashishga harakat qiladilar. Insonlarning faqat unchalik katta 
bo`lmagan qismigina o`z muammolarini ijodkorlik faoliyati metodlari 
yordamida yechadilar. 
Ijodkorlik – bu ob‘yektiv (hamma uchun) yoki sub‘yektiv (o`zi 
uchun) yangi tizimlar yaratish jarayoni. Har bir insonga ijodkorlik 
faoliyati texnologiyalari va metodlarini egallash zarurmi, axir hamma 
ham ob‘yektiv yangiliklar yaratmaydi-ku? Inson kim bo`lib 
ishlashidan qat‘iy nazar: ovqat tayyorlashi, kiyimni modellashtirishi, 
o`z farzandlarini tarbiyalashi, ko`pgina uy ishlarini bajarishi va 
xo`jalik muammolarini yechishiga to`g`ri keladi. Shuning uchun javob 
bir xil ijodkorlik metodlarini har bir inson egallashi zarur. Qanday 
metodlarni va qaysi faoliyat uchun qo`llash yoki qo`llamaslik bu 
uning tanlash huquqidir.

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish