Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни


Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

 
Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy
faoliyatning ahamiyati 
Pedagogik ta‘lim muassasalarida bo`lajak mehnat ta‘limi 
o`qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko`p qirrali 
bo`lib, talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali 
yo`llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash bilan birgalikda, 
o`quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo`lajak mutaxassislarning 
ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligi bilan umumlashtirishning aniq usul va 
vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o`z ichiga 
oladi. Shuningdek, ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni aks ettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to`laroq javob 
berishi kerak. 
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 
o`tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida 
ilm olishni axborotlashtirishning amaliy yo`naltirilgan yaxlit davlat 
siyosatiga asos solindi, uning ustuvorliklari bo`lgan dastlabki 
me‘yoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga misol sifatida ―Ixtirolar, 
foydali modellar va sanoat namunalari to`g`risida‖, ―Axborotlashtirish 
to`g`risida‖, ―Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va 
ma‘lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to`g`risida‖, ―Aloqa 
to`g`risida‖gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlarni keltirish 
mumkin. Ushbu qonunlarga muvofiq yaratilgan imkoniyat va 
imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanishdagi iqtisodiy 
samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o`zlashtirish, ular 
vositasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga asoslangan 
intellektual mulk innovatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi 
istiqbollarni ochib berdi.
 
 


~ 6 ~ 
O`quvchilar texnik ijodkorligining
pedagogik va psixologik xususiyatlari
Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat 
bashariyatni olg`a harakatlantiruvchi asosiy omil bo`lib kelgan. 
Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o`rgatish, uni o`z 
zamonasining eng ilg`or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda 
hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. 
Texnik ijodkorlik va dizaynni tashkil qilishda ikki o`zaro bog`liq 
vazifani e‘tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, ta‘lim oluvchilarga 
ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilimlarni 
egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; 
ikkinchisi, o`zlashtirilgan bilimlarni ta‘limda va amaliy faoliyatda 
mustaqil qo`llay olishga o`rgatish bilan belgilanadi. 
Texnik ijodkorlik ta‘lim oluvchilar egallayotgan bilimlarining 
mustahkamligi va mukammalligini ta‘minlash, ularda faol va mustaqil 
fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini 
rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, 
ayniqsa bo`lajak mehnat ta‘limi o`qituvchilarining fan asoslarini 
o`zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga 
oshirishda ijodiy ishlar shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Ijodkorlikka bo`lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, 
o`z rivojlanishida bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan 
birinchisi havas - ehtiyojning eng sodda shakli bo`lib, inson 
tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish 
bosqichi bo`lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u 
shaxsning ma‘lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari 
majmuasini ifodalaydi. Uchinchi, eng murakkab bosqich bo`lgan 
qiziqish xohish va u bilan bog`liq bo`lgan tushunchalar asosida 
yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi ta‘sirlar, shaxs faoliyati 
hamda ta‘lim-tarbiya jarayoni ta‘sirida shakllanib boradi. Bu holatlar 
psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va 
iroda xislatlariga sezilarli ta‘sir ko`rsatib, shaxsning shakllanishida 
alohida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish