Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

Atirgulli sumkacha 
Har bir qizga o`ziga doimo boshqalar e‘tibori qaratilishidan 
benihoya 
zavqlanadi. 
Ayniqsa 
bayramlar, 
to`yu-tantanalarda 
bazmning haqiqiy malikasi bo`lishni istamaydigan qizning o`zi 
bo`lmaydi. Bunda ajoyib soch turmagi va bazm ko`ylagidan tashqari, 
sumkaning ham xizmati katta. Ayniqsa, u nafis shoyiga atirgullar 
bilan bezak berib tikilgan bo`lsa, yanada ajoyib bo`ladi. Bunday 
ajoyib sumkacha qanday tayyorlanishi, tikilish usulini quyida 
ko`rsatib o`tamiz. Buning uchun bizga 0,8 m enlikdagi shoyidan 140 
sm, 0,5 m enlikdagi organza matosidan 140 sm, 280 sm lik flezirin 
parchasi, qattiq karton va munchoqlar kerak bo`ladi. 
1.
Shoyidan quyidagi bo`laklarni bichib olamiz: 
- uzunligi 21 sm, eni 19 sm bo`gan 2 tashqi asosiy qism ( bu 
tepadagi butun choklardan 5 sm da hosil bo`ladi.) 
- uzunligi 13 sm, eni 19 sm bo`gan 2 ta ichki asosiy qism. 
- diametri 12 sm bo`lgan 2 ta sumkachaning tag qismi. 
- uzunligi 9 sm, eni 12 sm bo`lgan ichki cho`ntak. 
- kalta tutqich uchun uzunligi 37 sm va eni 5 sm bo`lgan 2 ta 
qiyqim ( chok haqisi bilan) 
- uzun tutqich uchun uzunligi 118 sm va eni 4 sm bo`lgan qiyqim 
( chok haqisi bilan) 


~ 201 ~ 
- o`rash uchun uzunligi 75 sm va eni 4 sm bo`lgan kesma ( chok 
haqisi bilan) 
- o`ram oxirini bezatishga gul yasash uchun 2 ta 12*10 sm lik 
kesma 
- atirgulli bezak uchun uzunligi 40 sm va eni 6 m bo`lgan 16 ta 
tasma ( chok haqini hisobga olmagan holda) 
- organza matosidan atirgulli bezak uchun uzunligi 50 sm va eni 8 
sm bo`lgan 16 ta tasma (chok haqini hisobga olmagan holda) 
- tag qismi uchun diametri 12 sm bo`lgan qattiq karton. 
2.
Flezilindan 2 ta tashqi asosiy qism va bitta tag qismi kerak 
bo`ladi. Kerakli bo`laklarni flezilin yordamida yelimlaymiz. 
3.
Tashqi asosiy qismdan tepa qayirma chokdan 3 va 4,5 sm 
pastroqda yashirin choklarni o`lchab belgilab olamiz. 


~ 202 ~ 
4.
Har ikki bo`lakni ichki tomonga o`giramiz va yon choklarni 
tikib chiqamiz. Bunda tepadan 2 sm va yashirin choklar o`rtasi 
tikilmasdan ochiq qoldiriladi. 
5.
Tag qismni ham birlashtiramiz. 
6.
Tikuv choklarini astar tomonga o`girib, unga belgilangan qaviq 
bo`ylab yahirin choklarni ko`chirib o`tkazamiz. Qattiq kartonli tag 
qismni birlashtiramiz. 
7.
Tepa teshikdan ichki cho`ntak choklarini tortamiz va astar 
tomonga o`giramiz, so`ng bostirib tikib chiqamiz. 
8.
Ichki cho`ntakni tepadan 3 sm pastga, bir yon tomonga tikib 
chiqamiz. 


~ 203 ~ 
9.
Ichki asosiy bo`limni ham yon tomonga tikib chiqamiz. Tepa 
teshikdan astar tomonga o`girib, tag qismni o`rnatamiz. 
10.
Uzun 
tutqich 
uchun 
kerak 
bo`ladigan 
qiyqimlarni 
birlashtiramiz.
11.
Uzunasiga teng o`rtasidan bukamiz. Bunda o`ng tomoni 
ichkariga qartilgan bo`lib chokdan 1sm teshik qoldiriladi. Tutqichni 
teskari ag`daramiz ammo yassi qilib tortmaymiz.
12.
O`girish juda qulay. Uch qismiga rezinka bo`lagini tikib, 
so`ngra rezinkani o`tqazish uchun tutqichimizni to`g`nog`ich 
yordamida teskariga o`giramiz. 


~ 204 ~ 
13.
Qisqa tutqich uchun mo`jallangan har bir qirqimda 1m 
enlikda uzun kesiklar qayirib chiqib, dazmollaymiz. Tutqichlarga 
shakl berish uchun flizelindan uzunligi 35 sm va eni 3 m bo`lgan 2 ta 
kesim kesib olamiz. Bo`lishdek o`rab dumaloqlab, kalta tutqichlar 
ichiga solamiz. Uzun tutqich uchlarini chetidan tikib chiqamiz. 
Tutqich uchlarini sumkachaning ichki tomonidan yashirin choklardan 
tepada, har ikki yon tomondagi tikish chizig`idan 4 sm masofaga 
o`rnatib, tikib chiqamiz. Uzun tutqich uchlarini ham xuddi shu tarzda 
yashirin chokdan tepa qismga chatib qo`yamiz. 
14.
Ichki qismni tashqi astar bilan ichki astarni birlashtirgan 
holda tashqi qism ichiga solamiz va yashirin choklardan teparoq 
qismdan chatib qo`yamiz. Sumkaning yuz qismidan yashirin choklar 
bo`ylab tikib chiqib, yo`lakcha hosil qilamiz. Tashqarisidan 
ichkarisiga qayirib, qayirish joyidan boshlab, eni 1 sm keladigan 
tasma qatlaymiz va tikamiz. Uni o`ng tomonga ag`darib, yashirin chok 
ichidan o`tkazamiz. 
15.
Gulli bezak uchun mo`ljallangan to`rtburchak matolarni 
o`rtasidan buklaymiz va uzunligi 10 sm eni 1sm dan bo`lgan kesimlar 
hosil qilamiz. Choklarni dazmollaymiz. Har bir tutqichni ag`darib 
olib, ochiq kesimlar joylashishi uchun astarma-astar to`g`rilaymiz. 


~ 205 ~ 
16.
Kesiklarni birlashtiramiz. Gulning birlashgan uchlarini tasma 
uchlariga kiygazamiz va qadab qo`yamiz. Bunda gul tasma tomonga 
qaratiladi. Gulni qattiq qilib tortib tasmaga tikamiz. So`ngra 
ag`daramiz. Keyin esa choklarni berkitih uchun bostirib chiqib 
tikamiz. Gulning tepa qismini to`rtbargli shaklda buklaymiz va 
markaziy nuqtasida birlashtirib tikamiz. 
17.
Bezak uchun atirgullar yasaymiz. Shoyi tasmalar va organza 
tasmalarni uzunasiga ikkiga buklaymiz, o`ng tomoni tashqarida 
bo`lishi kerak. Tasma uchidan egik yo`nalish bo`ylab yumshoq yoy 
o`rab olamiz. 
18.
Uzun kesimlar bo`ylab yig`ish uchun yo`lak qoldiramiz va 
pastki ipni tortamiz. 


~ 206 ~ 
19.
Har bir shoyi tasmani atirgul shakliga keltiramiz. 
20.
Har bir o`ramni ip bilan mahkamlab tortib, 
mustahkamlaymiz. 
21.
So`ng uning atrofiga organza tasmalardan hosil qilingan 
o`ram qo`yamiz. Har bir o`ramni mahkam tikib chiqamiz. Shoyi 
g`unchalar ustiga munchoqlar bilan bezak beramiz. 


~ 207 ~ 
22.
Shu tarzda yana 15 ta atirgulcha yasaymiz. 
23.
Atirgullarni sumkachaga 2 qatorga 8 ta gulni joylashtirgan 
holda yopishtiramiz. Qarang qanday ajoyib san‘at asari paydo bo`ldi. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish