Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни


Loyihalash mazmuni va bosqichlari



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

 
Loyihalash mazmuni va bosqichlari 
Bu bosqichning mazmuni - tasdiqlangan badiiy loyihalovchi takliflarini 
rivojlantirish va chuqurlashtirish bo`lib hisoblanadi, pirovard maqsad esa 
badiiy-loyihalovchi loyihani topshiriqda belgilangan hajmida bajarishidir. 
Asosiy tuzilish mavzusi allaqachon aniqlangan va agar sanoat san‘ati 
asarlarining ko`rinishi haqida gapirish mumkin bo`lsa, uning paydo bo`lishi 


~ 81 ~ 
to`laligicha badiiy-loyihachi takliflari bosqichiga taalluqlidir. 
Badiiy-loyihachi loyihalarining umumiy hajmi buyum xususiyati va 
katta kichikligiga bog`liq. Mayda buyumlarning to`g`ri burchakli fazoviy 
shakllari va ularning kesimlari, o`zlarining asl (natural) hajmlarida, ba‘zan 
hatto xomaki nusxa bosqichida ijro etiladi. 
Agar gap loyiha varaqalariga to`g`ri kelmaydigan yirik buyumlar 
haqida borsa, tasvir kichraytiriladi. Ba‘zan juda muhim ahamiyatga ega 
bo`lgan mavzuni ochish uchun tabiiy ko`rinishda tasvirlanadi. Masalan, 
xona yorug`ligini loyihalashtirishda chiroq asl o`lchamida chiziladi. Yo`l 
mashinasi yoki boshqa biron xil transport vositasi ustida ishlanganda, 
haydovchining o`tiradigan joyini, maxsus kreslosi va boshqarish jihozlarini 
asl o`lchovlarda chizish maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Oldindan va izchil ishlab chiqilgan usuli bo`lmasa, sanoat ishlab 
chiqarishida mukammal mahsulot yaratib bo`lmaydi. 
Badiiy loyihalashning butun jarayoni bosqichlarga bo`linadi, ular 
uslubiy jihatdan me‘morchilikda loyihalashtirish bosqichlari bilan umumiy 
belgilarga ega. 
Sanoat mahsulotlarini loyihalashtirish, topshiriqni tuzib chiqish va 
topshiriq berish vaqtdan boshlanadi. Topshiriqni tuzishda bo`lajak 
mualliflar-dizaynerlar ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir. Topshiriq 
buyurtmasi yozma tarzda beriladi, ba‘zan esa loyiha chiziqlar bilan 
to`ldiriladi va ularda loyihaga tushgan buyumning asosiy o`lchovlari 
ko`rsatiladi. Topshiriqda xizmatga oid vazifalar, chamalangan loyihaviy-
tavsiya qarorlar, badiiy-loyiha ishlab chiqarish jarayoniga qo`yiladigan 
maxsus talablar qisqagina bayon etiladi. 
Loyihalashda, topshiriq mavjud mahsulotni zamonaviylashtirish 
va istiqbolli loyihalashga qaratilgan bo`lishi mumkin. 
Rassom-loyihachi muhandis-loyihachi bilan birga, ayrim hollarda esa 
texnolog va boshqa mutaxassislar bilan mahsulotga qo`yilgan topshiriq va 
talablarni atroflicha o`rganib chiqadi. 
Buyurtmachining topshirig`ini o`rganish va tahlil etishda quyidagi 
asosiy talablar aniqlanishi lozim: 
a) ish tartibi va qulayligi, ta‘mirlash, tekshirish qulayligi va 
hokazolardan kelib chiqadigan xizmatga oid foydalanish talablari; 
b) mahsulotdan foydalanish jarayonida insonning his-tuyg`u a‘zolari, 
markaziy asab holati, mushak-harakatlantiruvchi tizimiga ta‘sirini ko`zda 
tutuvchi ruhiy-fizikaviy talablar; 


~ 82 ~ 
c) mahsulotda foydalanishi mumkin bo`lgan atrofdagi muhit va aniq 
sharoitlar tomonidan qo`yilgan talablar; 
d) ma‘lum ishlab chiqarish bazasi, mahsulot tayyorlash imkonlari va 
hokazolar mavjudligi bilan bog‘langan tavsiyaviy talablar; 
e) aniq narsalarni qo`llash, mahsulot tuzilishi, mahsulot tayyorlash va 
ishlov berish usullari va hokazolar shart-sharoitidan kelib chiqadigan loyiha 
talablari; 
f) mahsulotning iqtisodiy samaradorligiga qaratilgan va mahsulotni 
tayyorlash narxini hamda mehnat unumdorligi, chidamliligi, pishiqligi va 
boshqa shunga o`xshash ishchanlik ko`rsatkichlarini hisobga oladigan 
iqtisodiy talablar; 
j) badiiy-estetik talablar. 
Topshiriq bilan batafsil tanishib, adabiyotlarning asl namunalarini 
o`rganib chiqqandan keyin, dizayner, odatda, muhandis-loyihachi bilan 
hamkorlikda xomaki nusxalar ko`rinishlarini ishlab chiqishga kirishadi, 
ularda eng yaxshi badiiy-loyihachi izlanishlari o`z aksini topadi. Xomaki 
nusxalar tasviriy chizmalar shaklida loyihalashtiriladigan, buyum to`g`risida 
aniq ravshan tushuncha beradigan to`g`ri burchakli va istiqbolli fazoviy 
shakllari orqali ifodalanadi. 
Ko`p hollarda namuna sanoat mahsuloti haqida badiiy asarning tuzilish 
qarorini izlashda asosiy vosita bo`lib qoladi, ammo rasm solish (grafik) 
vositalari ham inkor etilmaydi, balki, aksincha, asosiy bo`lib hisoblanadi. 
Shunday qilib, badiiy loyihalashning birinchi bosqichiga quyidagilar 
dahldor: tasviriy chizmalar, loyihaning xomaki nusxadagi rasmlarini ishlab 
chiqish va namuna tayyorlash. Loyihalashning shu bosqichida izohli 
tushuntirish xati tayyorlanadi, unda qabul qilingan qaror, pardozlash usullari 
va asosiy ko`rsatkichlar bilan birga qayd qilinadi. 
Loyihalashning birinchi bosqichi eng mas‘uliyatli va hal qiluvchidir, 
chunki unda hajmi haqida qaror qabul qilinadi, buyum qismlarining 
joylashishi, ko`rinishi va boshqa sifatlari belgilanadi. Xomaki nusxali 
loyihaga namoyish qilinadigan matolarning yuksak sifati hamroh bo`lishi 
lozim. 
Loyihalashning birinchi bosqichi loyihalashning tegishli badiiy-texnik 
kengashlarida, tasdiqlovchi idoralarda ko`rilishi bilan tugallanadi. 
Loyihalashning ikkinchi bosqichi andoza va qoliplar tayyorlashni, ish 
uchun zarur bo`lgan chizmalarni bajarishni o`z ichiga oladi. Unga to`g`ri 
burchakli fazoviy shakllarda buyumning umumiy ko`rinishi, loyihalovchi 
kesimlar, qism va detallarning tarixi, turli qoliplar va boshqalar, ya‘ni 


~ 83 ~ 
mahsulot ishlab chiqarish uchun barcha loyiha matolari kiradi. Ba‘zan 
loyihalashning ikkinchi bosqichi loyiha mualliflari nazoratida tajribaviy 
namuna yaratish bilan tugallanadi. Bu holatda ommaviy tarzda mahsulot 
ishlab chiqarish uchun tayyorlangan chizmalar tajribaviy namuna sinovidan 
o`tgandan so`ng ijro etiladi. 
Ayrim hollarda, juda murakkab mahsulotlarni tayyorlashda, texnik 
loyihani ishlab chiqarish loyihalashtirishning ikkinchi bosqichiga kiradi. 
Unda ishdagi loyiha uchinchi bosqichga taalluqli bo`ladi. Agar 
o`zlashtirilgan yoki o`zlashtirilayotgan sanoat mahsuloti uchun topshiriq 
berilsa, u topshiriq zamonaviylashtirish topshirig`i bilan muvofiqlashib 
keladi. 
Bu holatda, metod sifatida badiiy loyihalashning imkoniyatlaridan to`la 
foydalanib bo`lmaydi, chunki loyihalashning o`tkazilib yuborilgan 
bosqichlariga qaytish, tashkiliy tomondan favqulodda murakkab va rejali 
emas. 
Demak, dizayner badiiy loyihalashda loyihani ishlab chiqishning 
barcha bosqichlarida ishtirok qilmaydi. 
Mahsulotning umumiy ko`rinishi to`g`ri burchakli fazoviy shakllar va 
istiqbolda soyalar sifatida tozalanib, ijro etiladi. 
Istiqbolli va soyalar tuzish usullari chizma geometriya qoidalari yoki 
elektronika yordamida amalga oshiriladi. 
Dizayner loyihalashga doir topshiriqdan buyumning vazifasi, uning 
tamoyilli tuzilishi, uni tayyorlashning tavsiyaviy (texnologik), imkoniyatlari, 
buyumlar muhiti bilan qanday aloqada bo`lishi lozimligini bilib oladi. 
Shunday qilib, vazifa qo`yilgan va asosiy shartlar berilgan bo`ladi. 
Loyiha mavzusi juda keng ma‘noda o`rganib chiqiladi, ya‘ni 
quyidagilarga e‘tibor beriladi: 

mashina yoki jihoz qanday va qaysi sharoitda ishlashi; 

bu 
mashinada 
bajarilgan 
ishning 
samarasi 
yoki 
loyihalashtirilayotgan buyum nima uchun xizmat qilishi; 

loyihalashning qanday ko`rinishlari bo`lishi mumkinligi; 

qanday iqtisodiy talablar qo`yilishini bilish zarur. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish