Bar protsedurasi bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.
Uning ko‘rinishi: Bar (X1,Y1,X2,Y2:integer);
bunda to‘g‘ri to‘rtburchakningX1 va Y1 -yuqori chap, X2 va Y2 lar esa o‘ng pastki burchak koordinatasi.
DrawPoly protsedurasi ko‘pburchak chizadi.
Uning ko‘rinishi: DrawPoly(NumPoints: word; var PolyPoints);
bunda NumPoints-ko‘pburchakning qirralari soni, PolyPoints nuqta koordinatalarini hisoblovchi massiv bo‘lishi mumkin.
Ellipse protsedurasi ellips chizadi.
Uning ko‘rinishi: Ellipse(x;Y:integer, StAngle, EndAngle:word; XRadius, Yradius:word); bunda X,Y- markaz koordinatasi, StAngle va EndAngle -boshlang‘ich va oxirgi yoy burchagi, XRadius va Yradius lar mos ravishda balandligi va eni.
12.3. Grafik operatorlari yordamida turli xil shakllar chizishga misollar
1-misol. Koordinatalari (10,20) va (10,100) bo‘lib OX o‘qiga perpendikulyar kesmani yasang.
Do'stlaringiz bilan baham: |