World Wide Web, WWW yoki Webtushunchasi internetda mav-jud bo‘lgan dunyoviy aloqa tizimi bo‘lib, uning yordamida internet tizimidagi gipermatnlarga kirishni amalga oshirish mumkin. HTML dasturiy tili esa WWW da hujjatlar hosil qilishning asosiy tili bo‘lib xizmat qiladi. Uni o‘rganayotib, WWW haqida bir qancha bilim majmui olinadi.
Sayt yoki Web-sayt (site) bir insonga yoki tashkilotga tegishli Web-sahifalar to‘plami.
Brouzer (browser)Web-sahifalarni ko‘rib chiqish uchun ishlatila-digan dastur. Brouzerlarning turli-tuman xillari mavjud va ular foydala-nuvchiga xilma-xil imkoniyatlar yaratib beradilar.
Foydalanuvchi agent (user agent) – mijoz kompyuterda ishlaydi-gan brouzer yoki boshqa dastur.
Yuklash (downloading) – jarayoni fayllarning serverdan iborat kompyuter.
URL (Uniform Resource Locator) yoki resurslarning universal ko‘rsatkichi Internetdagi biror-bir obyektning manzili bo‘lib, misol sifatida quyidagini keltirishimiz mumkin:
http://www. Nomi. domen/fayl nomi
Pedagogik Web-dizayn fanini o`qitishdan maqsad– har bir mutaxassis o`z kasbiy sohasida qo`llashi lozim bo`lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, turli hil saytlar yarаtish va unga ishlov berish imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo`lishi va ulardan foydalanish uchun ko`nikma va malakalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.
Pedagogik Web-dizayn fanining vazifasi:
pedagogik Web-dizaynning nazariy asoslari, Internet tarmog`ining hizmatlari;
Web-dizaynning uskunaviy vositalari;
ta’limiy Internet resurslar;
sayt va portaltuzilmasi va asosiy hizmatlari;
ta’limiy Internet resursni testlash va baholash;
ta’limiy Web-resursning mazmunini tuzilmalashda matematik modellardan foydalanish;
Internet resursni yaratish texnologiyasi asoslari haqidagi bilimlarni berishdan iborat.
«Pedagogik Web-dizayn» o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
Web-dizayn va pedagogik Web-dizayn, Internet tarmog`i xizmatlari, Web – texnologiyalar, ta’limiy Internet resurslari, ta’limiy Internet resurslar yaratish texnologiyasi, ta’limiy Internet resurslar yaratishning uskunaviy (dasturiy) vositalari to`g`risida bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
sayt va portallar yarata olish, ta’limiy Internet resurslarini pedagogik loyihalash, uskunaviy (dasturiy) vositalardan foydalana olish, matnli va grafikli axborotni Web – sahifaga joylashtira olish, intrefaol effektlar yarata olish, Web – sahifani Internet tarmog`iga joylashtira olish ko`nikmasiga ega bo`lishi lozim.
Internet tarmog`i xizmatlarini, Web - texnologiyalar tasnifini, Web – dizaynning uskunaviy vositalarini, sayt va portalning tuzilmasini va yaratish texnologiyasini, ta’limiy Internet resurslarini pedagogik loyihalashni, ta’limiy Internet resurslarini yaratishda qo`llaniladigan uskunaviy (dasturiy) vositalarini ishlata bilish malakalariga ega bo`lishi kerak.
Nazorat savollari
Pedagogik Web-dizayn fanining vazifasi qanday?
Dasturning asosiy qismlarini ayting.
Web texnologiya nima?
HTML sahifa nima va qanday tuzilgan.
URL ga ta’rif bering.
Skript nima?
Brouzerlarning vazifasi va ularning turlarini sanang.
Internet haqida o’zingizning tushunchangiz qanday?
2 –Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Intеrnеt tarmog‘ining hizmatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |