Jadval xususiyatlarini o‘zgartirish.
Jadval yaratishda kiritilgan barcha atributlarni Properties palitrasi yordamida o‘zgartirish mumkin. Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tilganlardan boshqa yana bir necha foydali parametrlarni ham kiritish mumkin:
1. Align – jadvalni sahifada tekislash:Left(chapga), Right (o‘ngga), Center (markazga), Default
2. BgColorvaBgImage jadvalga fon tasviri va fonni bo‘yash rangini tanlashga mo‘ljallangan.
3. Brdr Color – jadval chegarasi rangi.
303-rasm. Jadval parametrlari darchasi.
Shunday qilib, jadvalning biror bir xususiyatini o‘zgartirish uchun:
1. Jadvalni belgilab oling (alohida elementlarini emas).
2. Properties palitrasi maydoniga kerakli o‘zgartirishlarni kiriting.
Do'stlaringiz bilan baham: |