MOODLE SCO obyektlari bilan ishlay oladi va SCORM standartini qanoatlantiradi. MOODLE arxitekturasi modulli ishlash printsipida bo’lganligi sababli, uning imkoniyatlarini qo’shimcha plaginlar orqali kengaytirish mumkin.
MOODLE tizimining asosiy xususiyatlari
MOODLE tizimi masofadan turib o’qitish kurslari va web-saytlarni yaratishni dasturiy ta’minlash paketidan iboratdir. Tizimning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
– Tizim hozirgi zamon pedagogika yutuqlari va o’quvchilar orasidagi hamkorlikka bo’lgan ehtibor, muhokamani hisobga olingan holda loyihalashtirilgan.
Masofadan turib o’qitish uchun ham, kunduzgi o’qitish uchun ham foydalanish mumkin.
– Oddiy va samarali web-interfeysga ega.
– Dizayn modul strukturasiga ega va osongina modifikatsiya qilinadi.
– Ulanadigan til paketlari to’liq mahalliylashtirish imkoniyatini beradi. Ayni ‘aytda 43 ta til qo’llab-quvvatlanoqda.
– Talabalar o’zlari hisob yozuvlarini tahrir etishlari, fotosuratlar qo’shishlari va ko’plab o’z shaxsiy ma’lumotlar va rekvizitlarini o’zgartirishlari mumkin.
– Har bir foydalanuvchi o’z mahalliy vaqtini ko’rsatishi mumkin. Bunda tizimdagi barcha sanalar uning uchun mahalliy vaqtga o’tkaziladi (forumlarda xabar berish vaqtlari, topshiriqlarni bajarish vaqtlari va boshqalar).
– Kurslarning turli strukturalari (tarkiblari) qo’llab-quvvatlanadi: “kalendarniy” (taqvimiy), “forum”, “tematik”.
– Har bir kurs qo’shimcha ravishda kod so’zi bilan himoyalanishi mumkin.
– Chat, O’ros (So’rov), Forum, Glossariy, Rabochaya tetrad (Ish daftari), Urok (Dars), Test, Anketa, Scorm, Survey, Wiki, Seminar, Resurs (matn yoki web sahifa yoki katalog ko’rinishida) kurslari uchun modul tuzuvchilar boy to’pami mavjud.
– Foydalanuvchi oxirgi marta kirganidan keyingi kursda ro’y bergan o’zgarishlar, kurs birinchi varag’ida aks ettirilishi mumkin.
– Barcha baholar (Forumlardan, Ish daftarlaridan, Testlar va Topshiriqlardan) bitta sahifada to’’lanishi mumkin (yoki fayl ko’rinishida).
– Foydalanuvchining tizimga kirishi va ishi bo’yicha, jadvallar va turli modullar detallari (jihatlari) ustida olib borgan ishlari to’g’risidagi to’liq hisobot (oxirgi kirish, o’qish sonlari, xabarlar, daftarlardagi yozuvlar) ni olish mumkin.
– E-mail ni yo’naltirish mumkin – xabarlar, forumlar va o’qituvchilar baho va sharhlarini jo’natish mumkin.
MOODLE platformasining masofaviy ta’limni boshqarishdagi imkoniyatlari
MOODLE tizimi. MOODLE (http://www.moodle.org) – web-saytda o’qitish va online rejimidagi darslarni tashkil qiluvchi ilova. Bu proekt ta’limga sottsio-konstruktiv qarashni tarqatish uchun ishlab chiqarilgan. Qisqacha qilib quyidagilarni aytish mumkin:
Yangi bilimlar oldingi olingan bilim va individual tajribalar asosida olinadi.
O’quv jarayonida o’quvchi olgan bilimini boshqalarga tushuntirib berishida ko’proq samaraga ega. Bu qarashni qo’llaganda siz o’quvchining tajribasiga suyanasiz, bu kerakli o’quv materialini o’zlashtirishdagi eng samarali usul. Bu usul o’quv jarayonidagi o’quvchini ham o’quvchi ham o’qituvchi sifatida qatnashishini ta’minlaydi.
O’qituvchining funktsiyasi o’zgarishi mumkin: bilim manbai o’rniga, “ta’sir markaziga” va sinf madaniyatining modeliga aylanadi. O’qituvchi har bir o’quvchining bilim talabiga qarab individual munosabatda bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |