1 –Ma’ruza:kirish.Pedagogik Web-dizaynning nazariy asoslari.
Reja:
1.Pedagogik dasturiy vositalar va ularni ta’lim tizimidagi o’rni
2.Pedagogik web-dizayn fani va uning vazifalari
3. Pedagogik web-dizayn fanini o’rgatish orqali pedagogik dasturiy vositalar yaratish
Kalit so’zlar: Web-sahifa, Web-sayt, Web-sеrvеr, HTML, XML, XHTML, WML, kliеnt-sеrvеr texnologiyasi.
1. Pedagogik dasturiy vositalar va ularni ta’lim tizimidagi o’rni
Oliy ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida «Informatika» fanini o’qitishning bosh maqsadlaridan biri sifatida ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga informatikaning kasbga yo’naltirilgan va amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, shu bilan bir qatorda web-sahifalarda turli animasiyalarni yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma’lumot berish hamda ularning bilimlarini yaratilgan electron baholash tizimi orqali nazorat qilib borishdan iborat deb belgilandi.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari har bir kasb egasi uning faoliyat ko’rsatish turidan qat’iy nazar egallashi kerak bo’lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Dastur 4 asosiy qismga bo’lingan:
pedagogik dasturiy vositalarning umumiy ta’rifi va turlari;
pedagogik-dasturiy vositalar yaratish tamoyillari;
pedagogik-dasturiy vositalarini yaratish texnologiyalari;
pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasi.
Web-sahifalar nimaligini va ularning ishlatilishini, qandayyaratilishi va boshqarilishini bilish hamda tushunib olish uchun avvalo zamonaviy internet tizimi nima va u nima uchun kerakligini olish lozim. Dunyo miqyosidagi Internetdebatalganelektronma’lumotlaruzatishtizimiqaysidirbirinsonningikkikompyuternibir-biribilanulab, ma’lumot uzatish mumkinligini isbotlagandan so‘ng, paydo bo‘ldi.
Dunyo miqyosidagi hisoblash tarmog‘ining ilk modeli xuddi shu tarzda vujudga keldi va shiddat bilan rivojlanib ketdi. Deyarli barcha davlatlar hududlarida mavjud bo‘lgan o‘rgimchaksimon hisoblash tarmog‘i (World Wide Web) planetamizning istalgan joyidagi insonlar bilan faol muloqot qilishga imkon beradi va bu bilan xilma-xil mamlakatlardagi turfa xil insonlarga ular orasidagi siyosiy, madaniy, irqiy, diniy va jug‘rofiy farqlarga qaramay, erkin aloqa qilish imkonini beradi.
Xilma xil sohalar va fanlarga bag‘ishlangan multimediali dasturiy mahsulotlar HTML-sahifalari to‘plami shaklida tashkil qilingan bo‘lib, maxsus dasturiy tillarni ishlatishni talab qilmaydilar, chunki ma’lumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi turli dasturlar (masalan, Web-brouzerlar) ko‘pchilik xususiy kompyuterlar stan-dart dasturiy ta’minotining tarkibiy qismi sifatida mavjuddir. Demak, bun-day sharoitda foydalanuvchidan faqat ishlab chiqarilayotgan informatsion mahsulot mavzusi bilan bog‘liq ishnigina bajarish talab qilinadi, xolos, ya’ni matnlar tayyorlash, rasmlar topish yoki chizish, HTML-sahifalar hosil qilish hamda sahifalararo aloqalar qanday bo‘lishini aniqlash tegishli infor-matsion mahsulotni ishlab chiqish uchun yetarli bo‘ladi. Hozirgi paytda gipermatnlarni belgilash dasturiy tili yoki HTML internetda yaratilayotgan barcha informatsion mahsulotlarning asosi desak, uncha yanglishmagan bo‘lamiz. Undan tashqari, HTML dasturiy tili Web-sahifalar yaratishning asosi sifatida tasviriy san’atning yangi turi Web-dizaynga bevosita aloqa-dordir. Internetdagi dizaynerga rasm va tasvirlar tayyorlashning o‘zi ishning tugallanishini anglatmaydi, u yana bu informatsion mahsulotlarni tarmoqqa joylashtirishi, Web-sahifalar orasida aloqalar o‘rnatishi, matn, tasvir va rasmlarning harakatini amalga oshirishi, ranglarni estetik jihatdan to‘gri va chiroyli tanlashi, psixologik jihatlarga ham biroz e’tibor berishi kerak bo‘ladi. Gipermatnlarni belgilash dasturiy tili (yoki HTML tili)da bir qancha maxsus nomlar va yangi iboralar bo‘lib, ularni qisqacha tushuntirib o‘tish maqsadga muvofiqdir1.
H TML tuzilishlari
HTML - hujjatni gipermatnli belgilash tili
Do'stlaringiz bilan baham: |