Mantiqiy ma’lumotlar
Mantiqiy ma’lumotlar faqat 2 ta qiymatni, ya’ni True va False ni о‘z ichiga oladi. Bu qiymatlar 0 va 1 sonlar bilan bog‘liq emas. Bu qiymatlarning asosiy obrazi solishtirish operatsiyasi bajarilayotgan vaqtga qaratilgan, xamda shartli operatsiyalar ishlatilganda xam.
Aniqlanmagan tipli ma’lumotlar.
Agar о‘zgaruvchi e’lon qilingan bо‘lsa, ammo unga xali qiymat о‘zlashtirilmagan bо‘lsa, u xolda u aniqlanmagan tipga bо‘ladi. Misol uchun quyidagi qatorda aniqlanmagan tipga ega bо‘lgan MyVariable о‘zgaruvchisi e’lon qilingan:
var MyVariable;
Agarda bu о‘zgaruvchini null qiymati bilan о‘zgartirsak, u xolda о‘zgaruvchi tipi о‘zgaradi va null qiymatga ega bо‘lgan о‘zgaruvchiga aylanadi:
MyVariable = null;
Ma’lumotlar tipini о‘zgartirish
Agarda ifodalarda xar xil tipli о‘zgaruvchilar uchrab qolsa, JavaScript interpretatori avtomatik xolda sonli maelumotlarni matnli qatorlarga о‘zgartirishi mumkin. Teskari aylantirishni (qatorni-songa) maxsus funksiyalar yordamida, ya’ni parseInt va parseFloat funksiyalari yordamida о‘zgartirish mumkin. Buni quyidagi misol orqali kо‘rish mumkin:
Listing
Type conversion sample
Do'stlaringiz bilan baham: |