Freymlar orasidagi о‘zaro ta’sir
Freymlar bilan ishlayotganda foydalanuvchi uchun qо‘lay bо‘lgan hujjat yuklash sxemasini yaratish mumkin. Freymlar orasidagi о‘zaro aloqa hujjatlarni boshqa freymdagi buyruqlar yordamida aynan tanlangan freymga yuklash imkonini berishidadir. Bu maqsadda tegining TARGET atributidan foydalaniladi. TARGET atributi ushbu ssilka kо‘rsatayotgan hujjat yuklanuvchi freym yoki brauzer oynasi nomini belgilaydi. О‘zgartirilmagan holda ushbu parametr yо‘q bо‘lganda hujjat joriy freym yoki oynada yuklanadi. Freym nomi sifatida mavjud darcha yoki freym nomi berilishi yoki bо‘lmasa yangi oyna ochish uchun yangi nom berilishi mumkin. 4 ta zaxiradagi nomlar bor. Ular:
_blank, _self, _top, _parent. Bulardan tashqari “_” belgisi bilan boshlanuvchi xar qanday nomdan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
TARGET=“_blank” – hujjatning yangi oynaga yuklanishini ta’minlaydi. Bu oyna nomga ega bо‘lmasligi tufayli unga boshqa hujjatni yuklashning iloji bо‘lmaydi.
TARGET=“_self” dan foydalanilganda hujjat joriy freymga yuklanadi.
TARGET=“_top” hujjatning butun darchaga yuklanishiga sabab bо‘ladi.
TARGET=“_parent” hujjatning joriy freymning freym-ota-onasi tomonidan egallangan soxasiga yuklanishiga olib keladi.
Tarkibi “A” freymiga yuklangan frame_a.html faylining bittagina test.html fayliga TARGET parametrining turli qiymatlariga ega 6 ta ssilkasi mavjud.
TOPSHIRIQLAR
Har bir talaba Laboratoriya ishlarini freym kurinishda tashkil kilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |