International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
114
http://interonconf.com
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
www.ziyo.uz
2.
uz.wikipedia.org
International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
115
http://interonconf.com
QO'G'IRCHOQ YASASH TEXNOLOGIYASI HAQIDA
Temirova Sarbina -Bonu
O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat
Instituti
Farg'ona mintaqaviy filiali
Qo'g'irchoq teatr aktyorligi
2- bosqich talabasi
Annotatsiya:
Maqolada qo'g'irchoq teatridagi qo'g'irchoqlar haqida so'z yuritiladi.
Qo'g'irchoq yasalish jarayoni, unga sarf qilinadigan mehnat va biroz ma'lumot berib o'tiladi.
Qo'g'irchoqning biron bir spektaklgacha bo'lgan jarayondagi uning yasalishi uchun bo'lgan
vaqt va mashaqqatli yo'l haqida gap ketadi.
Kalit so'zlar:
mashaqqat, qo'g'irchoq, teatr, san'at, jamiyat, soha, jadal, spektakl,
personaj, harakter, zavq, aktyor, rejissor, fazilat.
Rivojlanish va yetarlicha ishqibozi bor bo'lgan har qanday sohada yuqori tomonga
qarab o'sib borish ham tez va jadal bo'lib boraveradi. Bu har qanday sohada, sanoat, biznes,
sport, san'at, har qanday sohada shunday. O'sha sohaning yetuk mutaxasisi va o'sha sohaga
bo'lgan jamiyatdagilar orasidagi insonlar, asosan yoshlar orasida o'sha sohaga qiziqish yuqori
sanalarkan u soha rivoj topib boraveradi. Agarda o'sha sohaning mutaxasisi yetuk bo'la turib
qiziqish past bo'larkan, yoki qiziqish baland bo'lib mutaxasisning darajasi past bo'larkan, u
soha na o'sadi va na rivoj topadi.
Ayni zamonamizda san'at sohasining har qanday turida rivojlanish va o'sish jadallik
bilan ketayotganini ko'rishimiz mumkin. Rivojlanib kelayotgan san'at turlaridan biri ham bu
yoshu-qariga birdek bo'lgan Qo'g'irchoq teatridir.
Tarixdan to hanuzgacha o'z mavqei va insonlar orasidagi qadr-qimmatini bir maromda
ushlab kelayotgan Qo'g'irchoq teatri, asrlar davomida va to hanuzgacha bu tur nafaqat yosh
bolalarning, balki kattalarning ham diqqat markazidan chetda qolganicha yo'q. Shu sohaga
qiziqishi yuqori bo'lgan yoshlarning soni hanuzgacha ko'p ekanki ular shu sohaning yetuk
mutaxasislari yordamiga tayangan holda shu sohaning qadr-qimmatini yanada
yuksaltirmoqda.
Qo'g'irchoq teatrining asarlari tomosha qilgan yoshu-qari undagi personajlarning, ya'ni
qo'g'irchoqlarning harakatlariga, qarashlariga, ssenariyga qarab baho berishadi va undan
shular asnosida zavqlanishadi. Aynan o'sha bir personaj yani o'sha qahramon qo'g'irchoq
vujudga kelish tarixi esa tomoshabinni qiziqtirmaydi, hayoliga ham kelmaydi. O'sha
qo'g'irchoqning yasalish tarixi, o'sha spektakldan ham qiziqarli kechishini bilishmaydi...
Do'stlaringiz bilan baham: |