International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
29
http://interonconf.com
yoʻllarini ishlab chiqish hozirgi kunda iqtisodiy-moliyaviy islohotlarni yanada chuqurlashtirish
jarayonidagi eng dolzarb muammolardan biri boʻlib turibdi.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishni oʻz
oldiga maqsad qilib qoʻygan ekan, bunda moliya bozorlari muhim oʻrin tutadi. Moliya
bozorlarining iqtisodiyotda tutgan oʻrnini oshirish bevosita ularning faoliyatini
erkinlashtirishni, unda bozor qonuniyatlarining amal qilishini va unga ta’sir etuvchi omillarni
mukammal oʻrganishni talab qiladi. Shu sababli, tanlangan mavzu birinchidan, siyosiy,
iqtisodiy va huquqiy jihatdan murakkabligi boʻlsa, ikkinchidan, respublikada amalga
oshirilayotgan koʻpdan-koʻp yangi muammolar bilan chambarchas bogʻliqligi, uchinchidan
xilma-xil statistik ma’lumotlarni tahlil qilib ilmiy xulosalar chiqarishni talab qilishidir.
Xalqaro tajribaga ko’ra, qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotning turli tarmoqlari
uchun zarur investitsiyalarni jalb qilishning muhim manbai bo’lib, bank krediti orqali
moliyalashtirishning muqobili sanaladi. Shu bois ham har qanday davlat iqtisodiy tizimining
holati fond bozoridagi faollikda namoyon bo’ladi. Mazkur bozorda yuridik yoki jismoniy
shaxslar o’z mablag’ini kelgusida foyda olish maqsadida aksiya hamda boshqa qimmatli
qog’ozlarga yo’naltiradi. Qimmatli qog’ozlardan foyda olish dividend yoki foiz ko’rinishida
yoxud ularni ikkilamchi ravishda yuqoriroq bahoga sotish evaziga amalga oshiriladi.
Kapital bozori mohiyatini to‘liq yoritib berishda aniq yoki yaxlit tarif mavjud emas,
jumladan mikroiqtisodiy nuqtai nazardan aylanma kapital va asosiy kapital, kapital
bozorining tarkibiy qismi hisoblansa, makroiqtisodiy nuqtai nazardan esa, real aktivlar bozori
(ko‘chmas mulk bozori, ishlab chiqarish vositalari va b.) hamda qimmatli qog‘ozlar bozori,
fond bozori, kredit bozori, valyuta bozorini yaxlit o‘z ichiga oluvchi moliya bozorini keltirish
mumkin.
5
Bundan tashqari Kapital bozori(fond bozori) boʻsh turgan pul mablagʻlarini
toʻplash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, soʻngra uni ishlab chiqarish jarayonlari
ishtirokchilari ya’ni banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi oʻrtasida
taqsimlash munosabatlari; qimmatli qogʻozlar, korxonalarning aksiyalari hamda davlat
obligatsiyalari bilan oldisotdi operatsiyalari olib boriladi. Pul kapitalining qayta
taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va boshqa moliya-kredit
muassasalari majmuini oʻz ichiga oladi. Kapital bozori pul bozori bilan birga iqtisodiyotning
tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va
taklifni shakllantiradi.
Yevroobligatsiyalar moliyaviy “lahja”da Yevroobligatsiya deyiladi. Bu Emitent(qimmatli
qog‘ozlar va qog‘oz pul chiqarish huquqiga yega bo‘lgan davlat, bank yoki idora) uchun xorij
valyutasida chiqarilgan uzoq muddatli qimmatbaho qog‘ozlardir. Emitent tushunchasiga
to’xtalib o’tadigan bo’lsak, Fond bozorida ishtirok etuvchi subyektlarning bunday turi yuridik
shaxs, davlat organlari yoki mahalliy hokimyat organi bo’lishi mumkin. Investorlar. Ushbu
subyekt turiga jismoniy va yuridik shaxslar - kompaniyalar, korxonalar, davlat idoralari kirishi
munkin. Yuqorida qayd etilgan shaxslar o’z kapitallaridan keyinchalik foyda olish maqsadida
5
N Xolmatov. N. Imomova “Makro va mikro iqtisodiyot”, Toshkent, «Tafakkur avlodi» 2020.
Do'stlaringiz bilan baham: |