Technical Report


Ekspert tizimlarni yaratish



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana31.12.2021
Hajmi1,18 Mb.
#270485
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Baxtiyorova Diyora (3)

Ekspert tizimlarni yaratish 

• ET larning yaratishdagi muammolar. 

ET dagi bilimlar tarkibi 

• Produksion tizimlarda xulosani boshqarish 

 

 



Et  larning  yaratishdagi  muammolar  va  ularni  ishlab  chiqarish.1970-yillardan 

boshlab ETlar sun'iy intellekt sohasida bosh yo'nalish bo'lib qoldi. Sun'iy intellektning 

avval  ishlab  chiqilgan  usullari:  bilimlarni  tasavvur  qilish,  fikrlab  xulosa  chiqarish, 

evristik  qidirish  va  boshqalar  ETlarda  o'z  aksini  topdi.  Faqat  ETlargina  bu  kuchli 

usullar yordamida katta iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga keltirishdi. 

ETlar  va  ularni  ishlab  chiqish  uchun  kerak  bo'ladigan  ro'yxati  mingdan  ortiq 

tizimni  o'z  ichiga  olgan  dastur  mahsulotlari  1987-yilda  AQSHda  nashr  etilgan. 

Rivojlangan mamlakatlarda ularni ishlab chiqarish va tatbiq qilish bilan yuzdan ortiq 

firmalar mashg'uldir. 



32 

 

Ammo,  boshidanoq  ETlarning  keng  tarqalishi  va  ishlab  chiqarilishini 



sekinlashtirib, murakkablashtiruvchi qiyinchiliklar yuzaga kelib chiqdi. 

Ular ETlarni ishlab chiqish usullaridan kelib chiqadi. 

Birinchisi,  masalaning  qo'yilishi  bilan  bog'liq  bo'lgan  qiyinchilik.  Ko'pchilik 

firmalar sun'iy intellekt usullarini to'liq o'rganilmagani holda ETlarni ishlab chiqarish 

vaqtida ularning imkoniyatini oshirib ko'rsatadilar. Foydalanuvchi izlanish sohasidagi 

ko'pgina masalalarni erkin fikrlab yecha oluvchi tizimni ko'rishni xohlaydi. Bundan 

esa, ETlarni yaratish uchun oddiy boshlang'ich ko'rsatmalar: «tasvirlarni qayta ishlash 

ETini yaratish», «bolalardagi muvozanat — harakat apparati kasalliklarini davolash 

ETini  yaratish»  kabilar.  Ammo,  awal  ta'kidlanganidek,  masala  qo'yilishi  qancha 

umumlashtirilsa,  evristik  qoidalarga  asoslanib  yechimini  topish  shunchalik  o'z 

kuchini  yo'qotadi.  Shuning  uchun,  boshlang'ich  vaqtlarda,  agar  ishlab  chiquvchida 

ma'lum bir malaka bo'lmasa, unchalik qiyin va oddiy algoritmik yechimi bo'lmagan 

masalalarni  yechishga  qaratilgan  ETlarni  ishlab  chiqish  maqsadga  muvofiqdir. 

Bundan  tashqari,  shu  masalani  qo'lda  yechish  usullari  bo'lishi  ham  muhim  rol 

o'ynaydi.  ETlarni  ishlab  chiqishda  faqatgina  masala  shartining ,  «qo'l  usuli»ning 

bo'lishi maqsadga muvofiq, aks holda ET ni yaratish o'z ma'nosini yo'qotadi. 

Ikkinchi va asosiysi — bu bilimlarni olishda yuzaga keladigan qiyinchilik. Bu 

qiyinchilik  ekspert  insonlar  o'z  bilimlarini  ETlarga  berayotganida  yuzaga  keladi. 

Demak,  Komp’yuter  tizimini  o'qitish  uchun,  eng  avvalo  bu  bilimlarni  ma'lum  bir 

ko'rinishda tizimlash-tirib, «Oq qog`ozga» tushirish kerak. 

Aksariyat  ekspertlar  (matematiklar  bundan  mustasno  bo'lishi  mumkin)  o'z 

bilimlarini  kundalik  hayotda  yaxshi  qo'llay  olsalar  ham  ularning  bir  qismini  tahrir 

qilib, tizimlashgan ko'rinishga keltirishga qiynaladilar. Aniqlanishicha, bilimlarni bu 

holatga  keltirish  uchun  yurist  yoki  mediklarga  nisbatan  matematik  yoki 




33 

 

dasturlashtiruvchilarda  ko'proq  uchraydigan  fikr  yuritishning  tizimtik  usuli  juda 



yordam  beradi.  Bundan  tashqari,  bir  tomondan  matematik  fikrlash  sohasi  va 

bilimlarni  tasavvur  qilish  usullari,  boshqa  tomondan  esa  EHM  imkoniyatlari, 

dasturlash-tirish tizim va tilini mukammal bilish talab etiladi. 

Shunday  qilib,  ekspert  va  ekspert  (Komp’yuter  )  tizimlari  orasida  «dallol» 

vazifasini  o'tovchi  mutaxassislar  faoliyat  olib  borishadi.  Ular  bilimlar  injenerlari 

(knowledge  engineerik)  deb,  hodisaning  o'zi  esa  bilimlar  injeneriyasi  deb  atala 

boshlandi.  Rivojlangan  mamlakatlarda  «bilimlar  injeneri»  mutaxassisligi  ko'pgina 

oliy  o'quv  yurtlarida  kiritilgan  bo'lib,  bizda  esa  tizim-lashgan  dasturlashtirish 

mutaxassisligi  doirasida  o'rganiladi.  Ko'pgina  hollarda  ekspert  va  bilimlar  injeneri 

vazifasini  bir  odam  bajara  olmaydi.  Tajribalarning  ko'rsatishicha,  boshlang'ich 

bilimlarni egallash uchun uch xil mutaxassisliklar: ekspert, bilimlar injeneri va ET ni 

ishlab chiqaruvchining umumiy harakati kerak. 

Yana  bir  muammo  —  bu  ETlarni  yaratish  uchun  juda  ko'p  mehnat  bilimlar 

bazasini boshqarish vositalari, fikrlab xulosa chiqarish, foydalanuvchi bilan dialogli 

bog'lanish va boshqalar talab etilishidadir. Dastur hajmi juda kattaligi va dasturlash 

usuli  xilma-xilligi  tufayli,  birinchi  bosqichda  tizimning  oddiy  murak-

kablashtirilmagan  boshlang'ich  variantini  yaratish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda 

foydalanuvchi uchun ET ni rejalashtirilgan imkoniyatlarini umumiy holda bo'lsa ham 

ko'rsatish,  ishlab  chiqaruvchi  uchun  tizimning  kamchiliklarini  yo'qotib,  uni 

mukammalroq ko'rinishga keltirishga imkon yaratadi. 

Bu tizimlar va ular uchun yaratilgan apparat ta'minoti yaroqsiz ekanligi e'tirof , 

kuzatuvchilar ayni vaqtdagi ET larni yaratish texnologiyasi talabga javob bermaydi, 

degan xulosaga kelishdi. Oxirgi 10 yillik ichida ET lar hozirgi vaqtdagi eng samarali 

tizimlar  bilan  chambarchas  bog'landi.  Ularni  sog'liqni  saqlashda,  sug'urta  qilishda, 

bank ishi va boshqa sohalarda qoidalarga tayangan holda yechimlarni topish uchun 



34 

 

samarali  vositalar  sifatida  qo'llanmoqda.  Hozirgi  kunda  bilimlar  bazasi  katta  tizim 



ichiga joylashtirilgandir. 

Ular  internetda  qidiruv  olib  boruvchi  bog'lovchi  DASTUR  larni  markazida 

joylashgan  va  foydalanuvchilar  uchun  informatsiya  oqimini  boshqarishga 

ko'maklashadi. 

Bilimlar  bazasidan  iborat  tizim  rivojlanishini  kuchaytirgan  omillarni  ko'rib 

chiqamiz:  bilimlar  bazasi  texnologiyasi  yordamida  pullarni  tejashni  bilib  olgan 

kompaniyalar  ularni  Komp’yuter  ekspertizasiz  tasawur  etib  bo'lmaydigan  maxsus 

biznes jarayoniga joylashtiradilar. 




Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish