Tebranishlar
Tebranishlar — muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan xarakatlar. Mas., soat
mayatnigining
tebranishi, cholgʻu asboblari torlarining yoki kamerton oyoqchalarining
tebranishi, radiopriyomnik konturidagi kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishning
tebranishi va boshqa shunday takrorlanuvchanlik xossasiga egadir. Takrorlanayotgan
jarayonning fizik
tabiatiga qarab mexanik, elektromagnit, elektromexanik va boshqa T.ga
ajraladi.
T. tabiatda va texnikada keng tarqalgan. Koʻpchilik hollarda ular salbiy taʼsir qiladi. Relslarning
qoʻshilish joyidan utayotganda poyezdning gʻildiraklari beradigan turtkilar koʻprikning
tebranishiga, suzish vintining aylanishi kema tanasining tebranishiga,
samolyot qanotlarining
tebranishi halokatga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda T.ni xavfli chegaragacha
kutarilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tegishli choratadbir koʻriladi. Shunga qaramasdan T.
texnikaning turli sohalarida muhim ahamiyatga ega. Mac, radiotexnika tebranma jarayonlarga
asoslangan. Tebranayotgan tizimga koʻrsatilayotgan taʼsir xarakteriga koʻra, T. erkin T.,
majburiy T., avto T. va parametrik T.ga boʻlinadi. Muvozanat holatidan chiqarilgandan keyin
oʻzicha tebranadigan tizimda yuz beradigan T.ga erkin T.; davriy ravishda oʻzgaruvchi
tashqi
kuch taʼsiri ostida boʻladigan T.ga majburiy T. deb yuritiladi.
Avtotebranishlar vaqtida majburiy T.dagi kabi tebranuvchi tizimga tashki kuchlar taʼsir qiladi,
biroq bunday taʼsir koʻrsatilishi zarur boʻlgan vaqt momentlarini tebranuvchi tizimning oʻzi
belgilaydi, tashqi taʼsirni tizimning oʻzi boshqaradi. Mac, mayatnikli soatda mayatnik, koʻtarib
qoʻyilgan toshning yoki buralgan prujinaning energiyasi hisobiga turtki olib turadi, bunda bu
turtkilar mayatnik oʻrta holatdan oʻtayotgan momentlardagina beriladi. Parametrik T.
vaqtida
tashqi taʼsir hisobiga tizimning biror parametri, mas., tebranayotgan sharcha osilib turgan
ipning uzunligi davriy ravishda oʻzgarib turadi.
Eng sodda tebranish garmonik T.dir. Garmonik T.da tebranuvchi kattalik vaqt boʻyicha sinus
yoki kosinus qonuni boʻyicha oʻzgaradi. Bu turdagi tebranish quyidagi sabablarga koʻra juda
muhimdir: tabiatda va texnikada uchraydigan T. oʻz xarakteri boʻyicha garmonik T.ga juda
yaqin; boshqacha koʻrinishdagi davriy T.ni ustmaust tushgan bir necha garmonik T. sifatida
tasavvur qilish mumkin. Tebranish jarayonlarining fizik mohiyati turlicha boʻlishiga qarmay,
ulardagi T.ning oʻziga xos xususiyatlari bir xil qonuniyatga boʻysunadi. Garmonik T.ning oʻzaro
qoʻshilishidan turli T., mas., bir xil chastota va turlicha fazalarga ega bulgan oʻzaro
perpendikulyar ikkita garmonik T. yigʻindisi fazalar ayirmasiga
qarab tebranuvchi nuqtaning
trayektoriyasi toʻgʻri chiziq, aylana yoki ellipedan iborat bulishi mumkin. Chastotalari turlicha
va uzaro perpendikulyar bulgan ikkita garmonik T. yigindisini ifodalovchi nuqta harakatining
trayektoriyalari gʻoyat murakkab chiziklardan iborat. Bu chiziklar Lissaju figuralari deb
yuritiladi. Garmonik T.dan iborat turlicha murakkab T. mexanika,
elektrotexnika, radiotexnika,
optika va boshqafan hamda texnika sohalarida koʻp uchraydi.
Malov N. N ., Osnovoʻ teorii kolebaniy, M., 1971; Detlaf A. A., Yavorskiy B. M., Kurs fiziki, M.,
1989.
Abror Noʻʼmonxoʻjayev.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tebrani
shlar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot