Gidrofob asoslar.
Surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan gidrofob asoslarga lipofil, uglevodorodli va silikonli asoslar kiradi.
Lipofil asoslar. Bu asoslar moyli va mumli asoslar bo‘lib, ular o‘z tarkibida lipid guruhlarini saqlaydi. Ular xossalari bo‘yicha teridan ajralib chiqadigan moysimon suyuqlikka o‘xshash bo‘lib, teriga surtilganda moyning sezuvchanligini bildiradi va moy qoldiqlarini qoldiradi.
1. Moylar. Ular yog‘ kislotalarining triglitseridlari bo‘lib, asosan yumshoq moylar – cho‘chqa moyi va bir qator gidrogenlangan moylar, qattiq moylar – mol yog‘i, suyuq moylar – bir qator o‘simlik moylari. Bu moylar suvda erimaydi., spirtda kam eriydi, efir va xloraformda oson eriydi.
Cho‘chqa moyi (Adeps suillus depuratus) – oq rangli bo‘lib, yangi bo‘lishi kerak. Shuningdek uning erish harorati 34-360S, kislota soni 2 undan kichik bo‘lib, tarkibida 62-68% triolein (S17N33SOON) va 35% tirpalmitin (S15N31SOON) va tristearin (S17N35SOON) saqlaydi. Surtmalar texnologiyasida eng yaxshi asoslardan biri. U teriga oson surtiladi, terini qitiqlamaydi, deyarli barcha dori moddalari bilan yaxshi kelisha oladi ularni teri orqali so‘rilishiga monelik qilmaydi. SHuningdek suv va sovun bilan yaxshi yuviladi.
G‘oz yog‘i (Adeps anserinum) – cho‘chqa yog‘iga nisbatan ham yumshoqroq bo‘lib, asosan sovuq urgan terini davomlashda ishlatiladigan surtmalarni tayyorlashda samarali xisoblanadi
O‘simlik moylari. Kungaboqar moyi (Oleum Helianthi), o‘rik moyi (Oleum Persicorum) va boshqa bir qator o‘simlik moylari asosan mol yog‘i va mumlar bilan birgalikda ishlatiladi. Natijada bir qator xossalari bilan cho‘chqa moyiga yaqin bo‘lgan qotishmalar hosil bo‘ladi. Bu moylarda kislota soni 2,25-2,5 dan ortmasligi kerak.
Moylarning asosiy kamchiligi bu havoda ayniqsa suv ishtirokida tez buzilishi bo‘lib, farmakologik indifferentlik ularning yangiligiga bog‘liq. Moylardan og‘ir metall oksidlari va tuzlari shuningdek, perekislar va ozonidlardan iborat bo‘lgan surtmalarni tayyorlashda asos sifatida foydalanish mumkin emas. Sababi ular moylarning strukturasini o‘zgartirib, asos sifatidagi xossalariga putur etkazadi. Bu maqsadda bir qator tabiiy va sintetik antioksidantlar sintez qilingan bo‘lib, ularning ba’zilari tabiiy holda masalan o‘simliklarda ham uchrashi mumkin. (tokoferollar). Sintetik antioksidantlardan yuqori faollikka ega bo‘lgan va fiziologik nuqtai nazaridan bezarari bu butiloksianizol (BOA) va butiloksitoluoldir (BOT). Ularning har ikkisi ham moylarning turg‘unligini oshirishda 0,02% gacha ishlatishga ruhsat etilgan. O‘simlik va hayvon moylari ularning tarkibidagi tabiiy tokoferollarning miqdoriga qarab belgilanadi. Moylardagi oksidlanish jarayoni ularning tarkibidagi yodning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, yod asosan vodorod peroksidini parchalash uchun sarflanadi. Yangi cho‘chqa va mol yog‘ida perekis soni 0,03 dan ortmasligi kerak.
Mumlar. Ular o‘z tarkibida yog‘ kislotalari va yuqori molekulyar masali, bir atomli spirtlarning murakkab efirlarini saqlaydi. Surtma asosi sifatida mumlardan lanolin, spermatset va asalari mumi ishlatiladi.
Mum (Cera) – asalari mumi qo‘ng‘ir-sariq (Cera flava) yoki oq, oqish rangli (Cera alba) 63-650S haroratda suyuqlanadigan donsimon massa. Oq mum sariq mumni quyosh nurlari ta’sirida oqartirish bilan olinadi. Sariq mumning kislota soni 17-20,5 oralig‘ida, oq mumniki esa 18,7-22,4 oralig‘ida bo‘lishi kerak. Suv va spirtda erimaydi. Qaynoq spirt, efir va xloroformda, yog‘ va efir moylarida qisman eriydi. Alohida o‘zi surtmalar texnologiyasida asos sifatida ishlatilmaydi, asosan asoslarga etarli zichlik va qovushqoqlikni berishda ishlatiladi. Kimyoviy agentlarga nisbatan turg‘un.
Uglevodorodli asoslar. Bu asoslar surtmalar texnologiyasida alohida asos sifatida yoki quyida keltirilgan shu guruhdagi asosiy asoslar bilan birgalikda ishlatiladi: vazelin, petrolatum, parafin, serezin, vazelin moyi, sun’iy vazelin va naftalin nefti.
Vazelin (Vaselinum) – suyuq, yarim suyuq va qattiq, tarkibi 7 tadan 35 tagacha uglerod atomini saqlagan uglevodorodlar aralashmasi bo‘lib, umumiy tarkibning 20-50% yon zanjirida mikrokristallik uglevodorodlarni saqlaydigan izoparafinlar, siklik parafinlar va alifatik birikmalardan, 10% esa normal parafinlardan iborat. Vazelinning qattiq strukturali elementlari uglevodorodlarni suyuq fraksiyalarini ushlab qoluvchi uch qavatli to‘rdan iborat. Vazelin tashqi ko‘rinishi bilan bir jinsli, ipsimon cho‘ziluvchan, gel hosil qiluvchi massa bo‘lib, hidsiz, oq rangli (Vaselinum album) yoki sariq rangli (Vaselinum flavum), 37-500S haroratda suyuqlanadi. Buyum oynachasiga surtib ko‘rilganda bir xil qalinlikdagi tekis plenkani xosil qiladi. Xar ikki vazelin xam farmatsevtik va tibbiy nuqtai nazaridan bir xil. Oq vazelin to‘laligicha turli rang beruvchi moddalarda holi. Suvda erimaydi, spirtda kam eriydi, efir va xloroformda eriydi, moylar, yog‘lar va mumlar bilan xoxlagan nisbatlarda aralasha oladi (kastorovoy moyidan tashqari). Vazelin olingan xom ashyo neftning xiliga qarab vazelin turli xildagi suyuqlanish harorati va tuzilish-reologik xossalarini namoyon qiladi. Surtma asosi sifatida past suyuqlanish haroratiga yaqin bo‘lgan vazelindan foydalanish maqsadga muvofiq. Vazelin ko‘z surtmalarini tayyorlashda indifferentligi va turg‘unligi uchun ayniqsa keng qo‘llaniladi. Oddiy vazelindan tashqari amaliyotda uning modifikatsiyasi - petrolatum (suyuqlanish harorati 600S) yumshoq asos sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |