Davlat tuzumi
Vatican — cheklanmagan teokratik monarxiya. Konstitutsion hujjatlari 1929 yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Rim papasi. 1996 yil fevralda papa Ioan Pavel II tomonidan chiqarilgan yangi Konstitutsiyaga muvofiq, u, odatda, kardinallar orasidan yashirin ovoz berish orqali ovozlarning uchdan ikki qismiga ega boʻlgan taqdirda kardinallar hayʼati tomonidan umrbod saylanadi. Oliy qonun chiqaruvchi, ijrochi va sud hokimiyati papa qoʻlida. Ayni vaqtda u Rim katolik cherkovining ham boshligʻi hisoblanadi. Papa huzuridagi maslahat organi — kardinallar hayʼati cherkovning eng muhim ishlarini muhokama qilish va papani saylash uchun yigʻilib turadi. Rim papasi Ioann Pavel II (264-papa) 1978 yil 16 oktabrda saylangan. Bu kun Vatikanda milliy bayram sifatida nishonlanadi.
Italiyapoytaxti Rim xududida joylashgan Vatikan eng kichik davlat boʻlishi bilan birgalikda, BMT va dunyo xamjamiyati tomonidan tan olingan xolda, BMT ga aʼzo boʻlmagan yagona davlatdir. Rim katolik cherkovining markazi boʻlgan bu davlat, Rimning ichida joylashganiga qaramay xuquqiy jixatdan mutlaqo mustaqildir. Xatto, Italiyaga xam boʻysinmaydi. Lekin shunga qaramay, Italiyaning 300 mingga yaqin qoʻshini va 50 ming nafar dengiz piyoda askarlaridan iborat armiyasi zimmasiga Vatikanni xam ximoya qilish vazifasi yuklatilgan.
Tarixi
Ilk oʻrta asr davrida Vatican Rim papalarining turar joyi, 1377 yildan boshlab esa doimiy qarorgohi. 8-asrdan cherkov davlati sifatida mavjud. 1870 yilda Italiya birlashishi munosabati bilan Italiya qirolligi tarkibiga qoʻshib olingan. 1929 yilda papa bilan Italiya xukumati oʻrtasidagi Lateran bitimi natijasida Vatican davlati qayta tiklandi va 1929 yil 11 fevralda mustaqil davlat sifatida tan olindi. Katolik cherkovining xalkaro markazi sifatida Vatican dunyoning koʻpgina mamlakatlaridagi ijtimoiy turmushga taʼsir oʻtkazadi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1992 yil 17 oktabrda oʻrnatilgan. Rimda papaning doimiy qarorgohi joylashgan qasr XIV asrda qurilgan. XVIII-XIX asrlarda Italiyada mustaqil teokratik davlat sifatida Papa viloyati mavjud edi. Vatikan o‘z nomini 1870-yilda Rim papasining qarorgohi bo‘lib kelgan saroy nomidan olgan. 1871-yili italyan yerlari birlashtirilib, papa diniy hokimiyatdan mahrum etildi. 1929-yilda tuzilgan Lateran bitimlariga ko‘ra Vatikan Rim papasining qarorgohiga aylandi. Vatikanga Rimda va uning tashqarisidagi o‘nlab binolar tegishlidir. Vatikan o‘z bayrog‘i, valyutasi, armiyasi, radiostansiyasi va gazetalariga ega. 2004-yil 2-aprel kuni Ioann Pavel II (Karol Yuzef Voytila-polyak millatiga mansub bo‘lgan birinchi papa) vafot etib, uning o‘rniga 2005-yil 19-apreldan Benedikt XVI (Yozef Ratsinger) saylandi.
Iqtisodiyoti. Davlat iqtisodiy negizini kapital mablagʻlardan tushadigan daromadlar, milliy katolik cherkovlarning badallari, dindorlarning ehsonlari tashkil qiladi. Vatican— dunyoning yirik sanoat-moliya monopoliyalaridan biri (uning oltin va valyuta bisoti 12 mlrd. AQSH dollaridan ortiq deb taxmin qilinadi). Oʻzining moliyaviy, iqtisodiy operatsiyalari va ishonchli vakillari orqali qudratli xalqaro korporatsiyalar, banklar bilan uzviy bogʻlangan. Vatican bir qancha kompaniya va banklar aksiyasiga ega. Italiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Ispaniya, shuningdek AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi sanoat tarmoqlari korxonalariga qoʻyilgan sarmoyadan katta foyda olib turadi. Italiya, Germaniya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda katta yer maydonlariga ega. Xorijiy sayyohlik va pochta markalari chiqarish, suvenirlar sotish ham koʻp daromad keltiradi. Pul birligi — italyan lirasi; numizmatlar uchun Vatican lirasi ham zarb etiladi.
Matbuoti. Vaticanning rasmiy nashrlari: „Akta apostolike sedis“ („Havoriy arsh hujjatlari“, oylik byulleten, 1909 yildan), „Annuario Pontifichio“ („Papa yilnomasi“, yillik maʼlumotnoma), „Osservatore della domenika“ („Yakshanbalik sharh“, katoliklar uchun haftanoma), „Osservatore romano“ („Rim sharhlovchisi“, kundalik gazeta, 1861 yildan). Shuningdek italyan, fransuz, ispan, portugal, nemis, ingliz tillarida haftalik nashrlari mavjud. „Adjensia Internatsionale Fides“ Vatican agentligi 1926 yilda tashkil etilgan. Vatican radiosiga 1931 yil 12 fevralda asos solingan, 1957 yilda qayta tashkil etilgan. „Chentro Televizivo Vatikane“ — Vatican televizion markazi 1983 yilda barpo etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |